-Mavzu: Konstruksion plastmassalarni kesib ishlashning mohiyati: parmalash, frezerlash va yo‘nish (2 soat ma’ruza, 2 soat amaliy)




Download 0.52 Mb.
bet19/25
Sana24.07.2023
Hajmi0.52 Mb.
#77239
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   25
Bog'liq
1.04. .Modul O‘.U.M.
Ergashev , 7 sinflar-uchun-oylik-testlar, 7-1, 7-1matematika, 7-algebra, paygambarlar tarixi 1 ziyouz com, Arxivlangan fayl, Emotsional holatlar Qurbonova Iroda(PSIXOLOGIYA), Transport masalasi, 2, Mustaqil ish115, oneID, Loyhalashtirish, Taqdimot (4), Loyhalashtirish kitob
11-Mavzu:
Konstruksion plastmassalarni kesib ishlashning mohiyati: parmalash, frezerlash va yo‘nish (2 soat ma’ruza, 2 soat amaliy)
Metallarni kesib ishlashni quyidagi turlariga bo’lish mumkin:
Yo’nish - tokarlik stanogida keskichlar orqali amalga oshiriladi. Parmalash - parmalash stanogida parmalar yordamida ochiq va berk
teshiklar hosil qilish jarayoni. Parmalashning davomi zenkerlash va razvertkalash bo’lib, teshiklar yuza tozaligi va aniqligini oshirish maqsadida amalga oshiriladi.
Frezerlash - ko’p tig’li kesuvchi asbob yordamida turli yuzalarni frezerlash stanoklarida ishlov berish jarayoni.
Randalash - (o’yish) ilgarlanma qaytar harakatli stanoklarda keskichlar yordamida tekis yuzalar, ariqchalar va shlisa pazlariga ishlov berish jarayoni.
Jilvirlash - Abraziv asboblar yordamida turli yuzalarga ishlov berish

Metallarni kesib ishlash usullarining chizmalari bilan tanishib chiqar


e`kanmiz, bu jarayonlar bir necha oddiy harakatlarning qo'shilishidan tashkil topganligini ko'ramiz. Masalan, tokarlik stanogida qirindini ajratish uchun zagogovkaning aylanma harakati bilan keskichning unga nisbatan ilgarilanma harakati qo'shiladi.
Metallarni kesib ishlashning hamma usullariga oid harakatlar asosiy va yordamchi harakatlarga bo'linadi. Asosiy harakat e`sa o'z navbatida muhim va surish harakatiga ajratiladi.
Muhim harakat. Muhim harakat deb, bevosita kesish jarayonini ta`minlovchi harakatga aytiladi. Bu harakatni kesish harakati, tezligini e`sa kesish tezligi deb ham yuritiladi.
Surish harakati. Surish harakati deb, tayyorlamani yangi-yangi qatlamlarini qamrab qirindi ajratishni ta`minlovchi harakatga aytiladi. Masalan, tokarlik stanogida tayyorlamaning aylanishi muhim harakat, ya`ni aylanish tezligi bo'lib, keskichning ilgarilama harakati surish harakati bo'ladi.
Yordamchi harakat kesib ishlash jarayoni bilan bevosita bog’liq bo’lmaydi. Keskich va tayyorlamani o’rnatish, sozlash jarayonlari bilan bog’liq bo’ladi. Kesish jarayonini harakterlovchi muhim ko'rsatkichlarga kesish tezligi, keskich (zagatovkani)ning surish kattaligi va kesish chuqurligi, kesuvchi qatlam qalinligi va eni kiradi. Yo’nishda kesish harakati tezligi (kesish tezligi) Vkes, zagatovka aylanishining chiziqli tezligi (asosiy harakat tezligi) Vayl va surish tezligi (yordamchi harakat tezligi) Vsur dan iborat bo’ladi. Zagotovkaning aylanish tezligi, surish va kesish chuqurligi kesish elementlari deb ataladi. Zagotovkaning aylanish tezligi kesish tezligini belgilab beradi. Kesilayotgan qatlam kesimining o’lchamlari surish S va kesish chuqurligi t larga bog’liq bo’ladi (2-расм). Yo’nishda surish deb tayyorlamaning 1 ta aylanishiga to’ri keladigan keskichning ko’chirilishiga aytiladi.
Yo’nishda surish deb tayyorlamaning 1 ta aylanishiga to’ri keladigan keskichning ko’chirilishiga aytiladi.
Yo’nishda kesish harakati tezligi (kesish tezligi) Vkes, zagatovka aylanishining chiziqli tezligi (asosiy harakat tezligi) Vayl va surish tezligi (yordamchi harakat tezligi) Vsur dan iborat bo’ladi.
Bundan tashqari surishni kesuvchi qirralarining ikkita ketma-ket holatlari orasidagi masofa sifatida ham aniqlash mumkin. Kesish chuqurligi t ishlanayotgan va ishlangan yuza orasidagi keskichni yo’nalishiga perpendikulyar ravishda o’lchangan masofadir. Yo’nishda kesish chuqurligi quyidagicha aniqlanadi:
t=D-d/2
Surish miqdori S – tayyorlamani yoki kesuvchi asbobni bir vaqt ichida asosiy harakat tomon siljish miqdori. Surish yo’nalishi har xil bo’lishi mumkin. Yo’nishda – bo’ylama, ko’ndalang, burchak ostida (shakl-2); randalashda – gorizontal, vertikal, burchak ostida; urib ishlashda – bo’ylama, ko’ndalang, aylanma bo’lishi mumkin.
Surish miqdori quyidagi birliklar bilan o’lchanadi: m/rad (mm/ayl) – asosiy harakatni aylanishdagi surish miqdori; m/ikki marta yurish (mm/ikki marta yurish); m/tishga (mm/tishga); m/sek (mm/min).

Download 0.52 Mb.
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   25




Download 0.52 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-Mavzu: Konstruksion plastmassalarni kesib ishlashning mohiyati: parmalash, frezerlash va yo‘nish (2 soat ma’ruza, 2 soat amaliy)

Download 0.52 Mb.