|
O‘zbekiston respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi
|
bet | 23/25 | Sana | 24.07.2023 | Hajmi | 0.52 Mb. | | #77239 |
Bog'liq 1.04. .Modul O‘.U.M. Ergashev , 7 sinflar-uchun-oylik-testlar, 7-1, 7-1matematika, 7-algebra, paygambarlar tarixi 1 ziyouz com, Arxivlangan fayl, Emotsional holatlar Qurbonova Iroda(PSIXOLOGIYA), Transport masalasi, 2, Mustaqil ish115, oneID, Loyhalashtirish, Taqdimot (4), Loyhalashtirish kitobStanokning aosiy qismlari:
1- stanok stoli;
2- shpindel babkasi, surish korobkasi va ko’garish mexanizmi bilan birgalikda;
3- tezliklar kutishi;
4- stanok eletrodvigateli;
5- stanina;
6- stanina asosi.
Boshqarish organlari:
7- stolning surish dastagi;
8- shpindelni yuqoriga. ko’tarish va tushirish, uni mexanik ravishda surilishini boshqarish shturvali.
Stanokdagi mavjud bo’lgan harakatlar turi:
Asosiy harakat deb, shpindelni kesuvchi asbob bilan birga-likdagi aylanma harakatiga aytiladi,
So’rish harakati — shpindel va kesuvchi asbobni o’q bo’yicha ilgarilama harakatidan iborat.
Yordamchi xarakat — shpindel babkasi, stolni vertikal yo’nalishda, qo’l bilan siljitish va shpindelni o’qi bo’ylab tezlik bilan harakatlantirishlaridan iborat.
13-Mavzu Frezerlash stanogi. Randalash va protyajkalash stanoklarida ishlov berish. (2 soat amaliy, 2 soat laborotoriya)
Frezalash dastgohlarida har xil shakldagi tashqi va ichki yuzalarga hamda shakldor aylanma yuzalarga ishlov berish, to‘g‘ri va vintli ariqchalar ochish, sirti va ichki rezbalar ochish, tishli g‘ildiraklar yasash va b. ishlami bajarish mumkin.
Bu guruh dastgohlari konsolli frezalash (gorizontal, vertikal, universal va keng universal), konsolsiz vertikal-frezalash, bo‘ylama-frezalash dastgohlariga (bir va ikki tirgakli dastgohlar), uzluksiz ishlaydigan (karuselli va barabanli) frezalash dastgohlariga, (konturli va hajmli frezalash dastgohlariga), graverlash - frezalash dastgoh lariga, ixtisoslashtirilgan dastgohlarga (rezba frezalash, shponka frezalash, shlis frezalash dastgohlari va boshqa dastgohlarga) boiinadi.
Hozirgi zamon frezalash dastgohlariga bir qancha ilg‘or konstruktiv yangiliklar kiritilgan: asosiy harakat bilan surish harakati yuritmalari bir-biridan ajratilgan, stolni barcha yo‘nalishlarda tez surish mexanizmi mavjud, tezliklar va surish bitta dasta bilan boshqariladi. Dastgohlardagi uzellar va detallar bir xillashtirilgan (unifikatsiyalangan).
Konsolli frezalash dastgohlari. Bunday dastgohlaming konsolli deb atalishiga sabab shuki, dastgohning stoli staninaning yo‘nalti-ruvchilari bo‘ylab yuqoriga va pastga siljiy oladigan konsolga o‘rna-tilgan. Konsolli frezalash dastgohlariga gorizontal frezalash, vertikal-frezalash dastgohlari, universal va keng universal-frezalash dastgohlari kiradi.
Asosiy bajariladigan ishlar uchun moijallangan frezalash dastgohiarining asosiy oichami stolining ish yuzasidir. Vertikal va gorizontal konsolli frezalash dastgohlari stolining ish yuzasi quyidagi oichamlarda tayyorlanadi: 125x500, 160x630, 200x800, 250x1000, 320x1250, 400x1600, 500x2000 mm. Dastgohlaming universal-frezalash va keng universal turlarida kengligi 200-400 mm U stol bor. Gorizontal konsolli frezalash dastgohlarida shpindelning o‘qi gorizontal vaziyatda joylashgan boiib, stoli o‘zaro perpendikulär uch yo‘nalishda siljiydi. Universal konsolli frezalash dastgohlari tashqi ko‘rinishi jihatidan gorizontal frezalash dastgohlaridan deyarli farq qilmaydi desa boiadi.
Ammo ularda buriliivchi stol boiadi, bu stol bir-biriga perpen dikulär uch yoiialishda surila olishdan tashqari, o‘zining vertikal o‘qi atrofida 45° burchakka burilishi ham mumkin. Bu hoi vintli ariqchalar ishlashga va qiyshiq tishli shestemyalar qirqishga imkon beradi.
|
| |