|
O’zbekiston respublikasi mudofaa vazirligi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti axborot texnologiyalari va dasturiy injinering kafedrasi Obyektga yo`naltirilgan dasturlash fanidan
|
bet | 2/5 | Sana | 15.07.2023 | Hajmi | 148.33 Kb. | | #76765 |
Bog'liq c# mustaqil ish Mamajonov D awfdawesrbgsas vte rgt serg, xakerlar haqida, TTva TL 2-topshiriq, TOK, Документ Microsoft Word, Kompyuter tarmoqlari va ularning turlari, jismoniy tayyorgarlik, Web OOP, 7, Kompyuter-tarmoqlari.Z.Z.MiryusupovJ.X.Djumanov. (1), Topshiroq 1 Xasanov M, 3513-Article Text-6940-1-10-20220528, test tarmoq, Karimberdiyev H.F., MobaXterm 20.0.0.101root 20230426 115834C# tilining asosiy xususiyatlari:
• NET Framework sinflarini to‘liq 100% ishlatish, obyektli dasturlash va
sinflarni to‘la qo‘llash, avlod qoldirish, inkapsulyatsiya, polimorfizm va
virtualizatsiya metodlarini qo‘llash, operatorlarni qayta yuklash va virtual
funksiyalarni yaratish va foydalanish;
• Asosiy va qo‘shimcha tiplarning to‘la to‘plami va yaratish imkoniyati;
• integratsiyalashgan XML-xujjatlarni avtomatik generatsiya qilish imkoniyati;
• Dinamik taqsimlangan xotirani avtomatik tozalash.
• Sinflar va metodlarni alohida atributlar bilan belgilab qo‘yish imkoniyati, ya’ni
ayrim metod va sinflar faqatgina tekshirish(otladka) rejimida kompilyatsiya
qilinadi.
• Windows API ga oson murojaat qilish imkoniyati;
• Xotiraga va ko‘rsatkichlarga zarurat tug‘ilganda to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat
qilish imkoniyati;
• Xodisalarni qo‘llab quvvatlash;
• Dinamik WEB - sahiflarni yaratish(ASP.NET) va h.
IEEE Spectrum reytingi:
C# dasturlash tilining tashkil etuvchilari, til alfaviti va leksemasi.
Dasturlash tilini o‘rganishni biror bir xorijiy tilni o‘rganishga qiyoslash
mumkin. Xorijiy tilni o‘rganish odatda tilning alfaviti o‘rganishdan boshlanadi,
so‘ngra so‘zlarni, ularning tarjimasini o‘rganishga o‘tiladi, keyin esa ana shu
so‘zlardan foydalanib jumlalar, gap tuzishga o‘tiladi va sekin astalik bilan so‘z
boyligini ko‘paytirib borgan holda hamda ko‘p mashq qilish, ko‘p bora muloqot
qilish natijasida ushbu tilda o‘z fikrlarini erkin ifoda etishga, tilni mukammal
darajada bilishga erishiladi. Shunga o‘xshash biror dasturlash tilini o‘rganishda
mana shu ketma-ketlikdan foydalanish yaxshi samara beradi.
Endi C# dasturlash tilining alfaviti bilan tanishsak. C# dasturlash tilida
matnlarni yozishda Unicode kodirovkasidagi belgilardan foydalaniladi. Kodirovka
– bu belgilar va unga mos keluvchi sonli kodlar jadvalidir. Unicode kodirovkasi bir
vaqtning o‘zida barcha alfavitlardagi belgilardan foydalanish imkonini beradi.
C# alfaviti quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
• lotin alfavitlar hamda ular bilan birgalikda qo‘llash uchun ostki chiziq(_);
• raqamlar;
• maxsus belgilar, masalan +, *, { i & ;
• bo‘sh va tabulyatsiya belgilari;
• qatorni ko‘chirish belgilari.
Belgilar to‘plamidan foydalanib, leksemalar va izohlarni yoziladi.
Leksema (token) — bu dasturlash tilining mustaqil holda biror ma’noni
bildiruvchi eng kichik birligidir. Leksemening quyidagi ko‘rinishlari mavjud:
• nom yoki ism (identifikatorlar);
• kalit so‘zlar;
• amal belgilari;
• ajratgichlar;
• literallar (konstantalar).
Leksemaga misol sifatida quyidagilarni ko‘rsatishimiz mumkin: Vasia nomli
identifikator, goto kalit so‘zi,+ amal belgisi va sh.k.
Leksemalardan foydalangan holda operatorlar va ifodalar tashkil qilinadi.
Masalan: a+b ifoda, u ikki kattalikni qo‘shishni bildiradi;
int a; - bu a nomli o‘zgaruvchini e’lon qilish operatoridir.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O’zbekiston respublikasi mudofaa vazirligi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti axborot texnologiyalari va dasturiy injinering kafedrasi Obyektga yo`naltirilgan dasturlash fanidan
|