• (1.3) Tezlanish ham vektor kattalikdir. Tezlanishning XBS dagi birligi m/s
  • , (1.6) bunda, - radius-vektorning burilish burchagi t
  • Механика кириш




    Download 0.87 Mb.
    bet5/76
    Sana24.03.2017
    Hajmi0.87 Mb.
    #1799
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76

    MEXANIKA


    1-§. MODDIY NUQTANING HARAKATI
    Jismlarning yoki bir jism qismlarining fazoda bir-biriga nisbatan siljishiga mexanik harakat deyiladi. Jismlarning mexanik harakatini o’rganganda ko’pincha ularning shakllari va o’lchamlarini hisobga olmasa ham bo’ladigan hollar uchraydi. Bunday sharoitlarda jismni moddiy nuqta deb qarash mumkin. Masalan, bir bola uyidan maktabgacha ma’lum masofa bosib o’tsa, bolaning harakatini o’rganganda uni moddiy nuqta deb qarash masalani osonlashtiradi. Lekin shu bola qo’l va oyoqlarini qimirlatib gimnastika bilan shug’ullansa, uni endi moddiy nuqta deb qarash mumkin bo’lmaydi. Xuddi shunday yerning Quyosh atrofida aylanishini o’rganganda yerni moddiy nuqta deb qarash mumkin, lekin yerni o’z o’qi atrofida sutkalik aylanishini ko’rganda yerni moddiy nuqta deb qarash mumkin emas. Demak, moddiy nuqta deb ko’rilayotgan masalada shakli va o’lchamlarini hisobga olmaslik mumkin bo’lgan jismga aytiladi.

    Jismning vaziyatini yoki harakatini har doim boshqa jismga nisbatan ko’riladi, shu sababli oxirgi jismni sanoq jismi deyiladi. Fizikada sanoq sistemasi sifatida koorditanatalar sistemasi ishlatiladi. Masalan, o’zaro tug’ri burchak ostida bo’lgan uch o’qli koordinata sistemasi olinadi, bu o’qlarni x, y, z harflari bilan belgilanadi. Bunday koordinata sistemasini fransuz olimi Dekart kiritgan. YAna boshqa koordinatalar sistemalari ham mavjud.

    Moddiy nuqta harakatini shu harakatni vujudga keltirgan sababisiz o’rganadigan mexanikaning bo’limiga kinematika deyiladi. Kinematikada mexanik harakatlarni karab chikish uchun traektoriya, yo’l, ko’chish kabi tushunchalardan foydalaniladi. Moddiy nuqta harakati davomida chizgan chiziqqa traektoriya deyiladi. Agar traektoriya tug’ri chiziqdan iborat bo’lsa, harakat to’g’ri chiziqli harakat deb ataladi. Traektoriya egri chiziqdan iborat bo’lsa, bunday harakat egri chiziqli harakat bo’ladi. Traektoriya aylanadan ham iborat bo’lishi mumkin. Bunday holda moddiy nuqta aylana bo’ylab harakat sodir etyapti deyish mumkin.

    Moddiy nuqtaning traektoriya bo’ylab harakati davomida bosib o’tgan masofaga yo’l deyiladi. Yo’l yo’nalishi bilan xarakterlanmaydi. Fizikada bunday kattaliklarni skalyar kattaliklar deyiladi. Yo’l—skalyar kattalik. Agar moddiy nuqta bir nuqtadan ikkinchi nuqtaga qarab harakat qilsa, shu nuqtalarni birlashtiruvchi va 1-nuqtadan 2-nuqtaga yo’nalgan to’g’ri chiziqqa ko’chish deyiladi.

    Fizikada yo’nalish bilan xarakterlanadigan fizik kattaliklarga vektor kattaliklar deyiladi. Ko’chish - vektor kattalikdir.

    Endi kinematikada ko’riladigan ikki asosiy fizik kattaliklar—tezlik va tezlanishni ko’rib chiqamiz.

    Biz hayotda tezlik deganda, vaqt birligida bosib o’tgan yo’lni tushunamiz. Agar teng vaqtlar oraliqlarida moddiy nuqta teng yo’l yursa, bunday harakatga tekis harakat deyiladi va harakat to’g’ri chiziqli bo’lsa, tekis harakat tezligi uchun quyidagi formulaga ega bo’lamiz.

    , (1.1)


    bunda, S - bosib o’tilgan yo’l, t – vaqt.

    Odatda, fizikada tezlik deganda moddiy nuqtaning traektoriya bo’ylab ko’chish tezligini va har bir momentdagi nuqtaning harakat yo’nalishini xarakterlovchi fizik kattalik tushuniladi. SHu sababli traektoriyaning har bir nuqtasi uchun oniy tezlik tushunchasi kiritilgan. Oniy tezlikni topish uchun x, u koordinata o’qlari tekisligida biror harakatning traektoriyasini quramiz va bu traektoriyaning cheksiz kichik biror dl qismiga mos bo’lgan ds ko’chishni ajratib, unga koordinata boshidan r1 va r2 radius-vektorlarni o’tkazamiz. Endi ds ko’chishni shu ko’chish sodir bo’lgan dt vaqt oralig’iga bo’lib, traektoriyaning shu nuqtasi uchun oniy tezlikni topamiz.



    . (1.2)
    Bu yerda , V — oniy tezlik, dscheksiz kichik ko’chish, dt — vaqt oralig’i. Demak, tezlik moddiy nuqtaning radius- vektoridan vaqt bo’yicha olingan hosilasiga teng ekan. Tezlik V traektoriyaga urinma bo’ylab yo’nalgan bo’ladi. Xalqaro Birliklar Sistemasi da tezlik birligi m/s, SGS sistemada sm/s. YAna tezlik amaliyotda km/soat birlikda ham o’lchanadi.

    Moddiy nuqtaning tezligi vaqtning funksiyasidir. SHu sababli tezlikdan vaqt bo’yicha olingan hosila tezlanish ni beradi:



    . (1.3)
    Tezlanish ham vektor kattalikdir. Tezlanishning XBS dagi birligi m/s2.

    Endi egri chiziqli harakatda tezlik va tezlanishni ko’ramiz. Egri chiziqli harakatda tezlik vektori ham qiymat bo’yicha, ham yo’nalish bo’yicha o’zgarib turadi. SHu sababli tezlanish harakat yo’nalishi bilan bir xil bo’lmaydi. Tezlanish W vektorini egri chiziqli harakatda ikki o’zaro perpendikulyar tashqil etuvchilarga ajratish mumkin: tangensial tashqil etuvchi Wt va normal tashqil etuvchi Wn . Tangensial tashqil etuvchi egri chiziqqa urinma bo’ylab yo’nalgan bo’ladi va quyidagiga teng bo’ladi:


    Wt = , (1.4)
    bu yerda, Vchiziqli tezlik, tvaqt.

    Tezlanishning normal tashqil etuvchisi Wn egrilik markaziga yo’nalgan bo’ladi va matematik ravishda shunday ifodalanadi:


    Wn = , (1.5)
    bunda, R — egrilik radiusi.

    Agar moddiy nuqta aylana bo’ylab tekis harakat qilayotgan bo’lsa, burchak tezlik bilan xarakterlanadi, Burchak tezlik matematik ravishda shunday ifodalanadi:


    , (1.6)
    bunda, - radius-vektorning burilish burchagi t - vaqt. CHiziqli tezlik V va burchak tezlik shunday bog’langan:


    Download 0.87 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76




    Download 0.87 Mb.