|
Matematikadan sinfdan tashqari ishlarning mohiyati va mazmuni
|
bet | 6/9 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 234,15 Kb. | | #110766 |
Bog'liq 64 Maktabda matematikadan sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish va o’tkazish2.1 Matematikadan sinfdan tashqari ishlarning mohiyati va mazmuni
Shunday davrga keldikki, ilm fan rivojisiz hech bir sohani kelajali yo`q ekanligiga ishonch hosil qilindi. Buni mamlakatimizda 2020 yilda ilm-fanni rivojlantirishdagi ustivor yo`nalish sifatida matematika fanini tanlanishida ham ko`rish mumkin. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 7 maydagi “Matematika sohasidagi ta`lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 4708-sonli qarorida matematika ta`limi oldida kutib turgan muammolar va ularni yechimlari bo`ycha vazifalar qo`yilgan. Matematika sohasiga qiziquvchi iqtidorli yoshlarni qidirib topish, ularni rivojlantirish zarurligi, bu sohada chuqur ilmiy ishlar olib borish zarurligini bildirib turibdi. Matematikadan sinfdan tashqari mashg’ulotlar deganda o’quvchilarning matematik bilimlarini kengaytirish va chuqurlashtirish maqsadida tashkil qilingan mashg’ulotlatlarni tushunamiz. Matematikadan o’tkaziladigan sinfdan tashqari ishlarning mazmuni dars mashg’ulotlarida egallangan bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirishda qaratilgan bo’lishi kerak. Shundagina sinfdan tashqari mashg’ulotlar dars mashg’ulotlarining mantiqiy davomi bo’lib xizmat qila oladi. Sinfdan tashqari mashg’ulotlar deganda ko’pincha yuqori sinflar nazarda tutiladi. Lekin ilg’or tajribalarning tasdiqlashicha, boshlang’ich sinflarda ham sinfdan tashqari turli – tuman formalarda mashg’ulotlar olib borishning potensial imkoniyatlari mavjud. Bu imkoniyatlardan foydalanish o’qitishda boshlang’ich va yuqori sinflar uzviyligini ta’minlaydi. Boshlang’ich sinflarda sinfdan tashqari ishlarni olib borishda o’quvchilarning nutq madaniyatini va matematik tafakkurini shakllantirishga kompleks holda yondashish talab qilinadi. Yosh avlodni hozirgi zamon fani bilan qurollantirish orqali ularning aqliy jihatdan maksimal darajada rivojlanishlariga erishish umumta’lim – tayanch maktablar oldida turgan eng muhim vazifalardan biridir. Bu vazifani hal etishda sinfdan tashqari ishlarning o’rni benihoya katta. Sinfdan tashqari ishning asosiy maqsadi o’quvchilardagi fanga bo’lgan qiziqishni rivojlantirish, ularni darsda olgan bilimlarini to’ldiruvchi matematik bilim, malaka va ko’nikmalar bilan qurollantirishdan foydalanish mumkin. Darsdan tashqari qilinadigan ishlar o’quv reja asosida ya’ni darslik talablarini bajarishga qaratilgan bo’lib, bunga sinfdagi barcha talabalar bevosita ishtirok etiladi. Sinfdan tashqari mashg’ulotlardan asosiy maqsadi reja va darslikdan tashqari o’quvchilarga qo’shimcha bilim, ko’nikma va malakalar berish, ularning fanga bo’lgan qiziqishlarini orttirish, olingan bilimlarni hayotga tadbiq qila bilishga yordam berishdan iborat. Boshlang’ich sinflarda matematikadan sinfdan tashqari ish turi matematika to’garagini tashkil etishda o’quvchilarning matematikaga bo’lgan qiziqishlariga qarab tanlab olinar ekan. Matematikadan to’garaklarni tashkil etishda qiziqarli misol va masalalardan, mantiqiy masalalardan foydalanish lozim. Sinfdan tashqari amaliy mashg’ulotlar davomida o’quvchilar bilan (bolalar bilan joylarda) maqsadni ko’zlovchi, barqaror amaliy natijaga olib keladigan ularni havaslarini orttiradigan amalda bajariladigan ishlarni olib borishi kerak. Matеmatikadan sinfdan tashqari ish dеyilganda o`quvchilarning darsdan tashqari vaqtda tashkil qilingan, dastur bilan bog`liq bolgan matеrial asosida ixtiyoriylik printsipiga asoslangan mashgulotlar tushuniladi.
Sinfdan tashqari ishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- o`quvchilarning bilimlari va amaliy ko`nikmalarini chuqurlashtirish va kеngaytirish;
- o`quvchilarning mantiqiy tafakkurlarini, topqirliklarini, matеmatik ziyrakliklarini rivojlantirish;
- matеmatikaga bo’lgan qiziqishlarini orttirish, qobiliyatli va layoqatli bolalarni topish;
- talabchanlik, irodani, mеhnatga munosabatni, mustaqillikni, uyushg`oqlikni va insoniylikni tarbiyalash.
Sinfdan tashqari ishlarning quyidagi turlari uchraydi:
1. Matеmatik o`n minutliklar, soatlar.
2. Matеmatika tog`araklari.
3. Matеmatik konkurs va olimpiadalar.
4. Qiziqarli matеmatika kеchalari va viktorinalar.
5. Matеmatik matbuot.
6. Matеmatik ekskursiya.
Sinfdan tashqari ishlar darslarga nisbatan ba'zi farq qiluvchi xususiyatlarga ega:
1. O’z mazmuni bo’yicha matematika dasturiga taalluqli emas. Ammo beriladigan bilimlar o’quvchilarning kuchiga mos bolishi kerak.
2. Sinfdan tashqari ishlar imkoni boricha barcha o’quvchilarni jalb qilishi, ya'ni qiziqarli bo’lishi zarur. Past o’zlashtiruvchi o’quvchilar ham qiziqish yordamida faol o’quvchilarga aylanishi mumkin.
3. Sinfdan tashqari ishlar ixtiyoriylik tamoyiliga asosan tashkil qilinadi, lekin qiziqishni ta'minlash lozim. Bu mashg’ulotlarga baho qo’yilmaydi, ammo faol ishtirok etgan o’quvchilar rag’batlantiriladi.
4. Mashg’ulot mazmuni va shakllariga qarab, 10-12 minutdan 1 soatgacha mo’ljallangan bo’lishi mumkin.
5. Sinfdan tashqari ishlarning mazmuni va shakllarining turli- tumanligi. Sinfdan tashqari ishlarga: qiziqarli matnli masalalar, o’tkir zehnlilikka oid masalalar, hazil masalalar, berilgan ma`lumotlari etishmaydigan yoki berilgan ma`lumotiari ortiqcha masalalar, mantiqiy masalalar, qiziqarli matematik voqealar, arifmetik rebuslar, o’yinlar, fokuslar, boshqotirmalar tarixiy malumotlar berish va boshqalar kiradi; Sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish va o’tkazish metodikasi quyidagilarga asoslanishi kerak:
1. Darsda o’quvchilar olgan bilim, malaka va кo’nikmalarni hisobga olgan holda o’tkaziladi.
2. Sinfdan tashqari ishlar o’quvchilarning xohishi, xavaskorligi, ijodkorligi tamoyillariga asoslanishi va ularning individual fikrlarini qoniqtirish maqsadida tashkil qilinadi.
3. Sinfdan tashqari ishlarni o’tkazish shakllari darslardan farq qilib, qiziqarli tomoni kuchli bo’ladi. Buning uchun zaruriy shart shuki o’tkaziladigan ishning rejalashtirilishi va tizimliligining murakkabligidadir. Shuni ta'kidlash lozimki, individual va guruhli mashg’ulotlar tizimli ravishda o’tkazilmasligi, aksincha, asosiy ish sinfda bajarilishi kerak. Sinfdan tashqari ish sinfdagi dars shakliga nisbatan bir qator o’ziga xos xususiyatlarga ega:
1. O’z mazmuni bo’yicha u davlat dasturi bilan cheklanmagan, matematik material o’quvchilarning bilimlari va malakalariga mos ravishda berilishi kerak.
2. Boshlang’ich sinflarda bolalarning matematikaga nisbatan to’plangan turg’un qiziqishlari haqida hali gapirib bo’lmaydi.
3. Topqirlik, ziyraklik, tez hisoblashlar, yechishning samarali usullaridan foydalanish va rag` batlantirilishi kerak.
4. Darslar 45 minutga rejalashtirilgan holda sinfdan tashqari mash- g’ulotlar mazmuniga va o’tkazilish shakllariga qarab 10-12 minutga ham, bir soatga ham mo’ljallangan bo’lishi mumkin.
5. Sinfdan tashqari ishlar shakl va turlari (qiziqarli matematika soatlari, to’garaklar, viktorinalar va h.k.) qarab mazmunining turli tumanligi bilan xarakterlanadi. Matematika minutliklarida, topshiriqlarga qiziqish uyg’otish va quvvatlash uchun bu topshiriqlar darslarda beriladigan oddiy matematik topshiriqlarga o’xshash bo’Imasligi kerak. Mashg’ulot o’tkazish uchun har xil qiziqarli arifmetik va geometrik mazmunli masalalar, qiyinroq masalalar, hazil masalalar, masalalar tuzishga doir masalalar, qiziqarli kvadratlar, rebuslar, topishmoqlar va boshqalar material boiib xizmat qiladi. Matematik to’garak matematikadan tizimli sinfdan tashqari ishning eng кo’p tarqalgan turidan biri. Uning asosiy vazifasi - matematikaga alohida qiziqishi bor o’quvchilar bilan bajariladigan chuqurlashtirilgan ish. Matematik to’garak ishi qiziqarli matematika soatlaridan quyidagilar bilan farq qiladi: Matematika to’garagiga o’quvchilar tanlashda ularning matematikaga nisbatan alohida qiziqishlarini, moyilliklari va imkoniyatlarini hisobga olish kerak. Mustaqil ravishda кo’rgazmali qurollar (abaklar, ba'zi o’yiniar uchun misollar yozilgan kartochkalar va boshqalar) tayyorlaydilar, matematika kechalari o’tkazishga puxta tayyorgarlik ko’radilar va hokazo.
|
| |