O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti qo‘qon filiali




Download 23,88 Mb.
bet3/31
Sana12.01.2024
Hajmi23,88 Mb.
#136027
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Bog'liq
Mexatronika majmua

3-Ma’ruza. MEXATRON MODULLAR

Mexatron modul strukturasi, uning ichiga kirgan elementlar va qurilmalarga qarab uch guruxga bo‘linadi:


;

1.5-rasm. Mexatron modullarning sinflanishi


Xarakat moduli (modul dvijeniya) – bu mustaqil ishlovchi qurilmadir. Xarakat moduli motor va mexanik qurilmadan tashkil topgan. Motor (dvigatel) sifatida elektrodvigatel, gidrodvigatel yoki pnevmodvigatel ishlatilishi mumkin. Mexanik qurilma (mexanicheskoe ustroystvo) sifatida xarakat o‘zgartirgichlar ishlatiladi. Xarakat o‘zgartirgichlar bu motor – reduktor yoki turli uzatmalar bo‘lishi mumkin. Xarakat modulining vazifasi konstuksiya talablariga ko‘ra turli mexanik xarakatlarni bajarishdan iborat.


1.6-rasm. Xarakat modulining struktura sxemasi


Xarakatning mexatron moduli (mexatronniy modul dvijeniya) – bu mustaqil ishlovchi qurilmadir. U o‘z ichiga motor, mexanik qurilma va informatsion qurilmalarni (informatsionnoe ustroystvo) oladi. Informatsion qurilma sifatida turli datchiklar ishlatilishi mumkin. Xarakatning mexatron modulining asosiy vazifasi xarakat parametrlari xaqidagi informatsiyani olib boshqarish va elektron qurilmaga uzatishdir. Xarakat parametrlari xaqidagi informatsiyani – bu tezlik, tezlanish, bosim, temperatura va x.o. parametrlarning qiymatidir. Datchikning qo‘shimcha vazifasi – bu mashina ishlayotgan atrof muxit xaqidagi informatsiyani olib boshqarish va elektron qurilmaga uzatishdir.


1.7-rasm. Xarakatning mexatron modulining struktura sxmasi


Intellektual mexatron modul (intellektualniy mexatronniy modul) – bu konstruktiv mustaqil buyum, ya’ni mashinadir. U o‘z ichiga xarakat moduli, xarakatning mexatron moduli va boshqaruvchi qurilmani (upravlyayushie elektronnыe ustroystva) o‘z ichiga oladi.

1.8-rasm. Intellektual mexatron modulning struktura sxmasi.


Bu yerda: DBEQ- dasturli boshqariluvchi elektron qurilma; AO‘Q – axbarot o‘lchash qurilmasi.
Boshqaruvchi qurilmani asosiy vazifasi dastur asosida shu mashinani boshqarishdan iborat. Boshqaruvchi elektron qurilma bu mashinaga intellekt taqdim eta oladi. Boshqaruvchi qurilmaning prinsipial sxemasi quyidagicha bo‘ladi:

1.9-rasm. Boshqaruv qurilmasining struktura sxemasi
Bu yerda boshqarish elementi sifatida kontrollerlar ishlatiladi. Texnologik jarayonlarni boshqarishda esa aloxida lo‘kidonli (zatvor–ochib – yopuvchi mexanizm) bipolyar tranzistor, raqamli signal protsessori, dasturlanuvchi mantiqiy qurilmalar ishlatilishi mumkin.
Aktuator sifatida esa elektrodvigatel, LCD monitor, turli rangdagi diod lampalari, yuqori kuchlanishni boshqaruvchi elektron kalitlar ishlatilishi mumkin.
Sxemadan ko‘rinib turibdiki boshqarish qurilmasi datchiklardan kelgan informatsiyani qayta ishlab aktuatorga qanday ish bajarish kerakligi haqida ko‘rsatma beradi.
Motor – reduktor yasalishi bo‘yicha birinchi mexatron modul xisoblanadi. Motor – reduktor bu ixcham konstruksiyali mexanizm. U elektrodvigatel va reduktordan tashkil topgan. elektrodvigatel vali reduktorga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulangan. Reduktor elektrodvigatel valini aylanish tezligini quvvatga aylantirish uchun ishlatiladi. Reduktor valini aylanishish tezligi elektrodvigatel valini aylanish tezligidan pastroq bo‘lsada quvvati yuqori bo‘ladi.



1.10-rasm. a) Chervyakli motor – reduktor, b) nasadkali motor – reduktor

Texnikada ikki xil xarakat mavjud. Aylanma xarakat va ilgarilanma xarakat. Xar qanday elektrodvigatel vali aylanma xarakat qiladi. Ilgarilanma xarakat xosil qilish uchun chiziqli dvigateldan foydalaniladi.



1.11-rasm. Chiziqli dvigatelning prisipial sxemasi

Chiziqli dvigatel stator chulg‘ami va serdechnik – magnitdan tashkil topgan. Stator chulg‘amiga tok bersak, serdechnik – magnit ilgarilanma harakat qiladi. Agar tok qutblari o‘zgartirilsa serdechnik – magnit orqaga xarakat qiladi. Chiziqli xarakat orqali ishlaydigan mashinalar misol sifatida elektolobzikni keltirish mumkin. elektrolobzikni vazifasi DVP, DSPlarni arralash. Pilorama xam chiziqli xarakatga misol bo‘la oladi. Pilorama yog‘ochdan taxtalar xosil qilish uchun mo‘ljallangan qurilma. Uning arralari chiziqli xarakat qiladi.


1927 yilda “Bauer” firmasi tomonidan yaratilgan tamomila yangi konstruksiya – motor-reduktor, elektroyuritma va harakatni mexanik o‘zgartgich (reduktor) o‘zida birlashtirgan ixcham modul, hozirda juda keng tarqalgan. Shu kungacha muayyan holat va sharoitlarda qo‘llash uchun maqbul bo‘lgan turli turdagi ko‘plab sondagi motor-reduktorlar paydo bo‘ldi.
Elektryuritma va harakat o‘zgartgichlarning konstruktiv birlashuvidan hosil bo‘lgan yagona ixcham shaklidagi elektruzatma – motor-reduktor – elektryuritma va harakatni o‘zgartgichlarini mufta orqali ulash singari tizimga qaraganda bir qator afzalliklarga ega: (1) gabarit o‘lchamlarni anchagina kichrayishi, (2) bog‘lovchi detallar miqdorini sezilarli kamayishi va (3) o‘rnatish, sozlash hamda ishga tushirishga ketadigan xarajatlarning qisqarishi va b.
Shunday qilib, motor-reduktor hozir vaqtda eng ko‘p tarqalgan elektruzatma turlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Dunyo bo‘yicha yiliga turli ko‘rinish va tuzilishga ega milliardlab motor-reduktorlar ishlab chiqariladi.


Download 23,88 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Download 23,88 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti qo‘qon filiali

Download 23,88 Mb.