• 3.2-rasm. Motor-reduktor
  • 4-Ma’ruza.Mexatronikada informasiya – o’lchash texnikasi
  • Mexatronikada ishlatiladigan datchiklar (2 soat) Texnik sistemalarda o‘lchash jarayoni o‘lchovchi o‘zgartirgichlar
  • O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti qo‘qon filiali




    Download 23,88 Mb.
    bet4/31
    Sana12.01.2024
    Hajmi23,88 Mb.
    #136027
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
    Bog'liq
    Mexatronika majmua

    3.1-rasm. Silindrik motor-reduktor
    Motor-reduktor ikki asosiy: elektryuritma 1 va harakat o‘zgartgichlari 2 elementdan tashkil topgan. Elektryuritma harakat o‘zgartgichlariga birikuv yuzalaridagi 3 teshiklarga vint va boltlar 4 qotirish orqali biriktiriladi. Elektroyuritma va reduktor yagona ixcham konstruksiyaga birlashganda elektroyuritma vali reduktorning yarim valiga 6 tiqin yordamida 7 mustahkamlanadi.

    3.2-rasm. Motor-reduktor
    3.2-rasmda bir darajali qo‘chqaroqli motor-reduktor sxemasi tasvirlangan. U elektr yuritma va qo‘chqaroqli harakat o‘zgartgichidan iborat bo‘lib, ular vintlar 3 yordamida umumiy qobiqqa birlashtirilgan. Elektryuritma va harakat o‘zgartgichlar va umimiydir. Motor-reduktordagi elektryuritma sifatida ko‘pincha asinxron dvigatellar (valning aylanish tezligini rostlovchi o‘zgartgich bilan birga), bir fazali, doimiy tokli, shuningdek qadamli yuritmalardan foydalaniladi.
    Harakatni mexanik o‘zgartgichlar sifatida silindrsimon va konussimon qo‘chqaroq, planetar, to‘lqinsimon, vintsimon, sharchali va aylanmavintli uzatmalardan foydalaniladi. Aytib o‘tish joizki, elektroyuritma rotoriga o‘rnatilgan shpindel uchun harakat o‘zgartirgichga zarurat qolmaydi. Lekin o‘zgartgichdan voz kechish past chastotali tebranishlarni so‘ndiruvchi moduldan mahrum qiladi. Kinematikani soddalashtirish, FIK va ishonchlilikni oshirish bir vaqtning o‘zida boshqaruv tizimga katta talablarni qo‘yadi.


    4-Ma’ruza.Mexatronikada informasiya – o’lchash texnikasi


    Datchiklarning umumiy xususiyatlari va ularning ishlab chiqarish parametrlari. Datchiklar klassifikatsiyasi Datchiklarni o‘lchov parametrlariga ko‘ra klassifikatsiyasi. Datchiklarni ishlash prinsipiga ko‘ra klassifikatsiyasi. Optik datchiklar. Xoll datchiklari. P’ezoelektrik datchiklar. Tenzo o‘zgartirgichlar. Xajm datchiklari. Potensiometrik datchiklar. Induktiv datchiklar.


    Mexatronikada ishlatiladigan datchiklar (2 soat)

    Texnik sistemalarda o‘lchash jarayoni o‘lchovchi o‘zgartirgichlar orqali amalga oshiriladi. O‘lchovchi o‘zgartirgichlar biror bir fizik qonuniyatga asosan ishlaydilar.Texnikada o‘lchovchi o‘zgartirgich sifatida datchiklardan foydalaniladi.


    Datchik – bu o‘zi o‘rnatilgan muhitda unga ta’sir etayotgan parametr qiymatini o‘lchab, ma’lumotlarni uzatuvchi qurilmadir.
    Ishlab chiqarishda datchikka muhitning turli parametrlari birday ta’sir qilib turadi. Masalan harorat, bosim va h.o. datchik bu parametrlardan faqat bittasini o‘lchashga moslashtiriladi. Datchikka ta’sir etuvchi parametrlar kirish parametrlari deb ataladi. Datchik kirish parametrlarini o‘lchab ma’lumotlarni chiqish signali sifatida uzatadi. Kirish parametrlarini o‘lchash jarayoni datchikning sezgir elementlari orqali amalga oshiriladi. Tashqi muhit parametric ta’siri ostida datchikning sezgir elementini fizik hususiyati o‘zgaradi.
    Datchiklar umuman olganda ikki turga bo‘linadi. Parametrik datchiklar va datchik generatorlar.

    Download 23,88 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




    Download 23,88 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti qo‘qon filiali

    Download 23,88 Mb.