• Datchik generator
  • Datchikning o‘zgartirish funksiyasi
  • Datchikning sezgirligi
  • Datchikning o‘lchash imkoniyati
  • Datchikning aniqliligi
  • O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti qo‘qon filiali




    Download 23,88 Mb.
    bet5/31
    Sana12.01.2024
    Hajmi23,88 Mb.
    #136027
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
    Bog'liq
    Mexatronika majmua

    Parametrik datchiklar kirish parametrlari ta’sirida datchikning sezgir elementini fizik hususiyati o‘zgaradi. Lekin bu o‘zgarish haqida tashqariga chiqish signali yubora olmaydi.Undan chiqish signalini olish uchun tashqi energiya manbaiga ulash talab etiladi. Sezgir elementning fizik hususiyati o‘zgarishi ta’sirida tashqi energiya manbaidan berilgan kirish signali kattaligi o‘zgarib chiqish signali sifatida qaytadi. Bu o‘zgarish kirish parametrlari qiymatiga mos keladi.

    Rasm 4.1 parametrik datchikning ish tarsi
    Datchik generator – bu sezgir elementiga muhit parametrlari ta’sir etganda o‘zi chiqish signali shakllantiruvchi datchikdir. Bu datchikka tashqi energiya manbaini ulash shart emas.

    Rasm 4.2 datchik generatorning ish tarsi

    Parametrik datchiklarga quyidagilar kiradi:



    • rezistiv datchiklar;

    • induktiv datchiklar;

    • transformator datchiklar;

    • sig‘im datchiklari.

    Datchik generatorga quyidagilar kiradi:



    • termoelektrik datchiklar;

    • induksion datchiklar;

    • p’ezoelektrik datchiklar;

    • fotodatchiklar.

    Har qanday qurilma kabi datchikning ham ishlab chiqaruvchilar tomonida berilgan pasporti bo‘ladi. Pasportda datchikning muhim hususiyatlari beriladi.Ulardan ba’zi birlarini ko‘rib chiqamiz.


    Datchikning o‘zgartirish funksiyasi – bu kirish parametrlari qiymatini chiqish signallari qiymatiga mutanosibligidir.
    Kirish parametrlari qiymati va chiqish signallari qiymatlari mutanosibligi jadval ko‘rinishida yoki grafik ko‘rinishda yoki analitik usulda (formulalar ko‘rinishida) beriladi.
    Datchikning sezgirligi - bu kirish parametrining qiymati bir birlikka o‘zgarganda chiqish signali qanchaga o‘zgarishini ko‘rsatuvchi qiymat. Masalan termopara uchun sezgirlik birligi mV/K. Ya’ni harorat bir gradus Kel’vinga o‘zgarganda chiqish signali bir milliVol’tga o‘zgaradi. Rostlanuvchi electromotor uchun sezgirlik birligi c-1/V.Ya’ni bir vol’t kuchlanish berilganda electromotor sekundiga nechchi marta aylanadi.
    Datchikning o‘lchash imkoniyati – bu datchikning o‘lchash chegarasidir (diapazon).O‘lchashning quyi va yuqori chegaralari mavjud. Masalan DT9205A mul’timetri o‘zgaruvchan tokni 20 mA – 20A (mA – milliamper, A - amper) chegaralarda aniq o‘lchaydi. Agar tok chegaradan chiqib kesa mul’timetr noto‘g‘ri chiqish signali berishi mumkin. Yuqori chegaradan o‘sa u ishdan chiqishi ham mumkin.
    Datchikning aniqliligi – bu datchik necha foiz aniqlikda ishlay olishini ko‘rsatuvchi kattalik.
    Datchiklarning o‘lchov parametrlari bo‘yicha klassifikatsiyasi

    • bosim datchiklari;

    • sarf datchiklari;

    • cath datchiklari;

    • harorat datchiklari;

    • modda konsentratsiyasi datchiklari;

    • radiaktivlikni aniqlash datchiklari;

    • siljish datchiklari;

    • holat datchiklari;

    • fotodatchiklar;

    • burchak holati datchiklari;

    • tebranish datchiklari;

    • mexanik miqdorlar datchiklari;

    • yelektr yoyidan himoyalash datchiklari;

    • yenergiya parametrlari datchiklari;

    Ushbu datchiklar quyidagi 7 prinsipni biri assosida ishlaydi.

    • optika prinsipida ishlaydigan datchiklar;

    • magnitoelektrik prinsipida ishlaydigan datchiklar (Xoll datchiklari);

    • p’ezoelektrik prinsipida ishlaydigan datchiklar;

    • tenzo o‘zgartirgichlar prinsipida ishlaydigan datchiklar;

    • sig‘imni aniqlash prinsipida ishlaydigan datchiklar;

    • potensiometrik prinsipda ishlaydigan datchiklar;

    • induktivlik prinsipida ishlaydigan datchiklar.

    Datchiklarni chiqish signallari to‘rt hil bo‘ladi:



    • diskret signallar;

    • analog signallar;

    • raqamli signallar;

    • impul’sli signallar.

    Analog signallar uzluksiz bo‘ladi.

    Download 23,88 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




    Download 23,88 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti qo‘qon filiali

    Download 23,88 Mb.