MEXATRONIKADA IShLATILADIGAN NAZORAT QILISh DATChIKLARI




Download 23,88 Mb.
bet9/31
Sana12.01.2024
Hajmi23,88 Mb.
#136027
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   31
Bog'liq
Mexatronika majmua

2.2. MEXATRONIKADA IShLATILADIGAN NAZORAT QILISh DATChIKLARI

Mexatron modullarni boshqarishda va xar xil texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishda ularning ko‘rsatkichlari xaqida ma’lumot olish zarur hisoblanadi, bu maqsadda birlamchi o‘zgartirgichlar keng qo‘llaniladi.


Texnik sistemalarda o‘lchash jarayoni o‘lchovchi o‘zgartirgichlar orqali amalga oshiriladi. O‘lchovchi o‘zgartirgichlar biror bir fizik qonuniyatga asosan ishlaydilar. Texnikada o‘lchovchi o‘zgartirgich sifatida datchiklardan foydalaniladi.
Datchik deb nazorat qilinayotgan yoki rostlanayotgan kattalikni kerakli yoki avtomatika tizimining keyingi elementlarida qo‘llash uchun qulay qiymatga o‘zgartiradigan vositaga aytiladi. Datchik - bu o‘zi o‘rnatilgan muhitda unga ta’sir etayotgan parameter qiymatini o‘lchab, ma’lumotlarni uzatuvchi qurilmadir.
Mexatron modellarni boshqarish va ishlab chiqarish jarayonlarida datchiklarga muhitning turli parametrlari birday ta’sir qilib turadi. Masalan harorat, bosim va h.o. datchik bu parametrlardan faqat bittasini o‘lchashga moslashtiriladi. Datchikka ta’sir etuvchi parametrlar kirish parametrlari deb ataladi. Datchik kirish parametrlarini o‘lchab ma’lumotlarni chiqish signali sifatida uzatadi. Kirish parametrlarini o‘lchash jarayoni datchikning sezgir elementlari orqali amalga oshiriladi. Tashqi muhit parametrik ta’siri ostida datchikning sezgir elementini fizik hususiyati o‘zgaradi.
Mexatron tizimlarida ko‘pincha elektrik chiqishli
parametrik va generatorli datchiklar ishlatiladigan (2.8-rasm).
Parametrik datchiklarda xar qanday fizik tabiatli kattaliklarni o‘zgarishi elektr zanjiridagi qarshilik R, sig‘im S, induktivlik L kabilarni o‘zarishiga sabab bo‘ladi. Odatda bu elementlar turli elektr zanjirlari (ko‘prik, potensiometr, logometr)ga ulangan bo‘lib, ularni chiqishlarida nazorat qilinayotgan kattaliklarga bog‘lik xolda kuchlanish xosil bo‘ladi. Generatorli datchiklarda esa nazorat qilinayotgan kattaliklar EYuK ga aylantiriladi. Parametrik datchiklar uchun tashqi manbaa kerak bo‘ladi, generatorli datchiklar uchun esa manbaa kerak emas.




Download 23,88 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   31




Download 23,88 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



MEXATRONIKADA IShLATILADIGAN NAZORAT QILISh DATChIKLARI

Download 23,88 Mb.