O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi




Download 1,28 Mb.
Pdf ko'rish
Sana13.01.2024
Hajmi1,28 Mb.
#136868
Bog'liq
1WORD matn muhari



1
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA
INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
BERDAQ NOMIDAGI QORAQALPOQ
DAVLAT UIVERSITETI
O’ZBEK FILOLOGIYASI FAKULTETI
105- o’zek tili guruhi talabasi
Zaripboyeva Munisaning
axborot texnologiyalari fanidan
MUSTAQIL ISHI
Mavzu: WORD Ssilki menyusi
Ishlagan:
Zaripboyeva Munisa
Tekshirgan:
Kalmuratova Sapura
Nukus-2023


2
1.WORD matn muharini yuklash
Microsoft Word bir vaqtda bir nechta hujjat bilan ishlash imkoniyatiga
ega. Har bir hujjat "oyna" deb ataladigan maxsus ishchi maydonida tashkil
etiladi. Oynalarning o'lchami va joylashish tartibini foydalanuvchi o'z
xoxishiga qarab belgilab oladi.
Microsoft Word matn protsessorining hozircha o'zbek tilidagi varianti
mavjud emas. Shu bois uning ba`zi buyruq va ko'rsatmalarining o'zbek
tilidagi ifodasi bilan birga qavs ichida rus tilidagi ifodasini berib borishni
lozim topdik. Microsoft Word ishga tushirilganda ekranda uning ishchi
maydoni va boshqarish pan-eli hosil bo'ladi. Boshqarish paneli odatda
sarlovha satri, menyu satri va uskunalar panelidan iborat.
Uskunalar panelida uskunalar rasmi chizilgan tugmalar bo'lib ulardan
foydalanish matn protsessori bilan ishlashda qulaylik yaratadi. Sarlovhalar
satrida ishlanayotgan hujjatning nomi aks etadi.
Menyular satri quyidagilardan iborat:
fayl menyusi;
to'g'rilash (правка);


3
ko'rinish (вид);
joylashtirish (вставка);
format;
servis;
jadval (таблица);
oyna (окно);
ma`lumot (справка).
Mazkur menyular hujjatlar tayyorlashda muxim axamiyatga ega. Endi
har bir menyuning asosiy buyruqlari bilan tanishib chiqamiz. "Fayl" menyusi
quyidagi amallarni bajaradi:
ochish (открўть);
hosil qilish (создать);
saqlash (сохранить);
kabi saqlash (сохранить как);
 hujjatlarni chop etish (печать);
Word dan chiqish (вўход).
"To'g'rilash" menyusi quyidagi amallarni bajaradi:

bekor qilish

yo'qotish

nusxalash;

joylashtirish;

matnni izlash va almashtirish;

boshqa matnga o'tish.
"Ko'rinish" menyusi quyidagi amallarni bajaradi:

hujjatni ko'rish rejimini tanlash buyruqlari;

uskunalar paneli;

hujjat matni tasvirining masshtabini sozlash.


4
"Joylashtirish" menyusi quyidagi amallarni bajaradi:
turli ko'rinishdagi matnlar va grafik tasvirlarni hujjat matni ichiga
joylashtirish.
"Format" menyusi quyidagi amallarni bajaradi:
matnlarni formatlash;
grafiklarni formatlash (ularning rangi va o'lchovini o'zgartirish).
"Servis" menyusi quyidagi amallarni bajaradi:

hujatlarni tekshirish;

Word dasturlarini sozlash. 
"Jadval" menyusi quyidagi amallarni bajaradi:

jadvallarni hosil qilish;

to'g'rilash;

formatlash.
"Oyna" menyusi quyidagi amallarni bajaradi:
ochiq hujjatlar oynasini tartibga keltirish;
kerakli oynani hujjatda ishlatish.
"Ma`lumot" menyusi quyidagi amallarni bajaradi:
Word dasturi bilan ishlashga doir ma`lumotlarni olishga xizmat qiladi.
Word matn protsessorida bir nechta uskunalar paneli bo'lib, asosan
ikkita - "standart" va "format" uskunalar paneli ko'p qo'llaniladi.
(1- qator:Standart uskunalar paneli, 2- qator:Format uskunalar paneli)
Uskunalar panelida maxsus tugmalar joylashgan bo'lib, ular Word
menyusidagi ak-sariyat buyruqlarga mos amallarni bajarish uchun
mo'ljallangan. Bu tugmalar ustiga chizilgan rasmlar ular bajaradigan


5
amallarni ko'rsatib turadi. Masalan,
tugma ustiga disketa rasmi chizilgan. U hosil qilingan matnni
diskka yozishni bildiradi.
tugma ustiga chizilgan printer rasmi bu tugma matnni chop etish
uchun mo'ljallanganini anglatadi.
2. Xujjatlarning asosiy parametrlari.
Hayotimizni turli tuman hujjatlarsiz tasavvur qilish qiyin. Inson tug'ilishi
bilan unga tug'ilganlik haqida guvohnoma tayyorlanadi, salomatlik varaqasi
ochiladi va xokazo. Siz bu kabi hujjatlarga ko'p duch kelgansiz. Masalan,
elektr energisi uchun soliq kvitansiyasi, biror mavzuga tayyorlangan referat
yoki insho. Bu ro'yxatni uzoq davom etish mumkin. Ularga o'zingiz ham
ko'plab misollar keltira olasiz. Muhimi shundaki ular bir biridan faqat
mazmuni bilan emas, balki boshqa jixatlari bilan kam farq qiladi. Birinchi
navbatda ko'zga tashlanadigan farq hujjatlarning o'lchamida. Turli hujjatlar
turli o'lchamdagi qog'ozga yozilganini ko'p kuzatgansiz. Bundan tashqari
matn sahifada turlicha joylashishi mumkin, ya`ni turli hujjat-larda sahifaning
chap, o'ng, yuqori va pastki qismidan turlicha masofa qoldiriladi. Turli
hujjatlarda satrlar orasidagi masofa ham turlicha bo'lishi mumkin. Rasmiy
hujjatlarda bu kabi cheklanishlar juda ko'p uchraydi.
Matn protsessorlarida tayyorlanayotgan hujjatning turiga qarab sahifa
o'lchami, satrlar orasidagi masofa, hoshiya va hokazolar belgilab olinadi.
Ular hujjatlarning parametrlari deb yuritiladi.
Matn protsessorlari yordamida hosil qlingan matn hujjat deb yuritilishi
avvalgi paragraflarda aytib o'tilgan edi. U rasmiy hujjat bo'lishi shart emas.
Quyida hujjatlarning asosiy parametrlari keltirilgan:

Sahifa o'lchami;

Sahifa yo'nalishi;

Hoshiya;


6

Abzas chekinishi;

Shrift turi;

Shrift o'lchami;

Satrlar orasidagi masofa.
Bu parametrlar qanday tashkil etilishini Microsoft Word matn
protsessori misolida ko'rib chiqamiz. Biror hujjat tayyorlashda avvalo u
qanday o'lchamdagi qog'ozga chop etilishi belgilab olinadi. Shunga ko'ra
sahifa o'lchamlari tanlanadi. Buning uchun "fayl" menyusiga kiriladi
(sichqoncha ko'rsatkichi menyular satridagi fayl menyusi ustiga olib kelinib,
sichqonchaning chap tugmasi bosiladi). Fayl menyusi ostida amallar ketma
-ketligi aks ettirilgan oyna hosil bo'ladi. Undan "sahifa parametrlari"
(параметрў страницў) amali tanlanadi. Ekranda "sahifa parametrlari"
muloqat oynasi paydo bo'ladi. U to'rtta ilova (amallar majmyi)dan iborat.
Ulardan "sahifa o'lchamlari" ilovasi tanlanadi. Bu ilovada sahifaning eni
(kengligi) va bo'yi kiritiladi, yoki taklif etilgan o'lchamlardan biri tanlanadi.
Shu ilovaning o'zida sahifa yo'nalishi xam belgilab olinadi. U kitob sahifasi
(книжная) yoki albom sahifasi (альбомная) kabi bo'lishi mumkin.
Sahifa o'lchamlari tanlangach, sahifaning xoshiyalari belgilanadi.


7
Buning uchun sahifa parametrlari oynasidagi "hoshiya" (поля) ilovasi
tanlanadi. Bu ilovada sahifaning yuqori, pastki, chap va o'ng tomonlaridan
qancha joy qoldirilishi ko'rsatiladi. Shu ilovaning "namuna" (образец)
qismida tanlangan parametrlarga mos sahifa nusxasi aks ettib turadi. Biror
parametr o'zgartirilsa, ushbu sahifa nusxasi ham mos ravishda darhol
o'zgaradi.
Sahifa o'lchamlari va xoshiyalar o'rnatilgach, "sahifa parametrlari"
muloqat oynasidagi "OK" tugmasi bosiladi (sichqoncha yordamida).
Shundan so'ng matn parametrlari (shrift turi, shrift o'lchami, abzas
chekinishi, satrlar orasidagi masofa) belgilab olinadi.
Kerakli shriftni tanlash uchun "Format" menyusiga kirib, "Shrift..." amali
bajariladi. Ekranda "shrift" muloqat oynasi hosil bo'ladi.
"Shrift" oynasida berilgan shriftlardan biri tanlanadi. Masalan, TimesUZ.


8
Tanlangan shrift nomi shriftlar ro'yxatining yuqorisida joylashgan maxsus
darchada aks etadi. "Shakl" (начертание) oynasida berilgan shriftning
"oddiy", "og'ma", "yarimqalin", "yarimqalin og'ma" ko'rinishlaridan birini
tanlaymiz. Masalan, "oddiy". "O'lcham" oynasidan shrift o'lchamini
tanlaymiz. Masalan 12. Shrift rangini tanlash uchun "matn rangi"
darchasining o'ng tomonidagi tugma (pastga qaragan strelka) bosiladi.
Ekranda bir qancha rangli kvad-ratchalar hosil bo'ladi. Sichqoncha
yordamida shu ranglardan biri tanlanadi. Masalan, qizil. Shrift turi, shakli,
o'lchami va rangi tanlab bo'lingach, "Shrift" muloqat oynasidagi "OK"
tugmasi bosiladi


9
Shrift turi va uning o'lchamini format uskunalar panelidan ham
tanlanash mumkin:
Abzas chekinishi va satrlar orasidagi masofani belgilash uchun
"Format" menyusining "Abzas" amali bajariladi. Hosil bo'lgan "Abzas"
muloqat oynasining "chekinishlar va intervallar" (отступў и интервалў)
ilovasi tanlanadi. Ushbu ilovaning "chekinish" bo'limida abzas chekinishi,
"interval" bo'limida esa satrlar orasidagi masofa tanlanadi. Buning uchun
maxsus ajratilgan joyga kerakli qiymatlarni kiritish yoki taklif etilgan
qiymatlardan birini tanlash lozim. Masalan, abzas chekinishi 1,27 santimetr
va satrlar orasidagi masofa 1,5 interval. Mazkur ilovada ham "namuna"
oynasi bo'lib, unda tanlangan qiymatlarga mos matn namunasi aks etib
turadi. Kerakli qiymatlar kiritilgach "OK" tugmasi bosiladi. Quyidagi rasmda
"Abzas" muloqat oynasi tasvirlangan:


10
Abzas chekinishini gorizontal shkaladan (горизонталная линейка)
o'rnatish ham mumkin. Buning uchun gorizontal shkaladagi abzas
chekinishi ko'rsatkichi sichqoncha yordamida o'ng tomonga keragicha
suriladi.
Bu ancha qulay bo'lgani uchun, odatda, shu usuldan foydalaniladi.


11
3. Xujjatlarni vujudga keltirish
Siz avvalgi paragrafda matnli hujjatlarning asosiy parametrlari bilan
tanishdingiz. Mazkur parametrlarni matn protsessorida qanday o'rnatishni
ham bilib oldingiz. Endi matnli hujjat tayyorlashni ko'rib chiqamiz. Buning
uchun avvalo yangi sahifa (ishchi maydoni) hosil qilinadi. Microsoft Word
matn protsessorida bu quyidagicha amalga oshiriladi:
"Fayl" menyusidan "hosil qilish" (создат) buyrug'i tanlanadi. Natijada
matn terish uchun yangi sahifa vujudga keladi. Bu ishni standart uskunalar
panelidagi
"hosil qilish" tugmasini bosish bilan ham amalga oshirish
mumkin. Shu bilan matnli hujjat tayyorlash jarayoni boshlanadi.
YAratilayotgan matnli hujjat xususiyatlariga qarab yuqorida aytib o'tilgan pa
-rametrlar mos ravishda o'rnatiladi. Matn kiritish aytarlik darajada
murakkab emas. Bu erda klaviaturadan foydalanish maxorati katta
axamiyatga ega. Ma`lumki, matn gaplardan, gaplar so'zlardan, so'zlar esa
harflardan tashkil topadi.


12
Bundan tashqari matnda tinsh belgilari va maxsus belgilar ham
ishlatiladi. Bu belgilarning xammasi klaviaturada mavjud. Shu sababli
mazkur klavishalarning klaviaturada joylashish tartibini qanchalik yaxshi
bilsangiz matn terish shunchalik oson bo'ladi. Buning uchun kerakli belgili
klavishalarni ketma-ket bosish kifoya. Bosilgan klavishaga mos belgi ishchi
maydonining yurgich (kursor) ko'rsatib turgan eriga yoziladi va yurgich bir
o'rin o'ngga suriladi. Bundan tashqari kursor xarakatini boshqaruvchi yana
bir nechta klavishalar bor. Ulardan eng muximi "ENTER" klavishasidir.
"ENTER" klavishasi bosilganda yurgich keyingi qator boshiga ko'chadi. Bu
matnda abzas tugab, yangi abzas boshlanganini bildiradi. Yurgich
xarakatini yo'nalish klavishalari ham boshqaradi. "chapga", "o'ngga",
"yuqoriga", "pastga" yo'nalish klavishalari yurgichni mos ravishda chapga,
o'ngga, yuqoriga va pastga siljitadi.
Ba`zi klavishalarda ikkita yoki uchta belgining tasviri tushirilgan.
Bunday klavishani bosganda, unda tasvirlangan belgilardan qay biri ekranga
chiqarilishi kompyuter va klaviatura qaysi rejimda ishlayotganiga bog'liq.
Masalan,
klavishasi bosilganda ekranga to'rt xil belgidan bittasi
chiqariladi:
1. Kompyuter lotin alifbosi va kichik harflar rejimida bo'lsa "v" belgisi;2.
Kompyuter lotin alifbosi va katta harflar rejimida bo'lsa "V" belgisi; 3.
Kompyuter kiril alifbosi va kichik harflar rejimida bo'lsa "m" belgisi;4.
Kompyuter kiril alifbosi va katta harflar rejimida bo'lsa "M" belgisi ekranga
chiqariladi.
Alifboning kichik harflari "quyi registr", katta harflari "yuqori registr"
belgilari deyiladi. Kompyuter ishga tushirilganda klaviatura odatda quyi
registr rejimida bo'ladi. Yuqori registr belgilarini ekranga chiqarish uchun
mos klavisha "Shift" klavishasi bilan birgalikda bosiladi. Yuqori registr
"Shift" klavishasi bosib turilgan vaqtda ishlaydi. "Shift" klavishasi qo'yib
yuborilishi bilan klaviatura quyi registr hujjatiga qaytadi.


13
Bosh harflarni yozish uchun "Shift" klavishasini bosishni unutmang.
Ba`zan matnning biror qismini faqat bosh xarflarda yozishga to'g'ri
keladi. Bunday holda odatda "Caps Lock" klavishasidan foydalaniladi. Bu
klavisha bosilganda klaviaturaning o'ng yuqori qismida "Caps Lock"
indikatori yonadi va klaviatura yuqori registr holatiga o'tadi. "Caps Lock"
klavishasi qaytadan bosilsa "Caps Lock" indikatori o'chadi va klaviatura quyi
registr holiga qaytadi.
Faqat bosh harflarni yozish kerak bo'lganda Caps Lock klavishasini
bosing.
Hosil qilingan matnni diskda saqlab qo'yish lozim. Buning uchun
matnni oxirgacha yozib bo'lishni kutish shart emas. Odatda matn kiritilishi
boshlanishi bilan uni diskda saqlab, matn yozib bo'linguncha vaqt vaqti
bilan saqlab turish maqsadga muvofiq. Chunki turli sabablarga ko'ra
kompyuter o'chib qolishi mumkin. Bu holda diskda matnning oxirgi marta
saqlangan qismi qoladi.
Matnni saqlash uchun, agar u birinchi marta saqlanayotgan bo'lsa,
fayl menyusidan ".. kabi saqlash" ("сохранить как .." buyrug'i tanlanadi.
Ekranda "..kabi saqlash" muloqat oynasi hosil bo'ladi. Kerakli katalog
("папка") tanlanib, fayl nomi yoziladi va "saqlash" ("сoхранить") tugmasi
bosiladi. Navbatdagi saqlashda fayl menyusidagi "saqlash" buyrug'ini
tanlash yoki standart uskunalar panelidagi
- "saqlash" tugmasini bosish
kifoya.
4. Xujjatlarni tahrir qilish
Matn yozilganda dastlab u xatoliklardan holi bo'lmaydi. Xatto yozuv
mashinkasida ishlash bo'yicha katta tajribaga ega kotibalar ham matn
terishda hatolikka yo'l qo'yadilar. Kitob yozish yoki dastur tuzishda esa ish
jarayonida tez-tez fikr o'zgarib turadi. Bu holda umuman bexato yozilgan
matnga ham tuzatishlar kiritiladi.
Qo'lda yoki yozuv mashinkasida yozilgan matnga tuzatish kiritish


14
mushkul, aksariyat hollarda buning imkoniyati ham bo'lmaydi. Matn
muharrirlari va matn protsessorlari esa matinlarga ihtiyoriy tuzatishlar
kiritish imkoniyatini beradi. Matnli hujjatga tuzatishlar kiritish matnni tahrir
qilish deyiladi.
Matnni tahrirlashda eng ko'p bajariladigan ish - bu ortiqcha belgini o'chirish
yoki tushib qolgan belgini oraga joylashtirish.
Ortiqcha belgini bir necha usul bilan o'chirish mumkin. Mazkur
jarayonni bosqichma bosqich ko'rib chiqamiz.
1. Yurgich o'chiriladigan belgi oldiga olib kelinadi. Buning uchun
yurgich harakatini boshqaruvchi klavishalaridan foydalanamiz.
2. Yurgichni matnning kerakli joyiga sichqoncha yordamida ham
o'rnatish mumkin. Buning uchun sichqon ko'rsatkichi matnning kerakli eriga
olib boriladi va sichqonning chap tugmasi bosiladi.
3. Yurgich kerakli joyga qo'yilgach bita yoki bir nechta belgini o'chirish
mumkin. Buning uchun DELETE yoki BACKSPACE klavishalari qo'llaniladi.
Ularning ishlashi turlicha.
4. BACKSPACE klavishasi bilan yurgichdan chapda joylashgan belgilar
o'chiriladi. Ba`zi klaviaturalarda BACKSPACE yozuvi o'rniga mazkur
klavishga chapga yo'nalgan chiziq chizilgan.
5. DELETE klavishasi bilan yurgichdan o'ngda joylashgan belgilar
o'chiriladi.
Matnga yangi belgilarni kiritish quyidagicha bajariladi:
1. Yurgich matnni kerakli eriga o'rnatiladi.
2. Kerakli belgilar klaviaturada teriladi
Aksariyat matn muharrirlarida matnni tahrir qilishning ikki holati
mavjud: oraga joy-lashtirish va o'rniga qo'yish holatlari. Bu holatlar INSERT
klavishasi yordamida almashtiriladi. Oraga qo'yish holatida belgilar matn
orasiga joylashadi va matn o'ngga suriladi. O'rniga qo'yish holatida mavjud
matn belgilari yangi kiritilgan belgilar bilan almashtiriladi. YA`ni eski belgilar
o'chib o'rniga yangilari yoziladi.


15
Matnda belgilangan biror qism blok deyiladi. Odatda blok invers
ko'rinishda tasvirlanadi. Belgilangan blok ustida turli amallar (o'chirish,
nusxalash, ko'chirib o'tkazish, formatlash, shiriftini o'zgartirish va boshqalar)
bajarish mumkin..
Tahrir qilish jarayonida matnning ma`lum qismi bilan ishlashga to'g'ri
keladi. Bu holda matnni kerakli qismi belgilab olinadi. Belgilangan qism
odatda blok deyiladi. Odatda blok invers ko'rinishda tasvirlanadi.
Belgilangan blokni o'chirish, nusxalash, ko'chirib o'tkazish, formatlash,
shiriftini o'zgartirish mumkin. Matndan bir necha usul bilan blok ajratish
mumkin.
Blok olishning eng qulay usuli matnning belgilanadigan qismi ustida
sichqonchani
yurg'izishdir.
Sichqoncha
ko'rsatkichini
matnning
belgilanadigan qismi boshiga olib kelinadi va sichqonchaning chap
tugmasini bosgan holda belgilanadigan qism oxiriga olib kelinsa, sichqon
boshlang'ich holati bilan oxirgi holati orasidagi matn belgilanadi (blokka
olinadi).
Blokni klaviatura yordamida ajratish ham mumkin. SHIFT klavishi
bosilgan holda yurgich xarakatlantirilsa matn qismi blokka olinadi.
Matnning belgilangan qismini o'chirish. Matnning o'chirilishi kerak
bo'lgan qismi blokka olinadi va DELETE klavishi bosiladi yoki standart
uskunalar panelida
"qirqib olish" tugmasi bosiladi.
Matnning belgilangan qismidan nusxa ko'chirish. Matnning nusxa
ko'chiriladigan qismi blokka olinadi. Standart uskunalar panelida
"nusxalash" tugmasi bosiladi yoki "to'g'rilash" menyusidagi "nusxalash"
buyrug'i beriladi. Blokdagi matn yordamchi hotira (bufer)ga joylashadi.
Buferdagi axborotni matnning biror eriga qo'yish uchun yurgich matnning
tanlangan eriga qo'yiladi va "to'g'rilash" menyusidagi "oraga joylashtirish"
buyrug'i beriladi. Yuqoridagi amallarni "standart uskunalar panelidagi
"nusxalash" va
"oraga joylashtirish" tugmalarini bosish orqali bajarish


16
ham mumkin.
Matnning belgilangan qismini matnning ixtiyoriy yeriga ko'chirib
o'tkazish. Matnning ko'chirib o'tkaziladigan qismi blokka olinadi. Standart
uskunalar panelidagi "qirqib olish" tugmasi bosiladi. Natijada matnning
belgilangan qismi ekrandan o'chadi va buferga joylashadi. Yurgich
matnning kerakli joyiga qo'yilib standart uskunalar panelidagi "oraga
joylashtirish" tugmasi bosiladi. Matnning belgilangan qismini matnning
ixtiyoriy yeriga ko'chirib o'tkazishning yana bir usuli: sichqon yurgichini
belgilangan blokning ixtiyoriy nuqtasiga olib kelinadi. Sichqonning chap
tugmasini bosib turilgan holda sichqon yurgichini matnning kerakli joyiga
olib kelinadi va sichqon tugmasi qo'yib yuboriladi.
Matnning belgilangan qismini formatlash. Formatlash uchun
matnning qismi blokka olinadi. Format uskunalar panelidan "chap
tomonga", "o'rtaga", "o'ng tomonga" va "kenglik bo'yicha joylashtirish"
tugmalaridan biri tanlanib bosiladi.
Matnning belgilangan qismidagi yozuv ko'rinishini o'zgartirish. Yozuv
shaklini o'zgartirish uchun matnning qismi blokka olinadi. Format uskunalar
panelidan "qalin", "og'ma" va "ostiga chizish" tugmalaridan biri tanlanib
bosiladi.
Matnning belgilangan qismidagi shrift o'lchamini o'zgartirish. Shrift
o'lchamini o'zgartirish uchun matnning kerakli qismi blokka olinadi. Format
menyusidan "shrift" bo'limiga o'tiladi. Ekranda hosil bo'lgan "shrift"
oynasidagi "o'lcham" (размер) darchasiga kerakli o'lcham yoziladi yoki
taklif etilgan o'lchamlardan biri tanlanadi. Shrift o'lchamini o'zgartirishning
yana bir usuli bo'lib, buning uchun format uskunalar panelidan "o'lcham"


17
(размер) tugmasi bosiladi va taklif etilgan o'lchamlardan biri tanlanadi yoki
ixtiyoriy o'lcham qiymati klaviaturadan kiritiladi.
Matnning belgilangan qismidagi shrift rangini o'zgartirish. Shrift
rangini o'zgartirish uchun matnning qismi blokka olinadi. Format uskunalar
panelidan "shrift rangi" (Цвет шрифта) tugmasi bosiladi va chiqqan
ranglardan biri tanlanadi.

Download 1,28 Mb.




Download 1,28 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Download 1,28 Mb.
Pdf ko'rish