O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, FAN VA INNOVATSIYALAR vazirligi
Islom Karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti
“
Elektronika va avtomatika» fakulteti
“
Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish» kafedrasi
“
Raqamli boshqarish tizimlari” fanidan
“Binar va raqamli datchiklar.” mavzuda
MUSTAQIL ISH
Bajardi:
II kurs sirtqi
11Sa -21 TJIChAB (o‘zb) guruhi talabasi
Yuldashev Sherali
Qabul qildi: prof. Avazov Yu.Sh.
Toshkent – 2023
MUNDARIJA
1
|
Raqam-analogli o’zgartirgichlar
|
|
2
|
Analog-raqam o’zgartkichlari
|
|
3
|
Binar datchiklar.
|
|
4
|
Raqamli va raqamli-axborot datchiklari
|
|
|
Xulosa
|
|
|
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
|
|
|
|
|
BINAR VA RAQAMLI DATCHIKLAR. HOLAT DATCHIKLARI. TO’SIQLI DATCHIKLAR
Raqam-analogli o’zgartirgichlar.
Raqam-analog o‘zgartkichlari raqamli kod ko‘rinishdagi signalni unga proporsional bo‘lgan tok yoki kuchlanishga aylantirishda xizmat qiladi. Ular teleo‘lchash tizimlaridagi raqam ko‘rinishidagi axbarotni analog signalga o‘zgartirib ushbu signalni
maxsus asboblarga uzatadi, yoki raqamli EХM lar va analog elementlar orasida aloqani amalga oshiradi.
RAO’ larning ish prinsipi kirish raqam razryadlariga proporsional bo‘lgan analog signallarni qo‘shishcha asoslangan. RAU da analog chiqish signali U chiq kirish raqam signali bilan quyidagicha bog‘langan
bu yerda Uet — etalon kuchlanish S — ma‘lum miqdorda ikkilamchi razryadlar-dan iborat
bu yerda a1 a2 an- 1 yoki 0 qabul qiluvchi ikkilamchi razryadlarni koeffitsiyentlari, n — ikkilamchi razryadlarning umumiy soni. ai=1 bo‘lganda S ning qiymati 1 ga yaqinlashib undan 2-n farq qiladi.
RAO’ ning ish prinsipini ko‘rib chiqamiz (1-rasm). Bu yerda razryad I1,I2 ... In toklari vazn rezistorlar yordamida tekshiriladi. Sxemadan ko‘rinib turibdiki katta razryaddan kichik razryadga o‘tgan sari tok miqdori 2
barobar kamayadi, chunki har bir katta razryadning rezistori keyingi kichik razryadning rezistorining qarshiligiga nisbatan 2 baro-bar katta. Raqamli boshqarish sxema RBS — hisobla-gich yoki rezistr bo‘lib uning signallari ikkilamchi razryadlarga mos ravishda kontaktsiz kalitlarning SA1, SA2 ... San xolatlarini topshiradi shunda kalitlarning holati mos razryadlarning qiymatlariga bog‘liq. Kalitning har biri vazn rezistorini operatsion kuchaytirgichning inventori kirishi yoki nol shinasi bilan bog‘lab turibdi. Shunday qilib kucha-ytirgichning kirishiga kirish signallari ai=1 bo‘lgan razryadlarning umumiy toki uzatiladi.