Oʻzbekiston respublikasi oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vazirligi mirzo ulugʻbek nomidagi




Download 0,5 Mb.
Pdf ko'rish
Sana22.05.2024
Hajmi0,5 Mb.
#250508
Bog'liq
Ilmiy-tadqiqod loyihalari M 1



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TAʼLIM FAN VA
INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI MIRZO ULUGʻBEK NOMIDAGI
OʻZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI
Psixologiya fakulteti
Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʻyicha) yoʻnalishi
Innavatsion iqtisodiyoti fani
Ilmiy - tadqiqod loyihalari
MUSTAQIL ISH
Bajardi: 431_22-guruh
Fozilova Dildora
Qabul qildi:
Nizamitdinov Ali
Jizzax_2024


Reja:
I Kirish
1.Ilmiy tadqiqotning turlari.
2.Ilmiy tadqiqotlar strukturasi.
3.Eksperimental tadqiqotlar.
III Xulosa
IV Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati


Innavatsion iqtisodiyotda ilmiy-tadqiqod - bu innavatsion jarayoning bir
boʻlagi hisoblanadi. Biror bir gʻoya yaratilgandan soʻng uni ommaga taqdim
etish uchun ilmiy-tadqiqod loyihalari olib boriladi.
Ilmiy tadqiqot (izlanish) uchta tarkibiy qism mavjud. Bular quyidagilar:
--- Insonning maqsadli faoliyati
--- Ilmiy mehnat predmeti
--- Ilmiy mehnat vositalari
Insonning maqsadli ilmiy faoliyati tadqiqot obyekti haqida (bo‘yicha)
yangi bilimlarga yoki obyekt haqidagi (bo‘yicha) mavjud bilimlarni to‘ldirishga
erishishda anglab yetishni bilishning aniq usullaridan va ilmiy uskunalardan
(o‘lchov, hisoblash texnikalari) mehnat vositalaridan foydalanishga tayanadi.
Ilmiy mehnat predmeti tadqiqotining faoliyati yo‘naltirilgan tadqiqot
obyekti va u haqidagi (oldingi) bugungacha bo‘lgan bilimlar. Tadqiqot
obyektiga moddiy dunyoning har qanday materiali (elektrotexnik uskunalar,
elektrlashtirilgan qurilmalar, mashina va mexanizmlar), jarayonlar (texnologik,
energetik, agrotexnik, elektromagnit, moddiy materiallar elementlari va h.k.lar)
kiradi. Ilmiy tadqiqotlar, ko‘zlangan maqsadi, tabiat yoki ishlab chiqarish bilan
bog‘liqlik darajasi, ilmiy ishning xarakteri va chuqurligiga (qamroviga) qarab
fundamental, amaliy va ishlanmalarga bo‘linadi.
Fundamental tadqiqotlar prinsipial yangi bilimlarni (yaratish) barpo etish
va oldinda mavjud bilimlar sistemasini rivojlantirishga qaratiladi va undan
maqsad tabiatning yangi qonunlarini yaratish (kashf etish) voqeliklar orasidagi
bog‘liqliklarni ochib berish va yangi nazoratlar yaratishdir. (Masalan,
elektromagnit maydon nazariyasi agroinjeneriyada resurslar tejamkorligi ilmiy
– metodologiyasini yaratish, energiyani muhitda harakatlanishi qonunini va
h.k.lar).
Ishlanmalar yoki loyiha-konstruktorlik ishlari amaliy tadqiqotlar natijalarini
(masalan texnika sohasida) texnik yechimlarni (mashina, qurilma, material,
mahsulot) ishlab chiqarish texnologiyalarini tajriba nusxalarini yaratish va


sinab ko‘rish, yangiliklarni takomillashtirishda foydalanishga qaratilgan ilmiy
tadqiqotning yakuniy qismidir. Masalan, elektr maydoni yordamida urug‘lik
donlarni saralash texnologiyasini amalga oshiriuvchi texnik qurilmani yaratish.
Ilmiy tadqiqotlar strukturasi. Ilmiy izlanishlar (tadqiqotlar) – obyektiv
borliqni, qonuniyatlar va real dunyo voqeliklari orasida bog‘liqlikni anglab
yetish – bilish jarayonidir. Bilish – ilmiy izlanishlar (tadqiqotlar) yordamida
amalga oshiriladigan bilmaslikdan bilimga, chala yoki noaniq bilimlardan
to‘laroq va aniq bilimlarga inson onggi va tafakkuri yo‘naltirilgan murakkab
jarayondir. Ilmiy tadqiqotlar bosqichma-bosqich amalga oshiriladi va texnika
yo‘nalishida ko‘pgina holatlarda keltirilgan strukturaga monand ketma-ketlikda
tashkil etiladi. Ilmiy tadqiqotlar olib borishni har bir bosqichida ilmiy
muammoni (masalani) umumiy yechimi bilan bog‘liq ilmiy izlanishlar olib
boriladi. Ilmiy tadqiqotning birinchi bosqichida nafaqat tadqiqot olib
boriladigan muammo yoki masala shakllantiriladi, balki ishning muvaffaqiyatli
yakuni ko‘p tomonlama bog‘liq bo‘lgan ilmiy tadqiqot vazifalari ham aniq
shakllantiriladi.
Ilmiy muammoni (masalani) yechishning birlamchi gipotezasini ilgari
surish va asoslash aksariyat hollarda ilmiy tadqiqotning birinchi bosqichida
belgilangan ilmiy masalalar va tadqiqot mavzusiga oid to‘plangan
axborotlarning tahlili asosida shakllantiriladi. Muammoni yoki ilmiy masalani
yechishga erishish bo‘yicha shakllantirilgan bir necha birlamchi gipotezalar
orasida eng maqbuli tanlab olinadi. Birlamchi ilmiy gipotezani ishonchliligini
aniqlash maqsadida ayrim hollarda birlamchi ekspertiza, ya’ni tajribalar
o‘tkazish zaruriyati ham tug‘iladi. Ilmiy tadqiqotlarning nazariy izlanishlar
bosqichida fundamental fanlardan olingan qonuniyatlarning tadqiqot
obyektiga bog‘lab analiz va sintez qilish va shuningdek, matematik
apparatlardan, nazariy elektrotexnika va boshqa nazariy bilimlardan
foydalanib hozirgacha ma’lum bo‘lmagan yangi qonuniyatlarni ochishga
erishish ko‘zda tutiladi.


Eksperimental tadqiqotlar ilmiy asosida qo‘yilgan tajribadir.
Eksperimental tadqiqotlardan ko‘zlangan maqsad ilmiy muammo (masala)
yechimining to‘g‘riligini tekshirib ko‘rish bo‘lib, uning natijasini tasdiqlashi yoki
inkor etishi mumkin. Tadqiqot olib borilayotgan obyekt (muammo yoki masala
bo‘yicha fundamental izlanishlar olib borilmagan yoki nazariy asoslari yetarli
bo‘lmagan hollarda eksperimental tadqiqotlar natijalari muammoni nazariy
yechimlarini shakllantirishga (topishga) asos yaratadi. Ilmiy tadqiqotning
navbatdagi bosqichi eksperimental va nazariy tadqiqotlar natijalarini
solishtirib (taqqoslab) ko‘rib ularni bir biriga mos kelishi (to‘g‘ri kelishi) haqida,
hamda ilgari surilgan ilmiy gipotezani tasdiqlashi haqida uzul-kesil xulosa
qilinadi. Ayrim hollarda natijalar bir biridan ancha farq qilsa yoki umuman
to‘g‘ri kelmasa ilmiy gipotezaga o‘zgartirish kiritish yoki gipotezani inkor
etishga to‘g‘ri keladi.Tadqiqot natijalariga yakun yasash, olingan natijalar
tadqiqot maqsadi va vazifalariga to‘la javob berishi hamda umumiy xulosa va
tavsiyalarni shakllantirishi ilmiy izlanishning yakuniy bosqich vazifalariga
kiradi. Texnika sohasida, jumladan, texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish
va boshqarish sohasida tadqiqotlar natijalarini o‘zlashtirish (amalda tadbiq
etish) bosqichi ham ko‘zda tutiladi. Bunda tadqiqot natijalarini yoki texnologik
va konstruktorlik ishlanmalarini iste’molchiga yetkazish ishlari amalga
oshiriladi.
Ilmiy tadqiqot turlari muayyan bir ketma-ketlikda bosqichma-bosqich
amalga oshiriladi. Fundamental va amaliy tadqiqotlar quyidagi bosqichlardan
iborat bo‘ladi:
1-bosqich. Tanlangan mavzuning dolzarbligini asoslash va ifoda etish.
2-bosqich. Tadqiqotning maqsadi va vazifasini ifodalash.
3-bosqich. Nazariy tadqiqotlar.
4-bosqich. Eksperimental tadqiqotlar (tasdiqlash, to‘g‘rilash yoki nazariy
tadqiqotlarni inkor etish uchun).
5-bosqich. Ilmiy tadqiqotlarni tahlil qilish va rasmiylashtirish.


6-bosqich. Joriy etish va iqtisodiy samaradorlik:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ilmiy-tadqiqot muassasalarining
infratuzilmasini yanada mustahkamlash va innovatsion faoliyatni rivojlantirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 1-noyabrdagi PQ-3365-son, “Iqtisodiyot
tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini
takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 7-
maydagi PQ-3698-son hamda “Byurokratik to‘siqlarni yanada qisqartirish
hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga zamonaviy boshqaruv
tamoyillarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 9-dekabrdagi PQ-
4546-son qarorlariga muvofiq, shuningdek, ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat
buyurtmasini shakllantirish va amalga oshirishning normativ-huquqiy bazasini
takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari
hisobidan moliyalashtiriladigan fundamental, amaliy tadqiqotlar hamda
innovatsion loyihalarni (keyingi o‘rinlarda davlat buyurtmasi deb ataladi)
shakllantirish, bajarish va moliyalashtirish tartibini belgilaydi.
Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Akademik harakatchanlik — ilmiy xodimlarning o‘z ish joyidan ajralmagan
holda, O‘zbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida o‘tkaziladigan
ilmiy tadbirlarda ishtirok etishi, tajriba almashishi;
Amaliy tadqiqotlar — amaliy maqsadlarga erishish va aniq vazifalarni hal
etish uchun asosan yangi bilimlarni va fundamental tadqiqotlar natijalarini
qo‘llashga yo‘naltirilgan tadqiqotlar;
Benefitsiar (loyihadan foyda oluvchi) — ilmiy-tadqiqot loyihasining amalga
oshirilishidan manfaatdor bo‘lgan shaxs;
Davlat buyurtmasi — ilmiy-tadqiqot loyihasini O‘zbekiston Respublikasi
Davlat budjeti va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar
hisobidan amalga oshirish topshirig‘i;
Ilmiy ekspertiza — ilmiy-tadqiqot loyihalari bo‘yicha asoslantirilgan qaror


qabul qilish maqsadida uni o‘rganish, tahlil qilish, baholash va xulosa
tayyorlashga qaratilgan faoliyat;
1. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi boshqa
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-
huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi boshqa
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-
huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi
innovatsion rivojlanish vaziri I.Y. Abdurahmonov zimmasiga hamda Vazirlar
Mahkamasining Telekommunikatsiyalar, IT-texnologiyalar va innovatsion
faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari kotibiyatiga
yuklansin.


Xulosa
Shunday qilib, ilmiy tadqiqotlar qanday maqsadga qaratilganligi va ilmiy
chuqurligi bo‘yicha uch asosiy turga tasniflanadi: fundamental (nazariy),
amaliy va tajriba, konstruktorlik ishlanmalari. Fundamental va amaliy ITI
larning bajarilish jarayoni olti asosiy bosqichni, tajriba konstruktorlik
ishlanmalari esa yetti bosqichni o‘z ichiga oladi. Ilmiy tadqiqotning barcha
turlari joriy etish bilan yakunlanadi.


Foydalanilgan adabiyotlar
1. Abdusattarova X.M. Innovatsiya strategiyasi. O’quv qo’llanma - T.: TDIU,
2011.
2. Salixov S.A. Innovatsion faoliyatni boshqarish. Darslik. – T.: TDIU, 2013.
3. Ergashxo‘jayeva Sh.J. Innovatsion marketing. Darslik. – T.: Cho‘lpon
nomidagi NMIU, 2014.
4.https://www.google.com/urlsa=tsource=webrct=jopi=89978449url=https://l
ex.uz/docs " ILMIY-TADQIQOT VA INNOVATSION FAOLIYATNI
RIVOJLANTIRISHNING "

Download 0,5 Mb.




Download 0,5 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oʻzbekiston respublikasi oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vazirligi mirzo ulugʻbek nomidagi

Download 0,5 Mb.
Pdf ko'rish