|
Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi
|
bet | 12/13 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 1,98 Mb. | | #256323 |
Bog'liq Bahriddinov Hojimuhammad Komp’yuterni sovutish tizimi. Komp’yuter xatolarining asoslari, muammolarni bartaraf etish. Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi
Kompyuter xonalarida mexnat sharoitlarini to’g’ri tashkil etish joyini tashkil etilishi. Kompyuter xonalarida ish joyi to`g`ri tashkil etilishi ish unumdorligini oshirish, charchashni oldini olish, ish joyidagi jixozlarni va uskunalarni to`g`ri joylashtirishniomillar, ranglarni to`g`ri tanlay bilishdir. Uskunalar shunday joylashishi kerakki ishchilar ortiqcha xarakatsiz, o`zini zo`riqtirmasdan osongina foydalanish.
Ish joyida mehnat sharoitini yaxshilash ishlariga bir qancha omillarni hisobga olgan holda tashkil qilinadi.Bularga tashkiliy, texnikaviy,sanitariya –gigiena,tabiiy-iqlim omillari kiradi.
Hisoblash texnikasi bilan ishlovchi ishchilar tibbiy tekshiruvdan o`tkazilganda ish unumdorligi pasayishdan tashqari shovqin eshitish qobiliyatini xam pasaytiradi. Kombinasiyalashgan zararli omillar ta`sirida ko`p vakt qolish kasbiy kasallanishga olib kelishi mumkin. Elektr qurilmalari ya`ni kompyuterning barcha qurilmalari inson uchun xafli hisoblanadi. CHunki kompyuterda ishlayotganda inson tok kuchlanishi ta`sirida bo`lgan qismlarga tegib ketishi mumkin. Elektr qurilmalarning spesifik xavfi: bu elektr o`tkazuvchilar, izolyasiyasi shkastlanishi natijasida tok ta`siriga tushib qolgan kompyuter korpusi Elektr tokining ta`siri faqat tok inson tanasidan o`tganda seziladi. Elektr shikastlanishidan himoyalanishda elektr qurilmalari to`g`ri joylashtirilishi, elektr o`tkazuvchi sim va kabellarni to`g`ri ulanishi muxim o`rin egallaydi.
Ish jarayonida statik elektrning razryadli toki ko`proq kompyuterning biror bir elementiga tegib ketish natijasida xosil bo’ladi. Bunday razryadlar insonga xavf tug`dirmaydi, yoqimsiz ta`sirdan tashqari kompyuterni ishdan chiqishiga olib keladi. Simlar izolyasiyasi shikastlanganda tok ta`sirini kamaytirish uchun ish xonalarining pollari bir qavatli polivinil xloridli antistatik linolium bilan qoplanishi lozim. Himoyalashni boshqa usuli ionlashtirilgan gaz bilan zaryadlarni neytrallash. Kompyuter xonalarining kattaligi u yerda ishlovchi xodimlar va kompyuterlar soniga mos kelishi zarur. Ish joylarini tashkillashtirishga, yana xarorat, yorug`lik, havo tozaligi, shoviqindan himoyalanganlik parametrlari hisobga olinadi.
Sanitar meyorrlariga ko`ra bir ishchi uchun ish joyining xajmi 15 m2 , ish maydoni esa 4,5 m2 dan kam bulmasligi kerak. Xonaning balandligi poldan shiftgacha 3-3,5 m bulishi kerak. Kompyuter xonalarida odatda yon tomonlama tabiiy yoritilganlik qo`llaniladi. Tabiiy yoritilganlikda shimol yoki shimoliy-sharqqa qaratilgan 48 yorug`lik darchalaridan foydalanish kerak, bunda tabiiy yoritilganlik koefisenti 1,2-1,5 % kam bo`lmasligi shart. Kompyuterlarni podvallarda joylashtirish ruxsat etilmaydi. Kompyuter xonalari va ish joylarida tabiiy yoritilganlik qo`llanishi zarur.Boshqa xollarda esa sun`iy yoritilganlikni qo`llash mumkin. Ish xujjatlari joylashgan stol usti yoritilganligi 300-500 lk bulishi kerak.Yorug’lik manbaini shunday joylashtirish kerakki, bunda yorug`lik ko`zni qamashtirmasligi kerak, ko`rish maydonidagi yorug`lik manbaining yorqinligi 200 kd /m2 oshmasligi kerak.
XULOSA
Yangi axborot — kommunikatsiya texnologiyalari hozirgi vaqtda eng dolzarb mavzulardan biri bo'lib kelmoqda, sababi har bir sohani o'rganish, izlanish va tajriba orttirish uchun turli usullardan foydalanish kerak bo'ladi. Shuning uchun yuqori saviyadagi ishlami o'rganishda hozir yangi axborot kommunikativ texnologiyalaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Hozirgi zamon mutaxassislari, faoliyat doiralari qanday bo'lishidan qat’i nazar, informatika bo'yicha keng ko'lamdagi bilimlarga, zamonaviy hisoblash texnikasi, informatsion aloqa va kommunikatsiya tizimlari, orgtexnika vositalari va ulardan foydalanish borasida yetarli malakalarga ega bo'lishi hamda yangi informatsion texnika va texnologiya asoslarini uning ertangi kuni, rivoji to'g'risidagi bilimlami o'zida mujassamlashtirgan bo'lishi kerak. Zamonaviy hisoblash texnikalari va informatsion texnologiyaning kun sayin rivojlanib, jamiyatning esa tobora informatizatsiyalashib borishi sababli, uzluksiz ta’lim tizimining o'rta va yuqori bosqichlariga informatika, ishlab chiqarish va boshqarish jarayonlarini kompyuterlashtirish bo'yicha bir qator o'quv fanlari kiritilgan. XX asr o'rtalariga kelib tezkor mashina mexanizmlardan foydalana boshlandi, murakkab texnika va texnologiyalar o'ylab topildi. Ko'pgina masalalami hal qilish jarayonida axborot hajmi behisob bir majmuaga aylanadi hamda bu axborotlarni yig'ish va uzatish vositalarni yaratish, ulami vaqtida qayta ishlab, boshqarish uchun zarur bo'lgan choralami belgilab chiqish kerak bo'lib qolgan. Ko'pchilik vazifalami bajarishda boshqarish jarayonlarini takomillashtirish, axborot tizimini joriy etish, mutaxassislami kompyuterda ishlashga o'rgatish muhim ahamiyatga ega. Turli kasb egalari hozirgi vaqtda bu texnologiyalardan unumli foydalanishni o'z oldilariga maqsad qilib olganlar. Chunki biz ish jarayonida komyuter qurilmasi bilan to'qnash kelamiz. Bu jarayonda 258 kompyuter bilan muloqot qilishni, undan samarali foydalanishni bilmasak, ish jarayonimizda biz kutgan natijalarga erisha olmaymiz. Sababi barcha hujjatlarimiz kompyuter yordami yozilishidir. Ushbu qo'llanmada personal kompyuterlardan foydalanish va Microsoft Office 2003 dasturlaridan chuqurroq foydalanish imkoni ko'rsatib o'tildi. Ko'rsatib o'tilgan mashg'ulotlar yordami siz qaysi sohada bo'lishingizdan qat’i nazar kompyuterdan foydalanish sirlarini o'zlashtirib olasiz. Shaxsiy kompyuterlar zamonaviy jamiyatda axborotni qayta ishlash texnologiyasining asosiy texnik vositasi bo'lib xizmat qiladi, u texnologik jarayonlami qurish va foydalanish konsepsiyasiga ham, natijali axborot sifatiga ham jiddiy ta’sir o'tkazdi. Axborot sohasiga shaxsiy kompyuterni joriy etish va aloqaning telekommunikatsiya vositalari qo'llanishi axborot texnologiyalarining rivojlanishida yangi bosqichni belgilab berdi. Kompyuter texnologiyalarini yaratuvchanligi, turmushni, jamiyat amaliyotini o'zgartirishga yo'naltirilganligi, odamning hayoti va faoliyati shakllarining barcha sohalariga uni sifat jihatidan o'zgartirish maqsadlarida shiddatli tarzda kirib borishi bilan ajralib turadi. Jamiyatning rivojlanishida kompyuter texnologiyalari juda muhim ahamiyatga egadir. Kompyuter texnologiyalarini qo'llanilishi natijasida dasturiy ta’minotning jadal rivojlanishi, ishlab chiqarish va sanoat sohasida yuqori natijalarga olib keldi.
|
| |