|
OnKeyUp hodisasi bosilgan tugma yoki tugmalar kombinatsiyasini aniqlashda qulay hisoblanadi. Shuni esda tutish lozimki, ushbu hodisa uchun Key
|
bet | 127/178 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 14,73 Mb. | | #230019 |
Bog'liq Darslik 01.05.2023Bu sahifa navigatsiya:
- Label
OnKeyUp hodisasi bosilgan tugma yoki tugmalar kombinatsiyasini aniqlashda qulay hisoblanadi. Shuni esda tutish lozimki, ushbu hodisa uchun Key parametrining toifasi OnKeyPress hodisasidan word tipi bilan farqlanadi. Demak, Key parametrini belgilar kodiga mos keladigan butun son bilan solishtirish yoki char funksiyasini Key parametriga qo‘llash orqali, uni belgilar bilan solishtirish mumkin. Shuni yodda tutish kerakki, virtual kod katta va kichik harflar hamda klaviaturaning turli xil (rus yoki ingliz) alifbosi uchun bir xil bo‘ladi.
1-misol. Foydalanuvchi tomonidan klaviaturada bosilgan tugmaning kodini aniqlash dasturi.
Foydalanuvchi tomonidan klaviaturada bosilgan tugmaning kodini aniqlash uchun loyiha oynasiga bitta Label tugmasi joylashtiriladi. Label tugmasining Caption xususiyati qiymati o‘chiriladi va loyiha oynasining onKeyDown hodisalarni boshqarish maydoniga quyidagi dastur kodi kiritiladi:
if (Shift.Contains(ssAlt)) Label1->Caption = "Alt";
if (Shift.Contains(ssCtrl) ) Label1->Caption = "Ctrl";
if (Shift.Contains(ssShift)) Label1->Caption = "Shift";
switch (Key)
{
case VK_INSERT: Label1->Caption = "Insert"; breaks;
case VK_CAPITAL: Label1->Caption = "CapsLock"; break;
case VK_NUMLOCK: Label1->Caption = "NumLock"; break;
}
3.4.4-rasm.
Bundan so‘ng, loyiha oynasining onKeyPress hodisalarni boshqarish maydoniga quyidagi dastur kodi kiritiladi:
switch (Key)
{
case ‘ ‘: Labell->Caption = "Probel tugmasi bosildi"; break;
default : Labell->Caption = Key; break;
}
3.4.5-rasm.
Yuqorida keltirilgan ketma-ketliklar bajarilgandan so‘ng, F9 tugmasi yordamida loyiha oynasi ishchi holatga o‘tkaziladi. Bundan so‘ng, klaviaturadagi istalgan tugma foydalanuvchi tomonidan bosilganda, ushbu tugma kodi Label1 tugmasida hosil bo‘ladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
OnKeyUp hodisasi bosilgan tugma yoki tugmalar kombinatsiyasini aniqlashda qulay hisoblanadi. Shuni esda tutish lozimki, ushbu hodisa uchun Key
|