|
O’zbekiston Respublikasi Oliy Ta’lim, Fan va Innovatsiyalar Vazirligi Andijon Viloyati Boshqarmasi Asaka 1-son kasb-hunar maktabi
|
bet | 5/16 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 0,91 Mb. | | #245840 |
Bog'liq Orifjonova X Operatsion tizimlar tarixiHammasi o'yindan boshlangan ekan
Siz ishonmaysiz, jiddiy va mustahkam Yuniks tarixi Ken Tompson (Ken Thompson) tomonidan yozilgan, kichik bir o'yindan boshlangan ekan. Bu fikrni tushunish uchun o'tmishga nazar tashlash kerak.
Uzoq 1964 yilda GE-645 rusumli kompyuter uchun yangi "Multiks" ( Multics) nomli operatsion tizimni yaratish ustida ishlar boshlangan ekan [2]. Loyihaning tashabbuschisi "Bell laboratories" kompaniyasi bo'lib, unga yordamchi "Jeneral Elektrik" mashhur kompaniyasi va Massachuset Texnologik Intstituti(MTI) bo'lgan.
Demak, "Multiks" operatsion tizimidan nimalar kutilgan? Ge-645 ulkan va qimmatbaho kompyuter, uning ishlash vaqti juda qimmatga tushganligi sababli, protsessor vaqtini bo'lib, ko'p foydalanuvchilar birgalikda ishlatishni ta'minlaydigan tizim kerak bo'lgan.
Multiks" tizimi 1969 yili ishga tushirilgan, lekin bu dasturiy ta'minotga qo'yilgan umidlar o'zini oqlamagan. Shu bois ko'p o'tmay "Bell Laboratories" ushbu loyihani rivojlantirishga bir necha yil sarflaganiga qaramay, uni to'xtatishga qaror qiladi. O'sha payt kompaniyaning to'rt xodimi: Rud Kenedey(Rudd Canaday), Dag Makilroy(Doug McIlroy), Denis Richi(Dennis Ritchie) va Ken Tomson(Ken Tompson) loyihaning berkitilishiga ko'nikmasdan "Multiks" tizimini kuchaytirmoqchi bo'lishadi. Ular yangi dasturlar hamda yangi fayl tizimini yaratishadi. Qo'shimcha ravishda, hordiq chiqarish maqsadida Ge-645 uchun Tomson tarafidan "Koinotga sayohat" nomli o'yin yaratilgan, lekin loyiha berkitilgach, hamkasblar uni o'ynalmay qolishadi. Burchakda, kam ishlatiladigan PDP-7 kompyuter topilgach, Tomson va Richi o'yinni shu kompyuterga o'tkazishga qaror qilishadi. PDP-7 k omyuteri uchun fayl tizimi va buyruqlar qobig'ini ishlab chiqarishganda yangi operatsion tizim paydo bo'ladi va unga Brayn Kernigan (Brian Kernighan) Multiksga o'xshash nom - Yuniks (UNICS - Uniplexed Information and Computing Service - keyinchalik UNIX) beradi.
Kompyuter tarixining boshlanish davrida barcha dasturiy ta'minot assembler tilida muayyan hisoblash mashina uchun yozilib, boshqa kompyuterlarda ishlamagan. Bunday muammoni bartaraf qilish uchun Tomson turli kompyuterlarda ishlaydigan operatsion tizimni tuzish maqsadida yangi Bi ("B") nomli dasturlash tilini yaratishga urinadi. Bu ishni Richi oxirigacha yetkazadi va yangi, universal dasturlash tilga Si("S") nomini beradi. Keyinchalik bu til ko'p yillarga asosiy dasturlash tiliga aylanib, juda katta hurmatga ega bo'ladi va "dasturlash tillarining Qiroli" nomini oladi.
"Bell Labs" kompaniyasiga Tomson va Richi yaratgan operatsion tizim yoqib, 1971 yili loyihani davom yettirish uchun yangi PDP-11 kompyuter sotib oladi. Bu kompyuter uchun Yuniks operatsion tizim to'liq Si tilida qayta yozilganda, boshqa kompyuterlarga ham Yuniks -ni ko'chirib, o'rnatish imkoniyati paydo bo'ladi.
1974 yili Tomson va Richi "Communications of the ACM" jurnalida Yuniks operatsion tizimi haqida birinchi maqolani nashr etishadi.
Ular Yuniksning umumiy tuzilishi haqida ma'lumotlar berishadi. 1974 yil iyul oyi holatiga 600-ta kompyuterga o'rnatilgan deb yozishadi. Bu raqamlarni tasavvur qilish uchun yana o'tmishni eslash kerak. U davrlarda kompyuter katta boylik hisoblangan va uni faqat katta tashkilotlar sotib olgan. Kompyuter matn terish, yohud musiqa eshitish emas, balki muayyan sanoat masalalarini hal qilish uchun xarid qilingan.
Bu maqoladan so'ng Yuniks tizimi bilan ko'p ilmiy-tadqiqot tashkilotlar qiziqib qoladi. Qiziqqanlarga Tomson operatsion tizimning disklar to'plamini bepul tarqatadi. Natijada Yuniks tizimi uchun yangi rivojlanish to'lqinlari sodir bo'ladi. Masalan, Yel universitet talabalari buyruqlar qobig'i (shell) -ni ishlab chiqishadi, boshqa universitet talabalari Yuniks asosida birinchi kompyuterlar tarmog'ini yaratishadi. Berkli universitet talabalari juda ko'p dasturlar va yangi buyruqlar kiritish qobig'ini yaratishadi. O'sha vaqtda mash'ur bir dastur yaratilib, hozirgacha faol ishlatilmoqda, bu - "vi" matn tahrirlovchisi. Berkli universitetida operatsion tizimning o'zgargan shakli BSD (Berkeley Software Distribution) nomini olib, hozirgi FreeBSD nomli dongdor operatsion tizimning boshlanishi bo'lgan. 1980 yili DARPA agentligiga ARPANET (Internet ajdodi)tarmog'ini rivojlantirish uchun quvvatli kompyuterlar kerak bo'lgan. Yangi kompyuterlarga TCP/IP bayonnomasini amalga oshiradigan operatsion tizim kerak bo'lganligi uchun DARPA agentligi BSD tizimini tanlagan. Bo'lgan voqea Yuniks rivojlanishiga ijobiy ta'sirini o'tkazgan va u Internetning asosiy tizimiga aylanib qolgan. Shunday qilib, 80 yillarda Yuniks tizimi rivojlanib, uning juda ko'p turlari yaratilgan. Tarixda hatto "Yuniks urushlari" degan termin vujudga kelgan.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O’zbekiston Respublikasi Oliy Ta’lim, Fan va Innovatsiyalar Vazirligi Andijon Viloyati Boshqarmasi Asaka 1-son kasb-hunar maktabi
|