|
O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi urganch
|
bet | 16/184 | Sana | 01.11.2023 | Hajmi | 3.68 Mb. | | #92670 |
Bog'liq 001 JM Xalqaro Anjuman TO\'PLAM 2023 OXIRGI VARIANT bOSHQARUV TIZIZMLARI, (material xususiyati va fakturasi), yoriqnoma, kop portli kompyuterlar yordamida texnologik jarayonlarni boshqarish tizimini loyihalash, 252.5320900 TIKUVCHILIK SANOATIDA AXBOROT TENOLOGIYALARINI QO\'LLASH, 2-Maruza, Klaviaturaga qaramay matn terishni organamiz 2 @kompyuter akademiyasi, BSKM, Rus tili fani, 2 MA\'RUZA KUZATILADIGAN TABIIY OFATLAR VA ULARNING OQIBATLARI, 2021 12.2, АМАЛЁТ баённома (2) (7) (4) (3), Elektr mashinalari va transformatorlarni tamirlash oraliq savollari, 1-mavzu Hayot faoliyati xavfsizligi fanining asosiy tushunchal, орфологическийUzluksiz pedagogik amaliyotda didaktik prinsiplarning nazariy asoslari: pedagogik faoliyatning nazariy asoslari sifatida, avvalo, pedagogik antropologiyaning umumiy qonunlari (inson faoliyati biologik, psixologik va ijtimoiy jihatlarining o‘zaro bog‘liqligi), pedagogik faoliyatning umumiy qonunlari (o‘zaro aloqalar, hamfikrlilik, tanlov, innovasion imkoniyatlar, rivojlanish), insonparvar shaxs konsepsiyasida ifoda etilgan qonunlar va postulatlar (o‘zini rivojlantirish, o‘zini ijodiy amalga oshirish), ijtimoiy tizimlarning, jumladan, oliy kasb ta’limi tizimining rivojlanishini boshqarishning umumiy qonunlari (boshqarish organik turi, tizimlilik) kabilar nazarda tutiladi. Ayni paytda pedagogik amaliyot jarayonida nazarda tutiladi:
shaxsga yo‘naltirilgan tizim sifatida uzluksiz pedagogik amali-yotning tashkiliy jihatlarini, boshlang‘ich tamoyillarini o‘zgartirish;
uzluksiz pedagogik amaliyot jarayonining tashkiliy asoslarini, baholash mezonlarini o‘zgartirish;
dasturli-maqsadli yondashish va uzluksiz pedagogik amaliyotni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish asosida uzluksiz pedagogik amaliyot jarayonini boshqarish usullarini o‘zgartirish (bosqichlari, turlari va ixtisosligiga tegishli ravishda);
o‘qituvchilarning pedagogik ijodkorliklarini qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy-pedagogik tashabbuslarini rag‘batlantirish va innovasion faoliyatni jismoniy tarbiya ta’limini rivojlantirish mexanizmiga aylantirish.
Uzluksiz pedagogik amaliyotda bu jarayonni loyihalashtirish hamda uni joriy etishda uzluksiz pedagogik amaliyotning tashkiliy pedagogik asoslarining muhim komponentlari sifatida quyidagi prinsiplardan foydalanish mumkin.
Insonparvarlik prinsipi – har bir insonning ijodiy individualligi rivojlanishi, bir-birini o‘qitish, o‘zaro munosabatlar va uzluksiz pedagogik amaliyot jarayoni subyektlarining dialogik muloqotlari uchun qulay sharoitlar yaratishni ko‘zda tutadi;
Kasbiy muvofiqlik tamoyili – bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini tayyorlash bo‘yicha oliy pedagogik ta’lim maqsadlariga erishishga zamin yaratadi; Amaliy kasbiy faoliyat uzluksizligi prinsipi – talabalarning OTMda ta’lim olish davrida ularning muntazam tarzda kasbiy o‘sishi, har bir bosqichda yangi, yanada yuqori kasbiy mahorat darajasiga o‘tishi uchun kerak bo‘lgan pedagogik
shart-sharoitlar yaratadi;
Pedagogik refleksiya prinsipi – psixologiyada refleksiya subyekt tomonidan ichki psixologik hodisalar, ularning holati va mazmunini anglash jarayoni tushuniladi. Refleksiya ichki dialog kabi o‘tadi. Unda inson u yoki bu qadriyatlarni tahlil qiladi, baholaydi, qabul qiladi yoki rad etadi. Refleksiya yordamida inson o‘zi yashayotgan muhitni, ushbu muhitda o‘zining o‘rni va o‘zini anglab etishi va boshdan kechirishi natijasida shakllanishi va o‘zgarishi mumkin. SHu tariqa bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchisi nazariy bilimlarining amaliy tatbiqiga oid kasbiy kompetensiya asoslarini o‘zlashtirib boradi.
Kasbiy tayyorgarlik prinsipi – oliy jismoniy tarbiya ta’limiga bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini tayyorlashning ko‘p bosqichli tizimiga o‘tishga asoslangan. Bu jarayon ko‘p pog‘onali tizimdan iborat. Ichki yaxlitlikka ega, jismoniy tarbiya ta’limi sohasi mutaxassisining bo‘lajak kasbiy faoliyati modelidan kelib chiqadigan uzluksiz pedagogik amaliyot tizimi oliy ta’lim muassasasida butun ta’lim jarayoni tashkiliy pedagogik asoslarining muhim elementi sanalanadi. SHu tariqa bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchisining bosqichma-bosqich, uzluksiz, kasbiy-pedagogik rivojlanishini ta’minlaydi.
Pedagogik marketing prinsipi – talabalarning kasbiy faoliyatlarini tashkil etishda ularning ehtiyojlarini aniqlash va qondirishni, marketing xizmatining pedagogik yo‘nalishini va unga talabalarni jalb qilish, jismoniy tarbiya va sport sohasi mutaxassislariga ehtiyojining o‘zgarishini prognoz qilish, yuqori malakali jismoniy tarbiya kadrlarini tayyorlashni ta’minlashni o‘z ichiga oladi. Bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini tayyorlashning uzluksiz pedagogik amaliyoti tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlari ham, o‘z navbatida, ham nazariy, ham amaliy asoslarga ega bo‘ladi. Xususan, quyidagi shartlarga amal qilgan holda bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining uzluksiz pedagogik amaliyotlarini qurishning yuqorida keltirilgan prinsiplari asosida uning maqsadlariga erishish mumkin:
uzluksiz pedagogik amaliyot tizimini tartibga soluvchi tegishli me’yoriy- huquqiy asoslarni ishlab chiqish;
maqsadli dasturlarni amalga oshirish;
pedagogik amaliyot jarayoni natijalarining tahlillari asosida amaliyot dasturlarini takomillashtirish;
pedagogik amaliyot mazmuniga monand tarzda jarayonning ilmiy-metodik bazasini takomillashtirib borish;
pedagogik amaliyot natijalari monitoringini yuritish hamda uning tahlillari asosida jarayonni takomillashtirish.
Yuqoridagi fikrlarni xulosalash asosida e’tirof etish joizki, kelgusida jismoniy tarbiya o‘qituvchilari pedagogik amaliyotining tashkiliy-pedagogik asoslari o‘zaro aloqadorlikdagi tarkibiy komponentlardan iboratligi ularning mantiqiy aloqadorlikdagi uzluksiz prinsipi asosida faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydi.
|
| |