• Key words.
  • O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi urganch




    Download 3.68 Mb.
    bet22/184
    Sana01.11.2023
    Hajmi3.68 Mb.
    #92670
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   184
    Bog'liq
    001 JM Xalqaro Anjuman TO\'PLAM 2023 OXIRGI VARIANT
    bOSHQARUV TIZIZMLARI, (material xususiyati va fakturasi), yoriqnoma, kop portli kompyuterlar yordamida texnologik jarayonlarni boshqarish tizimini loyihalash, 252.5320900 TIKUVCHILIK SANOATIDA AXBOROT TENOLOGIYALARINI QO\'LLASH, 2-Maruza, Klaviaturaga qaramay matn terishni organamiz 2 @kompyuter akademiyasi, BSKM, Rus tili fani, 2 MA\'RUZA KUZATILADIGAN TABIIY OFATLAR VA ULARNING OQIBATLARI, 2021 12.2, АМАЛЁТ баённома (2) (7) (4) (3), Elektr mashinalari va transformatorlarni tamirlash oraliq savollari, 1-mavzu Hayot faoliyati xavfsizligi fanining asosiy tushunchal, орфологический
    Ключевые слова. Обучение, воспитание, методика, физическая культура, обучение, урок, преемственность, педагогика.
    Annotation. The educational process, first of all, is based on certain conditions and the observance of these conditions creates a basis for creating suitable conditions. An important condition for the continuous pedagogical practice of future physical education teachers is the pedagogical conditions of its organization. Conditions, in turn, consist of interrelated structural components.

      1. Kondakov states that conditions are the presence of objects, events, and the environment without which it cannot exist.

    Key words. Education, upbringing, methodology, physical culture, training, lesson, continuity, pedagogy.
    Kirish. Uzluksiz pedagogik amaliyotning etakchi prinsiplaridan biri uzviylik, bosqichma-bosqich rivojlanib borish prinsipidir. Bu prinsipni N.F.Talыzina izohlar ekan, taxminiy harakat qismi bu inson tomonidan faoliyat jarayonida ko‘rsatilgan obyektiv sharoitda, belgilangan ish taxmi-niy echimining ijobiy hal etilishidir, deb ta’kidlaydi. Bajaruvchilik qismi – obyekt harakatida berilgan qayta o‘zgarish bilan ta’minlashdir. Nazorat qismi – ishning bajarilish jarayoniga yo‘naltirilgan bo‘lib, namunalardan olingan natijalar bir-biri bilan solishtiriladi. Uning yordamida taxminiy va bajaruvchilik harakat qismlaridagi kamchiliklar to‘g‘rilanib, qayta ko‘riladi.
    Ta’lim jarayoni va bilimlarni o‘zlashtirish, yuqorida keltirilgan nazariyadan kelib chiqib, aqliy faoliyatning tashqi muhitdan ichki faoliyatga ma’lumotlarni etkazish jarayoni, deb o‘rganilsa bo‘ladi. Yangi harakatlarni o‘zlashtirish jarayoni haqida P.YA.Galperin yozar ekan, u bu jarayonni besh bosqichga bo‘ladi. Uning nazariyasiga tayangan holda bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining uzluksiz pedagogik amaliyotda kasbiy shakllanish bosqichlarini quyidagicha tavsiflash mumkin:
    Birinchi bosqichda talabalarga kerak bo‘lgan taxminiy tushuncha va harakat maqsadi haqida tushuntirish ishlari olib boriladi. Bu bosqichda boshlang‘ich faoliyat hamda pedagogik amaliyot doirasidagi ishlar qanday amalga oshirilishi haqida tushuntirish beriladi. Bu tushuntirish ishlarining mazmunida tajribali, yuksak kasbiy salohiyatga ega bo‘lgan amaliyotchi o‘qituvchilarning faoliyati namuna qilib olinadi. Mohir pedagog faoliyatining boshlang‘ich bosqichi haqida ma’lumot beriladi.
    Birinchi bosqich, shubhasiz, pedagogik amaliyot tashkiliy-pedagogik mazmunining eng asosiy bosqichi bo‘lib, unda qolgan barcha bosqichlar kelgusida qay darajada amalga oshirilishini belgilab beradi. Bu bosqichda kasbiy faoliyatning mohiyati o‘zlashtirilib, shaxsiy malakalarini shakllantirish hamda bu jarayonda amal qilinadigan prinsiplar o‘zlashtiriladi. Talaba oldida mohir pedagog faoliyati sir-sinoatlari namoyon bo‘ladi, mutaxassislikka kirish bosqichi amalda olib boriladi, jumladan, talabaga dars jarayonining qanday va qay tarzda olib borilishi ko‘rsatib beriladi, ya’ni darslarni o‘tish mashqlari ko‘rsatiladi. Shu tariqa talabada pedagogik faoliyat haqidagi dastlabki tushunchalar shakllantiriladi.
    Natija. Bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchisining uzluksiz pedagogik amaliyoti har qanday ta’limiy-pedagogik jarayon kabi muayyan pedagogik asosga quriladi. Uzluksiz pedagogik amaliyotning me’yoriy bazasi sifatida, birinchi navbatda, oliy pedagogik ta’limning Davlat ta’lim standarti, o‘quv rejalari kabi dasturiy-metodik ta’minoti e’tirof etiladi.
    Uzluksiz pedagogik amaliyotning holati va jismoniy tarbiya institutlari bitiruvchilariga qo‘yiladigan talablar haqida yanada aniq ma’lumotlarning mavjudligi amaliyotni tashkil etishning navbatdagi pedagogik shartlaridan biri
    bo‘lib, bu jarayonda kelgusida jismoniy tarbiya o‘qituvchisini nafaqat maktab ta’limiga tayyorlash, balki keng miqyosdagi faoliyatga tayyorlash ko‘zda tutiladi, ya’ni mutaxassis umumta’lim maktablaridan tashqari jismoniy tarbiya jamoalarida, sport jamiyatlarida, jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish hamda davolash-profilaktika muassasalarida va oliy ma’lumotli mutaxassislik lavozimga tayinlanishlari uchun ko‘zda tutilgan dastlabki lavozimlarda jismoniy tarbiyani boshqarish tashkilotlarida ishlash uchun talab etiladigan kasbiy kompetensiyalarga ega bo‘lishi nazarda tutiladi. Shu ma’noda jismoniy tarbiya mutaxassisiga umumiy talablar qo‘yiladi. Xususan, bozor iqtisodiyoti sharoitida jamiyat talablariga muvofiq mutaxassisdan kasbiy tayyorgarlikning yuqori darajasiga ega bo‘lishi talab qilinadi. Jumladan, uzluksiz pedagogik amaliyot jarayonida talabalarda: bilimlarini chuqurlashtirish va bo‘lajak mutaxassisda o‘z vazifalarini bajarish uchun zarur bo‘lgan malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish; jismoniy tarbiya o‘qituvchisida faoliyat bilan birga pedagogik faoliyatiga ijodiy tadqiqotchilik yondashuvni shakllantirish; o‘quvchining yoshi va individual xususiyatlariga qarab pedagogikaning ustuvor vazifalariga mos pedagogik texnologiyalarni tanlash qobiliyatini rivojlantirish; bo‘lajak pedagogning Men-konsepsiyasini rivojlantirish; talabalarda pedagogik refleksiyani va anglab etish va o‘zini rivojlantirishga ehtiyojni rivojlantirish; shaxsni, pedagog va o‘quvchilar faoliyatlarini diagnostika qilish vositalari hamda metodlarini egallash kabi vazifalar bosqichma-bosqich hal etib boriladi.
    Shunday qilib, pedagogik amaliyotni faqat bo‘lajak jismoniy tarbiya pedagoglarining pedagogik malaka va ko‘nikmalarini shakllantirish, idrok etish va ijodiy faolliklarini rivojlantirish, ularning kasbiy-pedagogik yo‘nalganliklari va tayyorgarliklari darajasini diagnostika qilish vositasi emas, balki bo‘lajak yosh mutaxassislarning nazariy bilimlarini mustahkamlash va chuqurlashtirish vositasi sifatida qaraymiz.
    Jismoniy tarbiya faoliyati sohasidagi ilmiy tadqiqotlar, kadrlar tayyorlash tajribasi, bozor iqtisodiyoti sharoitlarida faoliyatga qo‘yiladigan talablar ma’lum darajada aniqlik bilan jismoniy tarbiya mutaxassislari egallashlari kerak bo‘lgan faoliyat sohasidagi metodologiya, metodika, texnologiyalar, bilim, malaka, ko‘nikmalari haqida fikr yuritishimizga imkon beradi. Xususan:

    • turli jismoniy mashqlar, “asosiy” (“tayanch”, “dasturiy” va shu kabi) sport turlari texnik asoslariga o‘qitish tamoyillari, vositalari, metodlari, metodikasini yaxshi bilmoq;

    • aholi, turli jamoalar bilan faoliyati jarayonida ta’lim-tarbiya, tashkilotchilik va rahbarlik sohasida umumpedagogik va tashkilotchilik, bilim, malaka, ko‘nikmalar asoslarini bilmoq;

    • musobaqalar, bayramlar, sport tadbirlarini rejalashtirish, ularni tayyorlamoq; o‘tkazmoq va yakun yasash sohasidagi bilim va malakalar asoslarini bilmoq;

    • “Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi” faninig umumiy bilimlarini, ularning doirasida esa jismoniy madaniyat sohasiga oid (kasbiy faoliyat) bilimlar majmuini bilmoq;

    • hisobga olish, nazorat, rejalashtirish hujjatlari bilan ishlashni bilmoq;

    • kasbiy-ilmiy, ilmiy-metodik, metodik adabiyotlar bilan ishlashni, mustaqil ravishda yangi bilimlarni egallash va tanqidiy anglash, u yoki bu muammo holatini tahlil qilish va uning natijalarini to‘g‘ri bayon etishni bilish, tajriba to‘plash va uni tahlil qilish asosida o‘zini takomillashtirish kompetensiyasiga ega bo‘lmoq;

    • jismoniy tarbiya bazalari, stadionlar, maydonchalar, gimnastik-trenajyorli turdagi zallar, oddiy trenajyorlar tuzilishi va joylashishi sohasida umumiy bilimlarga ega bo‘lishini ta’minlash, talabalarning uzluksiz pedagogik amaliyotini tashkil etishdagi pedagogik shartlarning muhim komponentlaridan biridir.

    Talabalar pedagogik amaliyotning barcha bosqichlarida kompleks yondashishni hisobga olib, o‘quv-tarbiyaviy ishlarni o‘tkazishga o‘rganishlari lozim. Pedagogik amaliyotni barcha talabalar uchun ikkinchi kursdan bitiruv kursigacha kompleks va majburiy o‘quv hamda tarbiyaviy xususiyatga ega bo‘ladigan tarzda tashkil etish zarurligi yanada yaqqol ko‘rinib bormoqda.
    Urganch davlat universiteti, Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti hamda Buxoro davlat universiteti talabalari pedagogik amaliyotlari dasturi va uning ko‘p vazifalilik xususiyatini hisobga olib, uzluksiz pedagogik amaliyot me’yoriy hujjatlarini, o‘qituvchi, murabbiy mehnatini diagnostika qilishga zamonaviy yondashishlar, pedagogik amaliyotni tashkil etish bo‘yicha universitetlar tajribalarini o‘rganish va tahlil qilish asosida ishlab chiqildi.
    Kelgusida jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining uzluksiz pedagogik amaliyot mazmunini ishlab chiqishda tizimli-faoliyatli yondashishni qo‘llash muhim pedagogik shartlardan biri bo‘lib, uning mazmunida quyidagi komponentlar bo‘lishi talab etiladi.

        1. Talabaning uzluksiz pedagogik amaliyot jarayonidagi faoliyatini modellashtirish.

        2. Pedagogik amaliyot dasturini tuzishda uning komponentlari o‘zaro bog‘liqligiga e’tibor qaratish, shuningdek, metodist va talabalarga individual dastur tuzishlariga va pedagogik faoliyatning individual uslubini shakllantirish imkoniyatlarini taqdim etish.

        3. Pedagogik amaliyotni talabalarning kasbiy tayyorgarliklari uchun pedagogik refleksiyaning ahamiyatini anglab etishlariga yo‘naltirish.

        4. Uzluksiz pedagogik amaliyotning barcha bosqichlarida ijodiy topshiriqlar orqali vazifalarni individual tarzda amalga oshirish mumkinligi.

        5. Tizimli-faoliyatli yondashish nuqtai nazaridan talaba-amaliyotchilarning maktab, ta’lim muassasalarida haqiqiy o‘quv-tarbiyaviy ishlarni o‘rganish metodlarini egallashga yo‘naltirilgan faoliyatlarining tadqiqotchilik komponentini amalga oshirish.

        6. Munosabatlarni insonparvarlashtirishni ko‘zda tutuvchi shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv.

    Uzluksiz pedagogik amaliyot dasturi tuzilishi (2015 yil tasdiqlangan namunaviy o‘quv reja asosida) quyidagi bosqichlarda tuzilgan:

    1. “O‘quv amaliyoti” bosqichi – umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quv amaliyot. 2-kurs talabalari. 4-semestr (may, 2 hafta, 1 kunda - 6 soat, jami 72 soat).

    2. “Malakaviy amaliyot” bosqichi – maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim maktabi, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida 3-kurs talabalari. 5-semestr (noyabr-dekabr, 4 hafta 1 kunda- 6 soat, jami 144 soat).

    3. “Pedagogik amaliyot” bosqichi – kasbga yo‘naltirilgan amaliyot: maktabgacha ta’lim, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida 4-kurs talabalari 8-semestr (fevral-mart, 8 hafta, 1 kunda - 6 soat, jami 288 soat).

    Pedagogik amaliyot dasturi ma’lum tuzilishga va bo‘limlari mazmuniga ega.
    Pedagogik amaliyot dasturi quyidagilardan iborat:

    1. Pedagogik amaliyot mazmuni.

    2. Pedagogik amaliyotni tashkil qilish.

    3. Pedagogik amaliyot davrida talaba bajargan ishni hisobga olish va baholash.

    4. Pedagogik amaliyot kundaligini yuritish bo‘yicha metodik ko‘rsatmalar.

    Pedagogik amaliyot yakunlari bo‘yicha talabalarning kasbiy tayyorgarliklariga asosiy talablar, DTSga muvofiq talaba egallashi kerak bo‘lgan faoliyat turlari va ularni bajarish sifati, bajarilgan ishlar darajasi, ularning mustaqil bajarilishi, ish joyini tashkil etish, o‘zini nazorat qilish, tahlil qilish va o‘z faoliyatiga baho berish malakalariga, kasbiy ko‘nikmalarni egallaganlik darajalariga ko‘ra baholanadi.
    Pedagogik amaliyot o‘tayotgan talabalar pedagogik amaliyot bo‘yicha ko‘rsatmalar konferensiyasi ishida ishtirok etishi; tashkilot ta’lim ishlari tizimi bilan, jumladan, o‘quv-tarbiya bazasi, pedagogik jamoa faoliyati, metodik birlashmalar, sinf rahbarlari, o‘quv mashg‘ulotlari, jadvali va boshqalar bilan tanishishi; o‘quvchi shaxsi va sinf jamoasi, shaxsiy hujjatlar, pedagogik kartalar, sinf jurnali, kundaliklarni o‘rganishi; jismoniy tarbiya bo‘yicha dars va sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish tartiblarini o‘rganishi; ilg‘or o‘qituvchilarning pedagogik tajribalarini o‘rganishi; pedagogik amaliyot davri uchun maxsus ishlab chiqiladigan individual ish rejasini tuzishi; amaliyot yakuni bo‘yicha hisobot tayyorlashi va himoya qilishi darkor bo‘ladi.
    Xulosa. Talabalarning oliy ta’lim muassasasida butun ta’lim olishlari davomida ikkinchi kursdan bitiruv kursigacha uzluksiz pedagogik amaliyotni o‘tkazish samarali bo‘ladi. Tatbiq etish natijalari uzluksiz pedagogik amaliyotni tizimlashtirish samaradorligini ko‘rsatadi.
    Ikkinchi va uchinchi kurs talabalarida o‘quv rejasi fanlarini o‘rganishga motivasiya oshdi. To‘rtinchi kurs talabalari mustaqil pedagogik faoliyatga ancha tez moslashadilar.
    Uzluksiz pedagogik amaliyotning tuzilishli – funksional modelini amalga oshirishda quyidagi pedagogik texnologiyalarga amal qilinishi jarayonning samarali kechishini ta’minlashi ayon bo‘ldi:

    1. uzluksiz pedagogik amaliyot jarayonini boshqarish;

    2. metodist va talabaning o‘zaro aloqalari;

    3. amalga oshirish jarayoni mazmuni;

    4. amalga oshirish natijalarini baholash va tahlil qilish.

    3. Tadqiqotchilik ishlari davomida uzluksiz pedagogik amaliyot tuzilishli- funksional modeli va talabalarni dasturli-metodik ta’minlashni amalga oshirish samaradorligi tasdiqlandi, talabalarning sifatli o‘zlashtirishlari uning asosiy ko‘rsatkichi hisoblanadi, bu ko‘rsatkich oxirgi uch yilda 78,3% dan 98,4% ga oshdi va barqarorlashdi.

    Download 3.68 Mb.
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   184




    Download 3.68 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi urganch

    Download 3.68 Mb.