O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi urganch




Download 3.68 Mb.
bet24/184
Sana01.11.2023
Hajmi3.68 Mb.
#92670
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   184
Bog'liq
001 JM Xalqaro Anjuman TO\'PLAM 2023 OXIRGI VARIANT
bOSHQARUV TIZIZMLARI, (material xususiyati va fakturasi), yoriqnoma, kop portli kompyuterlar yordamida texnologik jarayonlarni boshqarish tizimini loyihalash, 252.5320900 TIKUVCHILIK SANOATIDA AXBOROT TENOLOGIYALARINI QO\'LLASH, 2-Maruza, Klaviaturaga qaramay matn terishni organamiz 2 @kompyuter akademiyasi, BSKM, Rus tili fani, 2 MA\'RUZA KUZATILADIGAN TABIIY OFATLAR VA ULARNING OQIBATLARI, 2021 12.2, АМАЛЁТ баённома (2) (7) (4) (3), Elektr mashinalari va transformatorlarni tamirlash oraliq savollari, 1-mavzu Hayot faoliyati xavfsizligi fanining asosiy tushunchal, орфологический

Adabiyotlar ro‘yхati


  1. F. A. Kerimov Sport sohasidagi ilmiy tadqiqotlar. Toshkent “Zar qalam” 2004.

  2. K. Maxkamdjonov, R. Salomov, I. Ikramov. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi. Toshkent, 2008.

TALABALAR VALEOLOGIK MADANIYATINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK MEXANIZMLARINI


TAKOMILLASHTIRISH
D.B.Yadgarova (UrDU)
Annotatsiya: ushbu maqolada sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda talabalarni umumiy madaniy duyoqarashini shakllantirish jismoniy aqliy, ruhiy va ma’naviy hususiyatlari, uzoq umr ko‘rish va ijodiy rejalarni amalga oshirish mustahkam ahil oila yaratish bolalarni sog‘lom tug‘ilishi oldini olish yoshlikdan salomatlikni qadrga yetish. Sog‘lom turmush tarziga rioya qilishdagi o‘ziga xos adabiy manbalardan foydalangan.
Аннотация: В данной статье рассмотрено формирование общекультурного мировоззрения студентов в формировании здорового образа жизни, физических, умственных, духовных качеств, долголетия и реализации творческих планов, использованы конкретные литературные источники в массовых мероприятях.
Annotation: This article discusses the formation of a general cultural outlook of students in the formation of a healthy lifestyle, physical, mental, spiritual qualities, longevity and the implementation of creative plans, specific literary sources are used in mass events.
Kalit so‘zlar: sog‘lom turmush tarzi, ma’naviy, ma’rifiy, madaniy,sog‘liq,jismoniy aqliy, ruhiy, mustahkam, genlar, toksik moddalar,patologik o‘zgarishlar, hayot tarzi, gigienik muolajalar, ovqatlanish, kam harakat.
Ключевые слова: здоровый образ жизни, духовное, просвещение, культура, здоровье, физическое, психическое, умственное, сильное, гены, токсические вещества, патологические изменения, образ жизни, гигиенические процедуры, питание, малоподвижность.
Keywords: healthy lifestyle, spiritual, education, culture, health, physical, mental, mental, strong, genes, toxic substances, pathological changes, lifestyle, hygiene procedures, nutrition, inactivity.
Mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-ma’naviy va madaniy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimlarini uzluksiz takomillashtirib borishni talab etadi. Shu boisdan ta’lim tizmini zamonaviy ijtimoiy-ta’limiy ehtiyojlari asosida rivojlantirish orqali o‘sib kelayotgan yosh avlodni jamiyat hayotida faol ishtirok etadigan har tomonlama yetuk va yuksak ma’naviyatli komil insonlar etib tarbiyalash davlatimizning ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Yaqin o‘tmishda mamlakatimizda pedagog kadrlar tayyorlashning mukammal tizimi yaratilgan bo‘lsada, bu tizimda kadrlarning nazariy tayyorgarligiga ustuvor tarzda ahamiyat qaratilib, bu yo‘nalishda ayrim kamchiliklar ham mavjud bo‘lgan. Bu kamchiliklar tizimida jarayonning milliy xarakterdagi imkoniyatlari o‘z aksini topmaganligi; nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash masalasiga, shuningdek, bu jarayonda ta’limning zamonaviy metod va
texnologiyalaridan maqsadga muvofiq tarzda foydalanmaslik; davrning ustuvor sohalariga jadal sur’atlarda moslashimaslik kabi masalalarda kamchiliklar mavjud bo‘lgan. Shuningdek, ta’lim tizimining ayrim sohalarining ilmiy-pedagogik asoslari to‘la ishlab chiqilmay turib, bir ta’lim tizimidan ikkinchisiga o‘tish holatlari ham yuz berdiki, ularning barchasi ta’limning ayrim sohalarida islohlarni amalga oshirish ehtiyojini keltirib chiqardi.
O‘zbekiston Respublikasida kuchli demokratik va fuqarolik jamiyatining barpo etilishi keyingi yillarda amalga oshirilgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar jamiyat hayotining barcha jabhalarida yangilanishlar uchun zamin yaratadi. Bu esa, o‘zida yuqori ma’naviy-axloqiy, mustaqil ijodiy fikrlash sifatalariga ega, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy-madaniy islohotlar sharoitida muvaffaqiyatli faoliyat yurita oladigan, yuksak kasbiy kompetentsiyaga ega bo‘lgan mutaxassislarni tarbiyalash bilan bog‘liq dolzarb vazifani belgilab berdi. Bu dolzarb muammoning yechimi sifatida sog‘lom, jismoniy barkamol shaxsni tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etadi.
Respublikamizning ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar umumiy o‘rta ta’lim sifatini oshirish, yosh avlod tafakkurini shakllantirish, jamiyat rivojiga mos bilim, ko‘nikma va malakalar sohibi bo‘lish va shu asosida yuksak ma’naviy- axloqiy qadriyatlarni o‘zida mujassam etgan barkamol shaxsni voyaga yetkazishga barcha imkoniyatlar yaratilmoqda. Jumladan, yoshlarni har tomonlama intellektual rivojlanishi uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash3, ilg‘or xorijiy tajribalar asosida ta’lim sifatini oshirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Jismoniy tarbiya va sport shaxsni jismoniy va axloqiy jihatdan takomillashtirib borishning muhim omili hisoblanadi. Zero, sport irodani mustahkamlaydi, insoni o‘z maqsadiga erishishga bo‘lgan intilishni, g‘alabaga bo‘lgan ishonchni, o‘z vatani shuhratini butun jahon oldida yuksaklarga ko‘taradigan yutuqlardan g‘ururlanish hissini tarbiyalaydi.
Yoshlarni milliy istiqlol g‘oyalari asosida tarbiyalash, shubhasiz, jismoniy va ruhiy sog‘liqqa erishish, sog‘lom turmush tarzini mustahkamlashni ko‘zda tutadi. Yoshlarda faol hayotiy dunyoqarashni shakllantirish, axloqiy sifatlarni, mehr va muruvvatlilik g‘oyalarini tarbiyalashga qaratilganlik jismoniy tarbiya va sportning turli vosita, shakl va metodlarini qo‘llanishi bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini tayyorlashning ustuvor yo‘nalishi bo‘lib qolmog‘i lozim.
Talaba-yoshlarni ta’lim-tarbiyasini takomilllashtirish muammolarini o‘rganish bo‘yicha mamlakatimizda S.Annamuratova, U.Aleuov, M.Inomova, Sh.Qurbonov, Sh.Mardonov, U.Mahkamov, O.Musurmonova, S.Nishonova, N.Nurmanov, N.Safarov, A.F.Xalilov, Sh.Xalilova, S.U.Xodjaniyazov, va boshqalar tomonidan tadqiqot ishlari olib borilgan.
Xozirgi zamon valeologiya fanining rivojlanishi inson salomatligini: funktsional - tuzilishi, fizik- kimyoviy, ruhiy-xissiy va ma’naviy tarkibiy



3 Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7 февралдаги “Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар стратегияси тўғрисида” ги фармони.
qismlardan tashkil topgan deb xisoblaydi. Xalqaro YUNESKO tashkiloti salomatlik tushunchasini uch tarkibiy qisimdan iborat deb belgilaydi: jismoniy sog‘lomlik (somatik), ruhiy sog‘lomlik va ma‘naviy sog‘lomlikdir. Bu o‘rinda salomatlik – mazmunan chuqur ma‘noli va murakkab tushuncha bo‘lib u inson tuzilishinig va turli kurinishlariga umumiy bo‘lmasdan balki insonning individual o‘ziga xosligini belgilaydi. O‘tgan asrlar davomida tibbiyot fanlarining rivojlanib borishi ko‘proq kasalliklarni davolashga qaratilib insonning sog‘lom holatiga kamroq e’tibor qaratildi. Qadimgi taniqli olimlarning ilmiy meroslarida ham salomatlik va kasalliklarni oldini olishga ko‘proq e’tibor berish kerakligi to‘g‘risida aytib o‘tilgan. To‘plangan ilmiy ma’lumotlar salomatlik xaqidagi fanning yuzaga kelishiga va rivojlanishiga olib keldi. Ko‘plab olimlar va shifokorlar xam sog‘lom turmush tarzini shakllantirishning ilmiy-nazariy asoslarini belgilab berdilar. Amaliy tibbiyotda xam insonlarning ichki rezerv (zaxira) imkoniyatlarini rivojlantirish yo‘li bilan sog‘lomlashtirishning avfzalliklarini asoslab berdilar. Bugungi kunda valeologiya fani bir qator tadqiqotchilarning, ayniqsa R.M Baeviskiy, G.L.Apanasenko, I.I Brexmanning olib borgan ilmiy izlanishlari natijasida sezilarli darajada rivojlandi. Xozirgi zamon valeologiya fanining asoschilaridan biri I.I Brexman bo‘lib,u 1982- yilda sog‘lom insonlarning salomatligini saqlash va mustahkamlashning 11 ilmiy amaliy metodologik asoslarini ishlab chiqdi.

Download 3.68 Mb.
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   184




Download 3.68 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi urganch

Download 3.68 Mb.