Oltingugurt olish kurilmasiga texnologik jarayoni




Download 36.55 Kb.
bet6/9
Sana01.11.2023
Hajmi36.55 Kb.
#92950
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti sanoat texnologiyasi fa-fayllar.org
7-Mavzu, Natijalar, Ogahiy ruboiylarining baʼzi bir gʻoyaviy badiiy xususiyatlari
Oltingugurt olish kurilmasiga texnologik jarayoni. Oltingugurt olish qurilmasining afzallik jihati shundaki, qurilma gaz tarkibidagi vodorod sulfid ()ni oʻzgaruvchan miqdorida ham ishlay oladi. Nordon gaz tarkibidagi vodorod sulfid (H2S) miqdorini bunday oʻzgarishi, seolit yordamida gazni tozalash qurilmasidan regeneratsiya gazini chiqishida vodorod sulfid (H2S) miqdorini nobarqarorligi bilan izohlanadi. Shuning uchun ham bu qurilma tajriba-sinov qurilmasi deb ataladi va qurilmada konversiya darajasi 80% ni tashkil etadi.
Qurilmani ishlab chiqarish texnologik quvvatti, katalizator yuzasida 180-320 ℃ haroratda vodrod sulfid (H2S) bilan berilayotgan havo tarkibidagi kislorodni toʻgʻridan-toʻgʻri otingugurtgacha oksidlash hisobiga amalga oshirish prinsipi asos qilib olingan, yaʼni:
Texnologik jarayon nasosida qurilmada vodorod sulfidni (H2S) havodagi kislorod bilan toʻgʻridan-toʻgʻri katalizator (vositachi) yuzasida oksidlanishi natijasida 280-380 ℃ oraliq haroratda oltingugurt olinadi.
H2S + 0,5O2 → H2O + Q
SO2 - oltingugurt IV oksid
SO - oltingugurt II oksid
Asosiy reaksiyadan tashqari, boshqa oltingugurt IV-oksidini hosil qiluvchi qoʻshimcha reaksiyalar ham boradi:
H2S + 1,5 O2 → SO2 + H2O + Q
S + O2 → SO2 + Q
Nordon gaz tarkibidagi H2S ni miqdori 11,5 % gacha boʻlishi mumkin.
H2Sni miqdori 10% dan yuqori boʻlganda jarayon juda ham yuqori “ekzotermik” boʻlgani uchun, ketma-ket H2S ga oʻtish va reaksiyadan ajralgan issiqlikni kondensator-generatori (KU-kotyol utilizator) bilan reaksiya uch bosqichda amalga oshiriladi.
Baʼzan qurilmada harorat koʻtarilganda oltingugurt olish qurilmasiga uzatilayotgan texnologik gazi tarkibidagi vodorod sulfid (H2S), SO2 ga aylanishi hisobiga sof oltingugurt (S) ajratib olish 50% gacha kamayadi.
Texnologik va nordon gazlarni qizdirish katalitik bosqichlardan oldin qizdiruvchi oʻtxonasida yoqilgʻi gazini kirayotgan mahsulot bilan aralashib yonishi hisobiga amalga oshiriladi. Reaksiya uchun havo konvertorlardan oldin, qizdiruvchilarni qizdirgandan keyin uzatiladi. Qoldiq vodorod sulfid (H2S)ni va bugʻ holidagi oltingugurtni yoqish, balandligi 100 m ga teng metall quvur orqali yongan gazlarni atmosferaga tashlash bilan yoqish pechida amalga oshiriladi.
Nordon gaz bosim R=0,5kgs/sm2, xarorat t=50℃ da tarkibida H2S, CO2, H2O, CH4 boʻlgan nordon gaz kelib 30E-1 separatoridan oʻtadi separatorning vazifasi gaz tarkibidagi suyuqliklarni oʻzida ushlab qoladi. 30E-1da ajralgan suyuqlik nasos orqali amin qurilmasi drenajiga xaydaladi. 30E-1 da ajralgan suyuqlik tomchilaridan tozalanib chiqqan nordon gaz 30P-1 pechiga I-bosqichiga uzatiladi. 30P-1 pechning vazifasi nordon gazni qizdirish. Pech vakum holatda boʻlganligi sababli yoqish uchun xavo va yoqilgʻi gazi beriladi. 30P-1 ning asosiy vazifasi 50℃ li nordon gazni 190-220 ℃ gacha qizdirib 30R-1 reaktoriga beriladi. Reaktorda harorat reaksiyani issiqligi hisobiga 280-380 ℃ gacha koʻtariladi. Reaktorlarning har biriga 45 tonnadan katalizator TiO2 yuklangan. Katalizatorning vazifasi reaksiyani tezlashtiradi lekin oʻzi reaksiyada ishtirok etmaydi.
Hosil boʻlgan oltingugurtni kondensatsiyalash va gazni sovutish uchun texnologik gaz 30KU-1ni birinchi bosqichiga kondensator-generatorga kiradi. Xarorat 280-380 ℃ dan 145-165 ℃ gach tushadi issiqlik almashinishi natijasida oltingugurt ajraladi.
Kondensator-generator 30KU-1 ni birinchi bosqichida kondensatsiyalangan suyuq oltingugurt, oltingugurt toʻkib olish moslamasi (serazatvorda boʻladigan jarayon Ye-6 suyuq sera tarkibidagi gazlarni ajratib undan chiqqan oltingugurt) orqali 30E-8 suyuq oltingugurt yigʻish idishiga uzatiladi.
Texnologik gaz 30P-2 qizdiruvchi pechiga II-bosqichiga uzatiladi. Ikkinchi va uchinchi bosqichlar ham xuddi birinchi bosqich kabi amalga oshiriladi.
30KU-3 dan keyin texnologik gaz, gaz bilan ketayotgan oltingugurt zarrachalaradan tozalanish uchun 30E-2 apparatiga tushadi, keyin qoldiq vodorod sulfid (H2S)ni, SO2 gacha yoqish uchun, yoqib yuborish pechiga 30P-4 ga uzatiladi. Bu yerda yoqish uchun yoqilgʻi gazini yoqish hisobiga harorat 500-610℃ gacha hosil qilinadi. Tutun chiqish murisi 30D-1 ni himoyalash uchun, tutun gazlarni harorati atmosfera havosini qoʻshilishi hisobiga 400-450 ℃ gacha tushiriladi. Oltingugurt idishidan oltingugurt, zarurat boʻlganda oltingugurt saqlash maydonchasiga, forsunkalar orqali haydaladi va u yerda qotib qattiq uyum koʻrinishidagi oltingugurtga aylanadi.

Download 36.55 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 36.55 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oltingugurt olish kurilmasiga texnologik jarayoni

Download 36.55 Kb.