|
Mavzu: Grafik axborotlarni kiritish, taxrirlash va chiqarishning dasturiy vositalari
|
bet | 19/52 | Sana | 31.10.2023 | Hajmi | 2.67 Mb. | | #92104 |
Bog'liq mavzular axborotdan 1 topshiriq. Berilgan savollarga yozma tarzda javob tayyorlang, norboyev jasur hisobot, Bohodirov Asilbek, 1 Buyruq. 5-BT-2022 (2) (2) (2), Madrimova Nazokat tahrirlangan varianti, Customers Satisfactions, Kontakt hodisalar, Aniq integrallarni taqribiy hisoblash usullari, algoritmlari va dasturlari, Loyihalashjarayonlariniavtomatlashtirishasoslari fanidan test sa, 2-chorak kkkk engifgnfpinbfgpinbgpoinirjh jtrhtr, Axborot matnlar bilan ishlash va media madaniyati, Kishi ko\'lemli-WPS Office men, BIRINCHI YORDAM BERISH BO`YICHA UMUMIY QOIDALAR. SUN’IY NAFAS OLDIRISHGA AMAL QILINADIGAN QOIDALARMavzu: Grafik axborotlarni kiritish, taxrirlash va chiqarishning dasturiy vositalari.
Reja:
Grafik axborotlarni kiritish
Taxrirlash va chiqarishning dasturiy vositalari
Grafik axborotlarni kiritish qurulmalariga skaner va grafik planshetlar kiradi. Skaner (scanner) – tasvirni (matnni) avtomatik tarzda kom- pyuterga kiritish qurilmasidir, ya’ni kiritilayotgan obyektning raqamli tasvir nusxasini yaratadi.
Skanerlarning asosiy ko‘rsatkichlari quyidagilar: Optik ruxsat berish, ya’ni skanerlovchi moslamadagi yorug‘likni sezadigan elementlarning soni ishchi sohaning kengligiga bo‘linishi bilan aniqlanadi. Ruxsat berishning o‘lchamini belgilash uchun bir necha o‘lchash birligidan foydalaniladi: dpi (dots per inch) – dyuymdagi nuqtalar; ppi (pixels per inch) – dyuymdagi piksellar;
Mantiqiy ruxsat berish. Bu ko‘rsatkich dasturiy ta’minot yordamida, ya’ni dastur-drayverning o‘zi yetishmayotgan nuqta- larni sun’iy yo‘l bilan to‘ldirishiga erishiladi.
Skanerlash tezligi. Bu ko‘rsatkich ko‘pincha bitta sahi- fani skanerlashga ketgan sekundlar bilan aniqlanadi. Ba’zan bitta chiziqni skanerlash tezligi millisekundlarda ko‘rsatiladi.
Razryadligi yoki rang chuqurligi. Tasvirning skanerlan- gan nuqtasidagi axborotni batafsil tekshirish darajasini ko‘r- satadi. SSD matritsasining sifati esa ARO‘ (analog – raqamli o‘zgartirgich) ning razryadi bilan aniqlanadi.
Rangli va oq-qora skanerlar mavjuddir. Oq-qora skanerlar ingichka chiziqli tasvirlarni va yarimtonli tasvirlarni o‘qish im- konini beradi. Yarimtonli skanerlar kulrangni 256 tagacha sathni qabul qilish xususiyatiga ega. Rangli skanerlar oq-qora va rang- li asl nusxalar bilan ishlay oladi. Uzatilayotgan ranglar soni 256 dan 65536 sathgacha tebranadi. Konstruktiv tuzilishiga qarab skanerlar qo‘l (hand-hold) skanerlari va stol usti (desktop) skanerlarga bo‘linadi. Bundan tashqari, tarkibida bir nechta ko‘rinishdagi skaner va tashqi qurilmalar (oqimli printer, faks-modem, nusxa ko‘chirish apparati) imkoniyatini mujassamlashtirgan ko‘p funksiyali skanerlar ham mavjud. Bu o‘zida axborotni kiritish, chiqarish va uzatish vazifalari birlashgan texnik vositadir.
|
| |