|
Bu loyiha doirasida quyidagi uchta yo’nalish bo’yicha yuqori malakali kadrlarni tayorlash ham ko’zda tutilgandi
|
bet | 27/52 | Sana | 31.10.2023 | Hajmi | 2.67 Mb. | | #92104 |
Bog'liq mavzular axborotdan 1 topshiriq. Berilgan savollarga yozma tarzda javob tayyorlang, norboyev jasur hisobot, Bohodirov Asilbek, 1 Buyruq. 5-BT-2022 (2) (2) (2), Madrimova Nazokat tahrirlangan varianti, Customers Satisfactions, Kontakt hodisalar, Aniq integrallarni taqribiy hisoblash usullari, algoritmlari va dasturlari, Loyihalashjarayonlariniavtomatlashtirishasoslari fanidan test sa, 2-chorak kkkk engifgnfpinbfgpinbgpoinirjh jtrhtr, Axborot matnlar bilan ishlash va media madaniyati, Kishi ko\'lemli-WPS Office men, BIRINCHI YORDAM BERISH BO`YICHA UMUMIY QOIDALAR. SUN’IY NAFAS OLDIRISHGA AMAL QILINADIGAN QOIDALARBu loyiha doirasida quyidagi uchta yo’nalish bo’yicha yuqori malakali kadrlarni tayorlash ham ko’zda tutilgandi:
• Telematika (axborot-kommunikasiya texnologiyalari)
O’lchov texnikasi
• Kimyo texnologiyalari (gaz va neft mahsulotlarini qayta ishlash)
Bu loyihani ishga tushirish oliy ta’limni isloh qilishga ko’maklashishiga yo’naltirilgan va bu quyidagi muhim ilmiy-amaliy vazifalarni yechishga imkoniyat yaratib berdi:
• Ochiq ta’lim konsepsiyasini qo’llash va ta’lim jarayoni uchun zamonaviy texnologiyalarni sinash va ularni rivojlantirish;
• O’quv jarayoniga innovasiya texnologiyalarini qo’llash;
• Yangi axborot va kommunikasiya texnologiyalaridan foydalanilgan holda masofaviy o’qitish tizimini takomilashtirish;
Masofadan videokonferensiya tizimini qo’llash yordamida interaktiv o’quv darslarini olib borish imkoniyati yaratildi, ya’ni interfaol usulda ma’ruzalarni o’qish, seminarlar tashkil etish, savollarga javoblar va hokazo.
Interfaol forma – masofadan videokonferensiya o’qitish tizimi, masofadan turib Internet yoki lokal tarmoq orqali o’qitishdan farq qiladi, xuddi radiodan va televideniyadan ma’ruza o’qish kabi.
Masofadan videokonferensiya tizimi – matnli axborotlar almashish, fayllar almashish imkonini beradi. Tashqi elektron doska qo’llashda o’qituvchi doskaga yozadi va bu videokonferensaloqa ko’magida boshqa auditoriya tinglovchilariga ko’rsatiladi.
Elektron doskadan masofadan o’qitish tizimi foydalanuvchilari bir xil foydalanishlari mumkin, ya’ni bir doskaga chizilgan rasm boshqa auditoriyadagi doskalarda ko’rsatiladi. Dars olib borish jarayonida videokamera avtomat tarzda ma’ruza o’qiyotgan proffessor, talaba yoki savol beruvchi tomonga buriladi.
Darslarni masofaviy o’qitishning videokonferensiya tizimidan foydalanish alohida talablar asosida tashkil etiladi. Birinchidan, o’quvchilar uchun ham o’qituvchi uchun ham alohidagi talablar qo’yiladi. Efir vaqtini tejash maqsadida, o’qituvchi avvaldan o’tadigan mavzularini taqdimot materiallar ko’rinishida tayorlab olishi talab etiladi. Masofaviy o’qitishning videokonferensiya tizimida o’qituvchi o’zini xuddi sahnadagi aktyor kabi his etishi va tinglovchilar ham oldindan darsni o’zlashtirish jarayoniga tayyor turishlari talab etiladi .
Tinglovchilarga ma’ruza bilan oldindan tanishib chiqish tavsiya etiladi. Ikkinchidan, masofadan o’qitishning videokonferensiya tizimi o’rnatilgan auditoriya maxsus jihozlangan bo’lishi kerak: qorong’ulashgan xona, oval formadagi tinglovchilar stoli va terminal kamera qurilmasi to’liq xonani va elektron doskani ko’rsatish imkoniyatiga ega bo’lishi kerak.
Masofadan o’qitishning videokonferensiya tizimidan foydalanish ishtirokchilar uchun axborot almashishda qulaylik yaratadi va ortiqcha xarajatlarni qisqartiradi.
Videokonferensiya – bu shunday kompyuter texnologiyasiki, u orqali foydalanuvchi shaxslar bir-birlarini real vaqtda ko’radi, eshitadi va ma’lumotlar bilan almashadi.
|
| |