O`zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim,fan va innovatsiyalar vazirligi Urganch Davlat universiteti Pedagogika fakulteti 5112100-texnologik ta’lim yo`nalishi 192 guruh talabasi Yakubova Niginaning “Maxsulot tayyorlash texnologiyasi” fanidan bajargan kurs




Download 2.41 Mb.
bet1/6
Sana02.08.2023
Hajmi2.41 Mb.
#77915
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
KURS ISHINigina max tayyyori
hkgkhg, gfkkyu, Kimyo -9 kaliti bilan



O`zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim,fan va innovatsiyalar vazirligi Urganch Davlat universiteti Pedagogika fakulteti 5112100-texnologik ta’lim yo`nalishi 192 - guruh talabasi Yakubova Niginaning “Maxsulot tayyorlash texnologiyasi” fanidan
bajargan


KURS ISHI

Mavzu: Turli hil sho’rvalar tayyorlash texnologiyasi


MUNDARIJA.








Mavzular

Bet


Kirish

3


Texnika xavfsizligi va sanitariya gigena qoidalari

5


Umumiy ma`lumotlar. Sho’rva turlari.

8


Sho’rvani tayyorlash.

13


Teftil sho`rva tayyorlanishi texnologiyasi.

20


Suyuq taomlari sifatiga qo‘yiladigan talablar va saqlash muddatlari



21


Хulоsa.

23


Foydalanilgan adabiyotlar.

24


KIRISH

Ma'lumki, hayot uchun zarur bo'lgan oziq-ovqat mahsulotlarning mo'l- ko'lchiligini ta'minlash, asrash, qayta ishlash, isrof qilmaslik kabi masalalar insekundt paydo bo'lgan davrlardanoq dolzarb bo'lib kelgan. Davrimiz ilmiy-texnika ravnaqi davri bo'lganligi uchun ham iste'moldagi taomlarimizga befarq qaramasdan, balki fan nuqtayi nazaridan yondashish muhim ahamiyat kasb etadi.


Pazandachilikning boshqa san'at tarmoqlari kabi o'ziga xos janrlari ham mavjud boʻlib, ular o'zbek pazandachiligida oshpazlik, kabobpazlik, novvoylik. qandolatchilik (shakarpazlik), manti pazlik, yaxnapazlik va shu kabilardir. Mana shu pazandachilik janrlarining barchasidan xabardor mutaxassislar umumiy nom bilan pazanda deb yuritiladi. Pazandachilik san'ati deb, o'simlik va hayvon xomashyolaridan inson (organizmi) uchun zarur bo'lgan turli xil lazzatli, to'yimli va pokiza taomlarni tayyorlash hamda did bilan dasturxonga tortish-tuzashning muayyan usullari yig'indisiga aytiladi. Taom tayyorlash texnologiyasining umumiy qoidasi va uslublarini saqlagan holda, birinchi navbatda, O'zbekistonda keng ko'lamda tayyorlanadigan oʻzbek milliy taomlariga, so'ngra Yevropa taomlariga e'tibor berishni lozim topdik. Pazandachilik juda nozik did va bilimni talab qiladi. Soddagina ko'ringan ayrim tadbirlar tayyor taomning to'liq shakllanmasligiga sabab bo'lib, tayyorlangan taom o'zining ko'rinishi bilan ishtaha ochishi, mazasi bilan hazm qilish organlaridagi bezlarning ishga tushahi va nihoyat, organizmda to'liq hazm bo'lishi lozim. Masalan, dukkakli donlarga birlamchi (ivitish) ishlov berish qoidalari buzilsa, donning xususiyatlari o'zgarib, kerakli lazzatga ega bo'lmaydi. Hattoki, go'shtni to'g'rash usuliga e'tibor berish lozim. Jumladan, har qaysi taom uchun go'sht to'qimasi tolasining yo'nalishini bilgan holda to'g'ralmasa, taom ko'ngildagidek chiqmaydi. Taom tayyorlash san'ati kulinariya deb ataladi va inson faoliyatining eng qadimiy tarmoqlaridan biri bo'lib hisoblanadi. Taom tayyorlash usullari jamiyat rivojlana borishi bilan birga takomillashib borgan. Ko'p asrlar davomida insekundt oziq- ovqat mahsulotlarini qayta ishlash va shu mahsulotlardan taom tayyorlash sohasida juda katta tajriba orttirgan.
Umumiy ovqatlanish korxonalarini hozirgi zamon talabida rivojlantirish uchun: oziq-ovqat sanoati tarmoqlari bilan kooperatsiyalash asosida mahsulotni yangi sanoat texnologiyasi asosida ishlab chiqarishni joriy etish, ishlab chiqarish jarayon- larini yarim tayyor yoki tayyor mahsulot tayyorlovchi yirik korxonaga aylantirish, ulami mahsulotlar bilan markazlashtirilgan usulda ta'minlashga o'tkazish lozim Bular o'z navbatida tarmoq xodimlarining ish unumdorligi oshishiga, ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatining yaxshilanishiga, xomashyodan unumli va sifatli foydalanishga, ko'p mehnat talab etuvchi ish jarayonlarini mexanizatsiyalashga imkon beradi
Umumiy ovqatlanishning xalq xo'jaligi uchun ahamiyati katta. Taomlarni umumiy ovqatlanish korxonalarida tayyorlash, kulinariya yarim fabrikatlarini joriy etish juda ko'p mehnat va vaqtni tejaydi, insonni xalq xo'jaligida va ijtimoiy- siyosiy sohalarda ishlash uchun bo'shatib olishga imkon beradi, xotin-qizlarni ro'zg'ordagi unumsiz ishlardan ozod qiladi.
Yaxshi tashkil etilgan, ilmiy-gigiyenik asosda yo'lga qo'yilgan umumiy ovqatlanish mehnatkashlar keng ommasi uchun foydali bo'lib, sanoatda va qishloq xo'jaligida mehnat unumdorligini oshirishga yordam beradi. Mamlakatimizda umumiy ovqatlanishni yaxshilash va rivojlantirishga qaratilgan hukumatimizning qator qarorlari xalqimizga qilinayotgan g'amxo'rlikni ko'rsatuvchi dalillardan biridir.

Download 2.41 Mb.
  1   2   3   4   5   6




Download 2.41 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O`zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim,fan va innovatsiyalar vazirligi Urganch Davlat universiteti Pedagogika fakulteti 5112100-texnologik ta’lim yo`nalishi 192 guruh talabasi Yakubova Niginaning “Maxsulot tayyorlash texnologiyasi” fanidan bajargan kurs

Download 2.41 Mb.