|
O‘zbekiston respublikasi oliy
|
bet | 25/66 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 386,08 Kb. | | #234492 |
Bog'liq O‘zbekiston respublikasi oliy"Odnoklassniki.ru" — sinfdoshlar, kursdoshlar, sobiq bitiruvchilar, hamda qarindosh va yaqinlarni izlab topish va ular bilan aloqa qilish uchun yaratilgan koʻp tilli ijtimoiy toʻr. Loyiha 2006-yil 4-mart kuni oʻz faoliyatini boshlagan, muallifi esa rossiyalik veb-yaratuvchi Popkov Albert. Saytning hususiy statistikasidagi berilgan maʼlumotlarga koʻra 2013-yil 1-yanvariga koʻra 205 milliondan ziyod foydalanuvchi roʻyxatdan oʻtgan. Sutkasiga 40 milliondan ortiq foydalanuvchi davomat qiladi.
Telegram — tezkor xabar almashish vositasi. Oddiy foydalanuvchilar matn xabarlashuvdan tashqari bir-birlariga har birining hajmi 2 GB gacha boʻlgan tasvir, video, audio va har xil fayllar yuborishlari hamda ovozli va video qoʻngʻiroqlarni amalga oshirishlari, kanal va guruhlarda ovozli hamda video chatlarda qatnashishlari mumkin.
Dastur Google, Android, Apple iOS, Microsoft Windows, Blackberry, MacOS, Linux va Windows Phone uchun mavjud.
Telegram foydalanuvchilari oʻz mobil telefon raqamlari orqali roʻyxatdan oʻtadilar. „Telegram“ loyihasi Pavel Durov tomonidan oʻylab topilgan.
Dunyodagi eng tezkor xabar almashish ilovasi. Bu bepul va havfsiz.
Telegram 2013-yilda aka-uka Nikolay va Pavel Durovlar tomonidan ishlab chiqilgan. 2013-yilning oktabr oyida Telegramda kunlik 100,000 foydalanuvchi bor edi. 2014-yil 24-martda esa Telegram oʻzida 35 million oylik va 15 million kunlik foydalanuvchisi borligini eʼlon qildi.[manba kerak] 2014-yil dekabr oyida Telegram kunlik 1 milliard xabar yuboradigan 50 million foydalanuvchisi borligini va auditoriyasi haftasiga bir millionga koʻpayayotganini eʼlon qildi.
Telegram dasturi MTProto protokoli asosida ishlaydi.
Telagram messenjeri obligasiyalar sotish orqali 1 milliard dollarlik sarmoya jalb qildi. Durovning maʼlum qilishicha, Telegramʼning asosiy maqsadi kelajakda oʻnlab yillar yoki asrlar davomida insoniyatga xizmat qilishi mumkin boʻlgan moliyaviy barqaror loyihaga aylanish boʻlib, 1 milliard dollar sarmoyaning jalb qilingani ushbu maqsadga erishish yoʻlidagi yana bir qadam boʻlgan. Investorlar orasida BAAning „Mubadala Investment Company“ hamda „Abu Dhabi Catalyst Partners“ kompaniyasi bor
Facebook (talaffuzi: feysbuk) — 2004-yilda Harvard universiteti talabasi Mark Zuckerberg tomonidan va qoʻshni xonadagi Eduardo Saverin, Dustin Moskovitz va Chris Hughes tomonidan asos solingan ijtimoiy tarmoq. Saytning butun dunyoda ommalashib ketgani bois, Mark Zuckerberg 23 yoshida dunyoning eng yosh milliarderi deya tan olindi.
Instagram — Kevin Systrom va Mike Krieger tomonidan yaratilgan hamda rasm va videolarni ulashish uchun moʻljallangan ijtimoiy tarmoq. Shuningdek, boshqa ijtimoiy tarmoq platformalari orqali ularni yuklash imkonini beradi. Bundan tashqari, foydalanuvchilar rasmlar va videolar uchun raqamli filtrlar qoʻllash imkoniga egadir. Instagramda videolar uchun maksimal davomiylik 60 soniyadir. Instagram Apple App Store va Android Google Play orqali bepul tarqatiladi.
Instagram Kevin Systrom va Mike Krieger tomonidan yaratilgan hamda bepul mobil ilova sifatida 2010-yilning oktabr oyida ishga tushirilgan. Dastlab, bu ilova nomi „Burbn“ boʻlgan. Keyinchalik, Systrom va Krieger, „instant camera“ („tezkor kamera“) va „telegram“ soʻzlarini birlashtirib, ilovaning nomini „Instagram“ga oʻzgartirishdi.
|
| |