5.
Rеspublikаmizdаgi аerоpоrtlаrdа yuk
tаshuvlаrigа sеrvis хizmаt
ko’rsаtish dаrаjаsi nеgа pаst?
6.
Аviаtаshuvlаrdаn qаndаy sоliq vа yig’imlаr undirilаdi?
7.
Rеspublikаmizdа tеmiryo’l trаnspоrtidа yuk vа yo’lоvchi tаshishning
хоzirgi хоlаti qаndаy?
8.
O’zbеkistоn
Rеspublikаsini
rivоjlаntirishning
“Hаrаkаtlаr
strаtеgiyasi” dа trаnspоrt хizmаtlаri ko’rsаtishni rivоjlаntirish to’g’risidа nimа
dеyilgаn?
9.
Tеmir yo’l trаnspоrtidа yuk vа yo’lоvchi tаshish muаmmоlаri
to’g’risidа gаpiring.
10. Trаnspоrt хizmаtlаri ko’rsаtishning хоrij tаjribаsi to’g’risidа
gаpiring?
V-BOB. YETKAZIB BERISH LOGISTIK ZANJIRINI
BOSHQARISH TIZIMI/
Reja:
1. Logistik zanjir tushunchasi uning moxiyati va maqsadi.
2. Yetkazib berish zanjirini rejalashtirish
3. Zamonaviy yetkazib berish zanjirining rivojlanish tendentsiyalari.
5.1. Logistik zanjir tushunchasi uning moxiyati va maqsadi.
Bozor iqtisodiyoti rivojlanishining hozirgi bosqichi logistika va ta'minot
zanjiri boshqaruviga qiziqish ortib borayotganligi bilan izohlanadi.
Logistikada u bo’ylab moddiy va axborot, moliyaviy
va servis oqimlari
ta’minotchidan iste’molchi tomon o’tib boradigan logistika zanjiri tushunchasi
mavjud.
Logistika zanjiri – moddiy va hamrohlik qiladigan oqimlar bo’yicha chiziqli
tartibga solingan hamda tashqi moddiy manbani bitta logistika tizimidan
boshqasiga yoki yakuniy iste’molchiga yetkazish bo’yicha logistika
operatsiyalarini amalga oshiruvchi logistika tizimi bo’g’inlari to’plami.
Eng oddiy logistika zanjiri ta’minotchi va iste’molchidan iborat bo’ladi.
Murakkab logistika tizimlari daraxtsimo strukturaga yoki, masalan, yo’naltirilgan
jadval ko’rinishiga ega bo’lishi mumkin. logistika zanjirining asosiy bo’g’inlari –
materiallar, xomashyo va yarim tayyor mahsulotlar xarid qilish va yetqazib berish;
mahsulot va xomashyoni saqlash;
tovarlar ishlab chiqarish; tayyor mahsulot
omboridan tovarni jo’natish; tayyor mahsulot iste’moli hisoblanadi. Logistika
tizimining har bir bo’g’ini o’z elementlarini qamrab oladi, birgalikda ular
logistikaning moddiy asosini tashkil qiladi.
Integratsiyalangan logistika nuqtai nazaridan to’liq logistika zanjirlari
tushunchasini ajratib ko’rsatish mumkin.
To’liq logistika zanjiri – moddiy resurslar ta’minotchisidan tayyor mahsulot
yakuniy iste’molchisigacha logistika tizimi bo’g’inlari chiziqli tartibga solingan
yig’indisi. Tabiiyki, real bozor sharoitlarida bunday zanjirlar amalda mavjud
bo’lmaydi. Bu logistika vositachilarining ko’p sonli ekanligi,
moddiy resurslar
ko’p assortimentli ekanligi, taqsimot kanallari tarqoq ekanligi bilan asoslanadi.
SHu sababli amaliyotda odatda «logistika kanali» tushunchasi ko’rib chiqiladi.
Logistika kanali – moddiy oqimlarni muayyan mahsulot turi (mahsulot
assortimenti) ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan moddiy resurslar
ta’minotchilaridan yakuniy iste’molchilargacha o’tkazadigan barcha logistika
zanjirlari va ularning qismlarini o’z ichiga oladigan logistika tizimi bo’g’inlari
tartibga solingan to’plami.
Logistika operatsiyalarini rejalashtirish va logistika tizimi elementlari
darajalarini tahlil qilish zarurati uni makrologistika va mikrologistikaga ajratishni
belgilab berdi.
Tovarlar va xizmatlar
bozorining globallashuvi, shuningdek, axborot
texnologiyalaridagi inqilobiy o'zgarishlar, jismoniy ta'minot oqimlarining biznes
jarayonlarining majburiy davomiyligi uchun zarur shart sifatida ta'minlashini talab
qiladi.
Logistika operatsiyalari bozorda o'zgarishlar va raqobat sharoitlari tufayli
tashqi muhit doimiy ravishda o'zgarib turadi.
Ushbu o'zgarishlarga o'z vaqtida va munosib javob qaytarish uchun har
qanday kompaniya logistika tizimini muntazam
ravishda rejalashtirish,
loyihalashtirish va qayta qurish uchun uslubiyatni talab qiladi, bu vaziyatni
hisobga olish va uning rivojlanishining ehtimoliy alternativlarini baholash
imkonini beradi. Loyiha doirasida global formatdagi logistika sohasida yangi
yo'nalish - ta'minot zanjiri loyihasi faol rivojlanmoqda.
Bu logistik tizimlarni yangi turi bo’lib, bunda umumiy xarajatlarni
minimallashtirish,
daromadni
oshirish,
mijozlarga
xizmat
ko'rsatishni
takomillashtirish va noaniqlikning tizimga ta'sirini kamaytirish
nuqtai nazaridan
yangi turdagi logistik tizimdir, bu ta'minot zanjiri boshqaruvi deyiladi.
Yetkazib berish zanjirini samarali boshqaruvini amalga oshirish uchun uning
kontseptsyasini balki klassifikatsiyasini yaxshi anglashi zarur
11
.
Xozirgi kunda respublikamiz mutaxasislari yetkazib berish zanjirini
boshkarishni rejalashtirish va modellashtirishda bir kator kiyinchiliklarga duch
kelmokdalar
Birinchidan, kompleks, multifaktoriyaviy, statsionar bo'lmagan jarayonlar
(materiallar, axborot, moliyaviy va hokazo) ularning
tavsiflari va boshqaruv
qarorlarini optimallashtirish, etarli axborot manbalarini, kuchli analitik vositalar va
zamonaviy kompyuter texnologiyalarini jalb qilishni talab qiladi.