Yoki aksincha, yuqori sifatli talab rejalarini ishlab
chiqadigan tashkilotlar
asosan mijozlarni tez qoniqtirish va xarajatlar samaradorlikning yaxshi
muvozanatidan foyda olishadi.
Bu, ayniqsa, iste'mol tovarlari sektoridagi korxonalar uchun juda muhimdir,
chunki assortiment matritsasi mingdan ortiq narsalarni chetlab o'tadi.
Bashoratni noaniqligi kata yo‘qotishlarga olib keladi: xom-ashyo va
materiallardan tuliq foydalanmaslikka, ishlab chiqarishdagi yo‘qotishlarga,
savdodagi yo‘qotishlarga va boshqa ikkilamchi yo‘qotishlarga (tovar
ishlab
chiqarish jarayonlarini to‘xtashiga, tayyor maxsulotning ortiqcha zaxirasi yig‘ilib
qolishiga).
Agarda bozor sigimini bashorati kamaytirilgan bo‘lsa, tovar narxini keskin
oshib ketishi va bozorda ushbu tovar kamyob bulib kolishiga, agarda bozor
sig‘imini bashorati ko‘patirilgan bo‘lsa unda bozorda tovarni narxi tushib ketishiga
va bozorda tovarning ortiqcha xajmi paydo bo‘lishiga olib keladi.
Uzoq
ishlab chiqarish aylanishi, talabning mavsumiy o'zgarishi, keng
mahsulot qatori va mahsulotning hayot muddati qisqarishi prognozlardagi xato
ehtimolligini oshiradi.
Talab rejasi
Iste'molchilar ehtiyojlarini qondirish uchun zarur bo'lgan jismoniy
mahsulotlar yoki xizmatlarni yetkazib berish bilan shug'ullanadigan deyarli har
qanday tashkilot tomonidan talab rejasi ishlab chiqiladi.
Quyida fikrimni davom etishdan
oldin aytib utmoqchimanki, bashorat bu-
statistika asoslangan kelajakda talabning dastlabki baholanishi, talab rejasi esa -
izchil tahlil va bashorat natijalarini tasdiqlash asosida
kelajakdagi talabning
baholashdir. Bashoratlash rejalashtirishni bosqichlaridan biri xisoblanadi.
17
Talab rejasini aniqligi: belgilangan vaqtda ta’minotchiga yetkazib berishga;
belgilangan joyda belgilangan xajimda ega bo‘lishi; asoslangan tezkor qarorlar
17
Ахрарова Д.А., Замонавий жаҳон бозорида логистик хизматларнинг ривожланиш тенденциялари. – Т.: ТДИУ,
2015.
qabul qilish; moliyaviy rejalashtirish talabga javob berishini ta’minlashga xizmat
qiladi.