Xitoy banklari bizga berayotgan qarzlar




Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/83
Sana24.10.2022
Hajmi2.97 Mb.
#27955
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   83
Bog'liq
1479-Текст статьи-4125-1-10-20200627
«mexanizmlar nazariyasi va mashina detallari», 12332132323, Fayl6, 8-sinf chizmachilik, 11-sinf test, 1. Kosmik astrofizik tekshirishlarning xususiyatlari. Kosmik nur, Asomiddin 4-5-6 amaliy topshiriqlari, Jo\'rayev Asom, 64-69, vZUeNWhig1ID3i5OtuRz2IdUGaCmtQ6FOeHNWPYs, pivo rasim, English for Mathematics, Avtomobil-haydovchi-yo‘l-piyoda-muhit, Binova va inshootlar
2. Xitoy banklari bizga berayotgan qarzlar 
Oxirgi ikki yilda Xitoyning ommaviy banklaridan yurtimiz banklari olgan 
kreditlar hajmi sezilarli darajada oshdi, bu esa ba’zi akademik doiralarda 
tashvish 
uyg‘otdi
. 2018 yil aprel va iyun oylari orasida O‘zbekistonning bir qator banklari 
Xitoy banklari bilan «ramochniy» bitim tuzib, 1 mlrd. AQSH dollaridan ortiq 
kredit shartnomalar imzolandi va moliyalashtirishning katta qismini SINOSURE 
(Xitoyning eksport kreditlarini sug‘urtalash korporatsiyasi) sug‘urtasi bilan 
qoplandi. O‘zbekiston banklari ushbu hamkorlik doirasida bundan keyin 3 yildan 
10 yilgacha bo‘lgan muddatga kredit mablag‘lari olishlari mumkin. Har bir loyiha 
uchun yakuniy shartlar alohida belgilanadigan bo‘ldi. Ushbu kredit liniyalari Xitoy 
pudratchilari tomonidan texnologik uskunalar va xizmatlarni moliyalashtirishga 
yo‘naltiriladi. Bundan tashqari, «Ipak yo‘li» Fondi O‘zbekistonning qadimiy 


shaharlarida qurilishga oid bir qator loyihalarni faol rag‘batlantirishni maqsad 
qilgan. 
Ko‘ryapmizki, davlatimizning XXR va uning ommaviy banklaridan tashqi 
qarzlari xavotirlanadigan darajada katta emas. SHunday bo‘lsada, qarz miqdori yil 
sayin ortib boryapti. Bunday vaziyatda, avvalambor, qo‘shni Qirg‘iziston va 
Tojikiston respublikalaridagi holat bizga o‘rnak bo‘lishi, tashqi qarzlarimiz 
diversifikatsiya qilinishi lozim, toki XXRga haddan ortiq bog‘lanib qolmaylik. 
Nafaqat Xitoydan, balki har qanday moliyaviy institutlardan katta qarzlarni 
olishda ehtiyotkorona yondashish lozim. Men tanish bo‘lgan ma’lumotlarga ko‘ra, 
davlatimiz Osiyo taraqqiyot banki, Jahon banki, Evropa taraqqiyot va tiklanish 
banklaridan qarz olishda multi-vektor siyosat yuritayotgani uchun hozircha katta 
xavotirga o‘rin yo‘q.
55
Prezident SHavkat Mirziyoev vaqtinchalik prezident vazifasini bajarishga 
kirishish paytidagi Oliy Majlis qo‘shma palatalari majlisidagi nutqida 
alohida 
ta’kidlaganidek
, «CHetdan qarz olish bo‘yicha konservativ yondashuv 
siyosatini davom ettirish, davlatning tashqi qarzi haddan ziyod oshib ketishiga yo‘l 
qo‘ymaslik muhim ahamiyat kasb etadi». Tashqi qarzimiz, ayniqsa davlat 
himoyasi ostida olinadigan suveren qarzlar yalpi milliy mahsulotimizning 30 
foizidan oshmasligiga jiddiy ahamiyat bersak, foydadan xoli bo‘lmaydi.

Download 2.97 Mb.
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   83




Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Xitoy banklari bizga berayotgan qarzlar

Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish