darajada samimiyligini bilib olamiz. Kuyib-pishib, ochiq yuz va dadil ovoz bilan
“Albatta bajaraman!”, desa ishonamiz, albatta.
Noverbal ta’sir-
uning ma’nosi “nutqsiz”dir. Bunga suhbatdoshlarning
fazoda bir-birlariga nisbatan tutgan o‘rinlari, xolatlari (yaqin, uzoq, intim),
qiliqlari, mimika,
pantomimika, qarashlar, bir-birini bevosita xis qilishlar, tashqi
qiyofa, undan chiqayotgan turli signallar (shovqin, hidlar) kiradi. Ularning barchasi
muloqot jarayonini yanada kuchaytirib, suhbatdoshlarning bir-birlarini yaxshiroq
bilib olishlariga yordam beradi. Masalan, agar
uchrashuvning dastlabki
daqiqalarida o‘rtog‘ingiz sizga qaramay, atrofga alanglab, “Ko‘rganimdan biram
hursandman”, desa, ishonasizmi?
Muloqot jarayonidagi xarakterli narsa shundaki, suhbatdoshlar bir-birlariga
ta’sir ko‘rsatmoqchi bo‘lishganda,
dastavval nima deyish, qanday so‘zlar
vositasida ta’sir etishni o‘ylar ekan. Aslida esa, o‘sha so‘zlar va ular atrofidagi
harakatlar muhim rol o‘ynarkan. Masalan, mashhur amerikalik olim Megrabyan
formulasiga
ko‘ra,
birinchi
marta
ko‘rishib
turgan
suhbatdoshlardagi
taassurotlarning ijobiy bo‘lishiga gapirgan gaplari 7%, paralingvistik omillar 38%,
va noverbal harakatlar 58% gacha ta’sir qilarkan. Keyinchalik bu munosabat
o‘zgarishi mumkin albatta, lekin xalq ichida yurgan bir maqol to‘g‘ri: “Ust-boshga
qarab kutib olishadi, aqlga qarab kuzatishadi”.
Muloqotning qanday kechishi va kimning ko‘proq ta’sirga ega bo‘lishi
sheriklarning rollariga ham bog‘liq. Ta’sirning tashabbuskori - bu shunday
sherikki, unda ataylab ta’sir ko‘rsatish maqsadi bo‘ladi va u
bu maqsadni amalga
oshirish uchun barcha yuqorida ta’kidlangan vositalardan foydaladi. Agar boshliq
ishi tushib, biror xodimni xonasiga taklif etsa, u o‘rnidan turib kutib oladi, iltifot
ko‘rsatadi, xol - ahvolni ham quyuqroq so‘raydi va so‘ngra gapning asosiy qismiga
o‘tadi.
Ma’lumki, gaplashayotgan odamlar biri gapiradi,
ikkinchisi tinglaydi,
eshitadi. Muloqotning samaradorligi ana shu ikki qirraning qanchalik o‘zaro
mosligi, bir-birini to‘ldirishiga bog‘liq ekan. Noto‘g‘ri tasavvurlardan biri shuki,
odamni muomala yoki muloqotga o‘rgatganda, uni faqat gapirishga, mantiqan
asoslangan so‘zlardan foydalanib, ta’sirchan gapirishga o‘rgatishadi. Uning
ikkinchi tomoni - tinglash qobiliyatiga deyarli e’tibor berilmaydi.
Mashhur
amerikalik notiq, psixolog Deyl Karnegi “YAxshi suhbatdosh - yaxshi gapirishni
biladigan emas, balki yaxshi tinglashni biladigan suhbatdoshdir” deganda aynan
shu qobiliyatlarning insonlarda rivojlangan bo‘lishini nazarda tutgan edi.
Mutaxassislarning aniqlashlaricha, ishlayotgan odamlar vaqtining 45%i
tinglash jarayoniga ketar ekan, odamlar bilan doimiy muloqotda bo‘ladiganlar 35-
40% oylik maoshlarini odamlarni “tinglaganlari” uchun olarkanlar. Bundan
shunday xulosa kelib chiqadiki, kommunikatsiyaning
eng qiyin sohalaridan
hisoblangan tinglash qobiliyati odamga ko‘proq foyda keltirarkan.
17