• Xarakter va shaxs.
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligi toshkent kimyo-texnologiya instituti “kasb ta’limi” kafedrasi




    Download 0,76 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet19/53
    Sana25.05.2024
    Hajmi0,76 Mb.
    #253273
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   53
    Bog'liq
    pedagogika psixologiya fanini oqitishda didaktik oyinli talim texnologiyalarini qollash

    Melanxolik
    –qora o‘t mikdori bilan bog‘liq deb, hisoblanadi. Bu tipdagi odam 
    «og‘ir karvon», «tepsa tebranmas», atrofida sodir bo‘layotgan xodisalarga va 
    odamlarga loqayd, «dunyoni suv bossa, tupigiga chiqmaydigan» tip. Antik davr 
    psixologiyasidagi bu turlar keyin yana kup marta tadbiqqilinib, yana shu turt tip 
    nomi saqlanib qolgan.
    Temperamentning 4 tipi bor:
    Xolerik – «jangovar, jushkin, oson va tez ta’sirlanadigan tip». (I. P. Pavlov). 
    CHakkon, tez xarakat kiladi, kattik va tez gapiradi, uzini tutib turishi kiyin, bazan 
    xato javob kaytaradi.
    Sangvinik – xarakatchan, muvozanatli tip. YAngi shart sharoitga tez 
    moslashadi, tez ishga kirishib tez soviydi, uz urnini, rolini tez 
    almashtiradi,begaraz, kek saklamaydigan tip. («Bir kop yongok»). 
    Flegmatik – xissiyotlari sekin paydo buladi, ammo barkaror va davomli 
    buladi. U vazmin va yuvosh, uning jaxlini chikarish kiyin, lekin jaxli chiksa 
    tuxtatish xam kiyin, kasoskor, ginachi. 
    Melanxolik – reaksiyalari kupincha kuzgovchining kuchiga tugri kelmaydi, 
    lokayd, lanj, uzini tez yukotib kuyadi, biror ishda tashabbuskorlik kursatmaydi. 
    Xissiyotlari juda sekin paydo buladi.
    SHulardan kelib chiqqan xolda, shaxsning mehnat qilish uslubini tanlash va 
    professional mahoratni o‘stirishda ayni shularga e’tibor berish kerak. Masalan, 
    ba’zilar xoleriklarga o‘xshash qiziqqon, tezkor bo‘lishadi. Uning mehnat 
    jarayonidagi ishini kuzatadigan bo‘lsak, faollik, ishni tez bajarishga layoqat ijobiy 
    bo‘lsa, uning sifati, chala tashlab ketish havfi, ba’zi tomonlariga yuzaki qarashi 
    kishini o‘ylantiradi. SHu nuqtai nazardan olib qaralganda, hayotda sof 
    temperament ham bo‘lmaydi va u yoki bu temperament tipi juda yaxshi ham emas. 
    har bir tipning o‘ziga xos nozik, kuchsiz tomonlari va shu bilan birga kuchli, ijobiy 
    tomonlari ham bo‘ladi. 
    Xarakter va shaxs.
    Kundalik hayotimizda tilimizda “xarakter” so‘zi eng ko‘p 
    ishlatiladigan so‘zlardan. Uni biz doimo birovlarga baho bermoqchi bo‘lsak, 
    ishlatamiz. Bu so‘zning ma’nosini olimlar “bosilgan tamg‘a” deb ham izohlashadi. 
    Tamg‘alik alomatlari nimada ifodalanadi o‘zi? 
    Xarakter - shaxsdagi shunday psixologik, sub’ektiv munosabatlar majmuiki, 
    ular uning borliqqa, odamlarga, predmetli faoliyatga hamda o‘z-o‘ziga 
    munosabatini ifodalaydi. Demak, “munosabat” kategoriyasi xarakterni 
    tushuntirishda asosiy hisoblanadi. B.F. Lomovning ta’biricha, xarakter shaxs ichki 
    dunyosining asosini tashkil etadi va uni o‘rganish katta ahamiyatga ega. 
    23 


    Munosabatlarning xarakterdagi o‘rni xususida fikrlar ekan, V.S.Merlin ularning 
    mazmunida ikki komponentni ajaratadi:
    a) emotsional - kognitiv - borliq muhitning turli tomonlarini shaxs qanday 
    emotsional xis qilishi va o‘zida shu olamning emotsional manzarasini yaratishi; 
    b) motivatsion - irodaviy - ma’lum harakatlar va xulqni amalga oshirishga 
    undovchi kuchlar. Demak, bizning munosabatlarimiz ma’lum ma’no va mazmun 
    kasb etgan munosabatlar bo‘lib, ularning har birida bizning xissiy kechinmalarimiz 
    aks etadi va xarakterimiz namoyon bo‘ladi. 
    Mashhur rus olimi, psixologiya fanining metodologiyasini yaratgan S.L. 
    Rubinshteyn shaxsning o‘ziga xosligi va xarakterologik tizimda uchta asosiy 
    tuzilmalarni ajratgan edi; 
    Munosabatlar va yo‘nalish shaxsdagi asosiy ko‘rinishlar sifatida - bu 
    shaxsning hayotdan nimani kutishi va nimani xohlashi.
    Qobiliyatlar ana shu tilak-istaklarni amalga oshirish imkoniyati sifatida - bu 
    odamning nimalarga qodir ekanligi. 
    Xarakter imkoniyatlardan foydalanish, ularni kengaytirishga qaratilgan 
    turg‘un, barqaror tendensiyalar, ya’ni bu odamning k i m ekanligi. 
    Bu nuqtai nazardan qaraganda ham, xarakter shaxsning “tanasi”, borligi, 
    konstitutsiyasidir. Xarakterning boshqa individual psixologik xususiyatlardan farqi 
    shuki, bu xususiyatlar ancha o‘zgaruvchan va dinamik, orttirilgandir. SHuning 
    uchun ham maktabdagi ta’limdan oliy o‘quv yurtidagi ta’limga o‘tish faktining 
    o‘zi ham o‘spirinda ma’lum va muhim o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi. 
    Umuman, konkret shaxs misolida olib qaraydigan bo‘lsak, har bir alohida 
    ob’ektlar, narsalar, xodisalarga mos tarzda xarakterning turli qirralari namoyon 
    bo‘lishining guvohi bo‘lishimiz mumkin. Masalan, uyda (katta o‘zbek oilasi 
    misolida oladigan bo‘lsak) katta yoshli ota-onalar oldida o‘ta bosiq, ko‘nuvchan, 
    har qanday buyurilgan ishni e’tirozsiz bajaradigan kishi, o‘z kasbdoshlari orasida 
    doimo o‘z nuqtai nazariga ega bo‘lgan, gapga chechan, kerak bo‘lsa, qaysar, dadil 
    bo‘lishi, ko‘chada jamoatchilik joylarida beg‘am, loqayd, birov bilan ishi yo‘q 
    kishiday tuyulishi, o‘ziga nisbatan esa o‘ta talabchan, lekin egoist, o‘z-o‘ziga 
    bahosi yuqori bo‘lishi mumkin. Demak, xarakterning psixologik tizimini tahlil 
    qiladigan bo‘lsak, uning borliqdagi ob’ektlar va predmetli faoliyatga nisbatan 
    amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. SHuning uchun ham psixologiyada 
    xarakterning quyidagi tizimi e’tirof etiladi: 
    Mehnat faoliyatida namoyon bo‘ladigan xarakterologik xususiyatlar - 
    mehnatsevarlik, mehnatkashlik, tashabbuskorlik, ishga layoqat, ishga qobillik, 
    mas’uliyat, dangasalik, qo‘nimsizlik va boshqalar. 
    Insonlarga nisbatan bo‘lgan munosabatlarda namoyon bo‘ladigan 
    xarakterologik sifatlar - odoblilik, mehribonlik, takt, jonsaraklik, dilgirlik, 
    muloqatga kirishuvchanlik, altruizm, g‘amho‘rlik, rahm - shafqat va boshqalar. 
    24 


    O‘z-o‘ziga munosabatga aloqador xerekterologik sifatlar - kamtarlik, 
    kamsuqumlilik, mag‘rurlik, o‘ziga bino qo‘yish, o‘z o‘zini tanqid, ibo, sharmu - 
    hayo, manmansirash va boshqalar. 
    Narsalar va xodisalarga munosabatlarda namoyon bo‘ladigan xususiyatlar - 
    tartiblilik, oqillik, saronjom - sarishtalik, qo‘li ochiqlik, ziqnalik, tejamkorlik, 
    pokizalik va boshqalar. 
    Xarakter - tarixiy kategoriya hamdir. Buning ma’nosi shuki, har bir ijtimoiy - 
    iqtisodiy davr o‘z kishilarini, o‘z avlodini tarbiyalaydi va bu tafovut odamlardagi 
    xarakterologik xususiyatlarda o‘z aksini topadi. Masalan, o‘tgan asr o‘zbeklari, XX 
    asrning 50 - yillaridagi o‘zbeklar va mustaqillik yillarida yashayotgan o‘zbeklar 
    psixologiyasida farq avvalo ularning xarakterologik sifatlarida aks etadi. 
    Aminmizki, XX1 asrning yosh avlodlari yanada zukkoroq, irodaliroq, ma’rifatli va 
    ma’naviyatliroq bo‘ladi. Mamlakatimizda hozirgi kunda amalga oshirilayotgan 
    sa’y-harakatlar yangi asr avlodining ruhan va jismonan sog‘lom bo‘lishiga zamin 
    yaratmoqda.
    Xarakter xususiyatlarining nimalarda namoyon bo‘lishi, ularning belgilari 
    masalasi ham amaliy jihatdan muhimdir. 
    Avvalo xarakter insonning hatti- harakatlari va amallarida namoyon bo‘ladi - 
    odamning ongli va maqsadga qaratilgan harakatlari uning kim ekanligidan darak 
    beradi. 
    Nutqining xususiyatlari (baland tovush bilan yoki sekin gapirishi, tez yoki 
    bosiqligi, emotsional boy yoki jonsiz) ham xarakterning yo‘nalishini belgilaydi. 
    Tashqi qiyofa - yuzining ochiq yoki tund ekanligi, ko‘zlarining samimiy yoki 
    johilligi, qadam bosishlari - tez yoki bosiq, mayda qadam yoki salobatli, turishi - 
    viqorli yoki kamtarona, bularning hammasi xarakterni tashqaridan kuzatib 
    o‘rganish belgilaridir. 

    Download 0,76 Mb.
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   53




    Download 0,76 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligi toshkent kimyo-texnologiya instituti “kasb ta’limi” kafedrasi

    Download 0,76 Mb.
    Pdf ko'rish