duch kelganda, ilmsizlikdan hosil bo‘lgan fikrlar va ilmiy xulosalarni qanday qilib
bir-biridan farqlab, ajrata olamiz? Insonlarning fikrlash, his qilish va xatti-
harakati sabablarini tushunish uchun qanday qilib psixologiya fanidan mukammal
foydalanishmiz mumkin?
Psixologiya faniga bo‘lgan zaruriyat: Nega ilmiy yondashuvdan hosil bo‘lgan
xulosalar intuitsiya va umumiy odatiy ong orqali hosil bo‘lgan xulosalardan ko‘ra
ishonchliroqdir? Ba’zi insonlar o‘ylaydilarki, psixologiya fani odamlar
shundog‘am biladigan narsalarni shunchaki ilmiy tilda qog‘ozga tushurish bilan
shug‘ullanadi: «Ppsixologiya fani orqali kritik tahlil qilishning nimasi yangilik
bo‘lib holdai – mening buvijonim allaqachon bilgan narsalarni qiziqarli metod va
tajribalaring orqali isbotlaysan va buning uchun sen haq olasan, xolosmi?». Bu
o‘rinda boshqalar esa intuitsiyaga ishonadilar: «Har birimizning tub-tubimizda
eng ishonchli yo‘lni ko‘rsatadigan instinkt va yurakdan his qiladiganimiz,
yo‘lboshchimiz bor – biz shunchaki o‘sha tuyg‘ularga erk bersak, bo‘ldi», – deya
maslahat bergan edi Britaniya shahzodasi CHarlz
3
Xarakter va uning
rivojlanishi, namoyon bo‘lishi uchun umumiy qonuniyat
shuki, u tashqi muhit ta’sirida, turli xil munosabatlar tizimida shakllanadi va
sharoitlar o‘zgarishi bilan o‘zgaradi. Har bir kasb - hunar o‘zining
talablari majmui
- professogrammasiga egaki, u shu kasb bilan shug‘ullanayotganlardan o‘ziga xos
psixologik qirralar va xossalar bo‘lishini taqozo etadi (psixometriya). SHuning
uchun ham vrachning, o‘qituvchining, muxandisning, harbiylarning, artistlarning
va boshqalarning professoional sifatlari haqida alohida gapiriladi. Ana shu kasb
sohiblari, ularning ish mobaynida ko‘rsatadigan individualligi ichida esa
xarakterologik o‘ziga xoslik katta ahamiyatga ega va buni nafaqat shaxsning o‘zi,
balki uni o‘rab turgan boshqalar ham yaxshi bilishlari kerak.