yoki m- ta’lim deb atalmish talabalar o‘rganishiga olib keldi (Vassell va boshq.,
2006). Masalan, audiotanishish va SMSlar darslarga qisman yoki sabablarga ko‘ra
kela olmagan talabalar uchun ma’lumotlarni olishda alternativ vosita xisoblanadi.
Ta’limda ushbu mexanizmlar va o‘quv vositalaridan
foydalanish asta-sekin
birinchi bosqichda qo‘llab-quvvatlanib kelmoqda va talabalar bilim olishida keng
imkoniyatlar yaratadi”14.
Ta’lim-tarbiya jarayonida asosan o‘quvchi-talabalarda ta’lim olish
motivlarini, ularning turli yo‘nalishdagi qobiliyat va qiziqishlarini oshiradigan,
biror kasbga moyilliklariniko‘rsatadigan didaktik o‘yinlardan foydalaniladi.
Didaktik o‘yinlar nazariy, amaliy, jismoniy, roli, ishchanlik va boshqa yo‘nalishlar
bo‘yicha turlarga ajratiladi. Hozirda kompyuter vositasidagi didaktik o‘yinlar
alohida ahamiyatga ega.
Didaktik o‘yinlar o‘quvchi-talabalarda tahlil qilish, mantiqiy fikrlash, tadqiq
qilish, hisoblash, o‘lchash, yasash, sanash, kuzatish, solishtirish, xulosa chiqarish,
mustaqil
qaror qabul qilish, guruh yoki jamoa tarkibida ishlash, axloq-odob
o‘rgvtish, nutq o‘stirish, til o‘rgatish, yangi bilimlar o‘rgatish va boshqa faoliyat
turlarini rivoj-lantirishga yo‘naltirilgan o‘yinlarga ajratiladi.
Didaktik o‘yinlardan alohida foydalanish orqali
boshqa usullar yordamida
erishish qiyin bo‘lgan ta’lim-tarbiyaviy maqsadlarni amalga oshirish ko‘zda
tutiladi. Turli o‘quv fanlariga oid didaktik o‘yinlar mavjud bo‘lib, ular shu fanlarni
sifatli o‘rgatish maqsadlariga xizmat qiladi.
Umumiy o‘yinlar nazariyasiga ko‘ra, mavjud barcha o‘yin turlarini
tasniflashda ularni funkfional, mavzuli, konstruktiv,
didaktik, sport va harbiy
o‘yinlarga ajratiladi. Bularning orasida dilaktik o‘yinlar alohida ahamiyatga ega.
O‘yinlar maktab yoshidagi bolalarning asosiy faoliyat shakli hisoblanali. Bu esa
pedagog va psixolog olimlar tomonidan shu yosh davridagi o‘yinlarning ta’lim-
tarbiyaviy ahamiyatini o‘rganish va yanada oshirish bo‘yicha tadqiqotlar olib
borilishiga asos bo‘ladi.
Natijada, oldingi asrning 60 –yillari
boshidan AQSHda, so‘ngra boshqa
g‘arb mamlakatlarida ishchanlik o‘yinlari qo‘llanila boshladi. Ishchanlik o‘yinlari
tadqiqotchilari bu usulni eng asosiy, samarali va tejamli ta’lim metodlaridan iborat
deb ta’kidlaganlar.
Didaktik o‘yinlarning yana bir turi – aqliy hujum usulini birinchi marta 1939
yilda A.F.Osborn qo‘llagan. Bu usulni g‘oyalar banki deb nomlagan. U
muammolarni quyidagicha echishga asoslanadi:
-
muammoli vaziyat yaratish:
-
g‘oyalarni shakllantirish:
-
eng yaxshi g‘oyalarni tekshirish, baholash va uni echish bo‘yicha iloji boricha
ko‘p, ba’zan, batamom kutilmagan g‘oyalarni berish uchun eng qulay sharoit
yaratilishi aqliy hujum mashg‘uloti samaradorligini belgilaydi.
43