«Curishtiruv organi boshlig‘i» texnologiyasi




Download 0,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/53
Sana25.05.2024
Hajmi0,76 Mb.
#253273
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   53
Bog'liq
pedagogika psixologiya fanini oqitishda didaktik oyinli talim texnologiyalarini qollash

3. «Curishtiruv organi boshlig‘i» texnologiyasi. 
Bu usul talabalarni ijodiy, 
mustaqil, obrazli fikrlashga o‘rgatadi.
 
Ish rejasini tuzish, tanqidiy fikrlash 
qobiliyatlarini rivojlantirishga
 
yordam beradi. Masalan, «O‘zini-o‘zi boshqarish», 
«Rahbarning tashkiliy
 
qobiliyatlari», deb nomlanuvchi mavzularning yakunida 
«Curishtiruv organi boshlig‘i» degan yangi
 
usuldan foydalaniladi. Har bir talabaga 
varaqlar tarqatiladi, ularda «Men YOXB boshlig‘i», «Men-tergovchi», «Men-
surishtiruvchi», «Men-ekspert», «Men-mutahassis», «Men-guvoh», «Men-xolis»
kabi savollar yozilgan bo‘ladi. Har bir guruh talabasi o‘ziga tushgan
 
faoliyatni 
ta’riflab, mazmunini ochib beradi,uning ish yuritishi va hatto,
 
kiyinishigacha 
gapirib beradi. Javob beruvchi talabaga beriladigan savollarning 5-7 tadan 
oshmasligi shart. Oxirida tahlil qilingan obrazning ishi va uning kasbiy sifatlari, 
mehnat faoliyatining mazmuni, ish sharoitlari, o‘ziga xos harakatlarining 
manzarasi ifodalanadi. Bu o‘yin-usuli talabalarni ijodiy, mustaqil, obrazli 
fikrlashga o‘rgatadi. Ish rejasini tuzish, tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini 
rivojlantiradi. Psixotexnik o‘yinlar didaktik o‘yinlarning o‘ziga xos xususiyatiga 
ega bo‘lgan turi hisoblanadi. Bu o‘yinlar o‘quv jarayonida kerak bo‘luvchi malaka,
 
xotira, fikrlash, diqqat va tasavvur kabilarni shakllantiruvchi o‘qitish usuli 
hisoblanadi. 
Didaktik o‘yinli mashg‘ulotlar 
Ta’lim jarayonida didaktik o‘yinli texnologiyalar didaktik o‘yinli dars shaklida 
qo‘llaniladi. Ushbu darslarda talabalarning bilim olish jarayoni o‘yin faoliyati 
orqali uyg‘unlashtiriladi. SHu sababli talabalarning ta’lim olish faoliyati o‘yin 
faoliyati bilan uyg‘unlashgan darslar didaktik o‘yinli darslar deb ataladi. 
Inson hayotida o‘yin faoliyati orqali quyidagi vazifalar amalga oshiriladi: 
o‘yin faoliyati orqali shaxsning o‘qishga, mehnatga bo‘lgan qiziqishi 
ortadi; 
o‘yin davomida shaxsning muloqotga kirishishi ya’ni, kommunikativ-
muloqot madaniyatini egallashi uchun yordam beriladi; 
shaxsning o‘z iqtidori, qiziqishi, bilimi va o‘zligini namoyon etishiga 
imkon yaratiladi; 
hayotda va o‘yin jarayonida yuz beradigan turli qiyinchiliklarni engish va 
mo‘ljalni to‘g‘ri olish ko‘nikmalarining tarkib topishiga yordam beradi; 
o‘yin jarayonida ijtimoiy normalarga mos xulq-atvorni egallash, 
kamchiliklarga barham berish imkoniyati yaratiladi; 
shaxsning ijobiy fazilatlarini shakllantirishga zamin tayyorlaydi; 
46 


insoniyat uchun ahamiyatli bo‘lgan qadriyatlar tizimi, ayniqsa, ijtimoiy, 
ma’naviy-madaniy, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni o‘rganishga 
e’tibor qaratiladi; 
o‘yin ishtirokchilarida jamoaviy muloqot madaniyatini rivojlantirish ko‘zda 
tutiladi. 
Didaktik o‘yinli mashg‘ulotlarni talabalarning bilim olish va o‘yin 
faoliyatining uyg‘unligiga qarab: syujetli-rolli o‘yinlar, ijodiy o‘yinlar, 
ishbilarmonlar o‘yini, konferensiyalar, o‘yin-mashqlarga ajratish mumkin. 
O‘qituvchi-pedagog avval talabalarni individual (yakka tartibdagi), so‘ngra guruhli 
o‘yinlarga tayyorlashi va uni o‘tkazishi, o‘yin muvaffaqiyatli chiqqandan so‘ng 
esa, ularni ommaviy o‘yinlarga tayyorlashi lozim. Chunki talabalar didaktik o‘yinli 
mashg‘ulotlarda faol ishtirok etishlari uchun zaruriy bilim, ko‘nikma va 
malakalarga ega bo‘lishlari, bundan tashqari, guruh-jamoasi o‘rtasida hamkorlik, 
o‘zaro yordam vujudga kelishi lozim. 
O‘qituvchi-pedagog didaktik o‘yinli mashg‘ulotlarni o‘tkazishga qizg‘in 
tayyorgarlik ko‘rishi va uni o‘tkazishda quyidagi didaktik talablarga rioya qilishi 
talab etiladi: 
1. Didaktik o‘yinli mashg‘ulotlar dasturda qayd etilgan mavzularning 
ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsad hamda vazifalarini hal qilishga 
qaratilgan bo‘lishi; 
2. Jamiyatdagi va kundalik hayotdagi muhim muammolarga bag‘ishlanib, 
ular o‘yin davomida hal qilinishi; 
47 


3. Barkamol shaxsni tarbiyalash tamoyillariga va sharqona odob-axloq 
normalariga mos kelishi; 
4. O‘yin tuzilishi jihatidan mantiqiy ketma-ketlikda bo‘lishi; 
5. Mashg‘ulotlar davomida didaktik prinsiplarga amal qilinishi va eng kam 
vaqt sarflanishiga erishishi kerak 

Download 0,76 Mb.
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   53




Download 0,76 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 «Curishtiruv organi boshlig‘i» texnologiyasi

Download 0,76 Mb.
Pdf ko'rish