|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligi toshkent kimyo-texnologiya instituti “kasb ta’limi” kafedrasiBog'liq pedagogika psixologiya fanini oqitishda didaktik oyinli talim texnologiyalarini qollash“Kosmik tezlik” o‘yini.
Mazkur o‘yinning asosiy quroli – to‘pcha
(koptok)ga guruh a’zolari doira shaklida turib, tez-tez bir-birlariga uzatishlari
hisoblanadi. Uzatishda bir mavzu yo‘nalishi tanlanadi (masalan, temperament,
xarakter va h.k.). oxirgi tugagan harf asosida to‘pchani uzatgan holda nomlar
davom ettirilishi kerak. SHartni to‘liq bajargan guruh g‘olib hisoblanadi.
O‘yinning maqsadi – guruh talabalari orasidagi harakatlarning muvofiqligi,
psixologik moslik, harakatlarning birligi, tezkor fikr va topqirlik kabilarni
shakllantirishga qaratilgan. Masalan, 3-kurs talabalari o‘rtasida tashkil etiladigan
bu o‘yinda mavzu «Shaxsning individual psixologik xususiyatlari” mavzusining
mazmun va moxiyati» tanlangan.
Sinf jamoasi ikkiga bo‘linib, o‘ynashadi va o‘yin nihoyasida g‘olib guruh
aniqlanadi.
Birinchi guruh aytgan nomlar qiya va tagiga chizilgan harflarda yozilgan.
Temperament
→ Tarixiy kategoriya →
YAlqovlik
→ Kamtarlik→ Ko‘ngilchan
→
Nazokat
→....................
O‘rtoq talabalar! Bu o‘yinda birinchi guruh g‘olib bo‘ldi.
Endi «Kosmik tezlik» ekspert chamadoni misolida tashkil etamiz.
Lupa
→ Arqon →
Nomerlar
→ Ruletka →
Arra
→ Aptechka→
A 4
listlar
.
O‘rtoq talabalar! Bu o‘yinda birinchi guruh g‘olib bo‘ldi.
2. “Uchta gap” o‘yini.
O‘qituvchi qisqa matnni yoki hikoyani
o‘qib beradi
(quyida berilgan). Talabalar tomonidan ushbu matn yo hikoyani diqqat bilan
eshtib, uning mazmunini uchta oddiy gap bilan bayon qilishlari kerak. Matn yo
hikoyaning mazmunini aniq hamda qisqa bayon qilgan talaba g‘olib bo‘ladi.
Xikoya:
Bir kuni otam menga bilaguzuk sotib olib berdi. O‘zimda yo‘q xursand
bo‘lib, dugonalarimga ko‘rsatdim. O‘gay onam o‘ziga marjon, uzuk, bir qancha
bilaguzuk sotib oldi… Menga nima?! Otamning boyib keganiga suyundim, xolos.
Marjonimda quyosh nurlari tovlanayotganiga mahliyo bo‘lib o‘tirgandim. Birdan
vahimali gumbur-gumbur eshitildi: kattakon moshina bog‘imizni vayron
qilayotgan ekan, palmalarimga asta-sekin yaqinlashyapti… CHinqirgancha,
chopib borib, moshinaning oldiga o‘tirib oldim… O‘gay onam qo‘limdan sudrab:
– Bog‘ni sotdik. Bu erga ko‘cha tushadi… – dedi.
Men uning sochlarini yulib, yuziga chang soldim…
– Bu bilaguzuging qaysi pulga kelganini bilasanmi o‘zi?!
Bilaguzukni moshina tagiga tashladim… Keyin… meni shu yoqqa olib kelishdi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligi toshkent kimyo-texnologiya instituti “kasb ta’limi” kafedrasi
|