KIRISH
Mavzuning dorzarbligi.
Jamiyat rivojlanishining har bir bosqichida ta’lim
mazmuni muayyan maqsad va vazifalarga ega bo‘ladi. Yurtimizda 27.07.2017
yilda qabul qilingan PQ 3151 “Oliy ma’lumotli mutaxassislar
tayyorlash sifatini
oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorda “O‘qitishning zamonaviy shakllari va
metodlarini, kompyuter va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ta’lim
jarayoniga joriy etish, oliy ta’lim muassasalarini zamonaviy o‘quv-laboratoriya
anjomlari va o‘quv-metodik adabiyotlar bilan ta’minlash,
ilmiy-tadqiqot va
innovatsiya faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, oliy ta’lim
muassasalarining zamonaviy ilmiy laboratoriyalarini tashkil etish va rivojlantirish
choralarini ko‘rish” kerakligi keltirib o‘tilgan. SHundan kelib chiqib ta’lim
mazmuni davr talabi, nazariy bilim va ishlab chiqarish taraqqiyoti darajasiga mos
ravishda o‘zgarib turadi. Ta’lim mazmuni ijtimoiy hodisa sifatida maydonga
keladi va u o‘zining boshlang‘ich davrida amaliy ahamiyat
kasb etgan, ya’ni
insonlarning hayotiy ehtiyojlari uchun zarur hisoblangan bilimga bo‘lgan talabini
qondirgan. Ijtimoiy taraqqiyot ta’limning madaniyatshunoslik funktsiyasini
yuzaga keltirdi. Ta’limning rivojlanishiga boshqa ijtimoiy omillar ham ta’sir
ko‘rsatdi, natijada hukmron sinflar umummadaniy va takomillashib boruvchi
bilimga o‘z monopoliyasini o‘rnata boshladilar, aholining asosiy qatlamlari esa
kundalik turmushda zarur bo‘ladigan amaliy bilimlarnigina egalladilar.
Hozirgi kunda ta’limni tashkil etishda rolli o‘yinlardan samarali
foydalanishga e’tibor berilmoqda. O‘yin chog‘ida mahsuldor emas, balki jarayonli
faoliyat tashkil etilganligi bois o‘quvchilar tasviriy vaziyatlarni
yaratish asosida
o‘zlarining atrof-muhitga bo‘lgan munosabatlarini tabiiy namoyon eta oladilar.
O‘yinli faol faoliyat esa ularning ijodiy imkoniyatlarini oishrib, tafakkurini
rivojlantirishga yordam beradi. O‘quvchilarning nazariy bilimlarni amaliy
ko‘nikma va malakalarga aylantirish, ularda ta’limiy faollikni yuzaga keltirish,
ularni ijtimoiy munosabatlar jarayoniga keng jalb etishda rolli o‘yinlar o‘ziga xos
o‘rin tutadi.
O‘yin texnologiyalari ta’lim samaradorlishni ta’minlash, o‘quvchilarda
faollikni yuzaga keltirish, bilim, ko‘nikma, malakalarni shakllantirish, vaqtni
qisqartirish, ta’limni jadallashtirishga yordam beradi.
O‘yin jarayonida namoyon bo‘luvchi psixologik xususiyatlar har o‘quvchiga
shaxsiy imkoniyatlarini namoyish
eta olish imkonini beradi, ularning ijtimoiy
hayotda egallagan o‘rnini barqarorlashtiradi, ularda o‘z-o‘zini boshqarish
ko‘nikmalarini hosil qiladi.
O‘yin texnologiyalari nazariy bilimlarni mustahkamlab, amaliy
ko‘nikmalarning malakalarga aylanishini ta’minlab qolmay, o‘quvchilarda
muayyan axloqiy, irodaviy sifatlarni ham tarbiyalaydi.
6
Didaktik o‘yinlar texnologiyalari o‘quvchi-talaba faoliyatini faollashtirish va
jadallashtirishga asoslangan. Ular o‘quvchi-talaba shaxsidagi ijodiy imkoniyatlarni
ro‘yobga chiqaradi va rivojlantirishning amaoiy echimlarini aniqlash va amalga
oshirishda kata ahamiyatga ega.
Didaktik o‘yinlarning asosiy turlari: intellektual (aqliy) va harakatli hamda
aralash o‘yinlardan iborat. Bu o‘yinlar
ishtirokchilarda aqliy, jismoniy, axloqiy,
psixologik, estetik, badiiy, tadbirlik, mehnat va boshqa ko‘nikmalarni
rivojlantirishga yordam beradi.
“Ba’zi talabalar ma’ruzalarda foydalaniladigan an’anaviy ta’lim usullaridan
qoniqib o‘qiydi, ba’zilari amaliyotni ma’qul ko‘radi, ba’zilari
esa ilmiy-tadqiqod
ishlarni, muammoli vaziyatlarni, katta chaqiriqli ta’lim usullarni xush ko‘radi va
o‘shanga javob beradi. Talabalar turli xil usullar orqali ta’lim olishi o‘ta muxim.
Ta’lim-tarbiya jarayonida asosan o‘.uvchilarda ta’lim olish motivlarini,
ularning turli yo‘nalishdagi .obiliyat va .izi.ishlarini oshiradigan,
biror kasbga
moyilliklariniko‘rsatadigan didaktik o‘yinlardan foydalaniladi. Didaktik o‘yinlar
nazariy, amaliy, jismoniy, roli, ishchanlik va bosh.a yo‘nalishlar bo‘yicha turlarga
ajratiladi. .ozirda kompyuter vositasidagi didaktik o‘yinlar alo.ida a.amiyatga ega.
Ta’lim-tarbiya jarayonida asosan o‘quvchi-talabalarda ta’lim olish
motivlarini, ularning turli yo‘nalishdagi qobiliyat va qiziqishlarini oshiradigan,
biror kasbga moyilliklariniko‘rsatadigan didaktik o‘yinlardan foydalaniladi.
Didaktik o‘yinlar nazariy, amaliy, jismoniy, roli, ishchanlik va boshqa yo‘nalishlar
bo‘yicha turlarga ajratiladi. Hozirda kompyuter vositasidagi didaktik o‘yinlar
alohida ahamiyatga ega.
Didaktik o‘yinlar o‘quvchi-talabalarda tahlil qilish, mantiqiy fikrlash, tadqiq
qilish, hisoblash, o‘lchash, yasash, sanash, kuzatish, solishtirish, xulosa chiqarish,
mustaqil qaror qabul qilish, guruh
yoki jamoa tarkibida ishlash, axloq-odob
o‘rgvtish, nutq o‘stirish, til o‘rgatish, yangi bilimlar o‘rgatish va boshqa faoliyat
turlarini rivoj-lantirishga yo‘naltirilgan o‘yinlarga ajratiladi.
Tadqiqot dorzarbligi shundaki o‘qituvchi darsda o‘yinli usullar hamda
vositalar bilan olib borsa auditoriyada o‘tirgan o‘quvchilarning yodidan uzoq vaqt
ko‘tarmaydigan darajada qoladi, hamda qaysi paytda so‘ralsa ham o‘sha javob
berishga harakat qiladi. O‘quvchi birinchi navbatda nima esda qoladi albatda
ko‘rgan va eshtgan hayotiy voqealikka ishonadi va shunga qiziqadi bu o‘z
navbatida fanga ham shunday qiziqishlari va o‘zlashtirishlari namoyon bo‘ladi.
O‘qituvchi bu didaktik o‘yinlarni foydalanar ekan demak
uning odiydan murakkab
prisiplariga amal qilishlari lozim, albatda.
7