• Mundarija Kirish ………………………………………………………………..3 Bob ixtiro va ixtirochilik haqida umumiy tushunchalar..…7
  • O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligi




    Download 0.61 Mb.
    bet1/9
    Sana19.10.2022
    Hajmi0.61 Mb.
    #27486
      1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Jamshid aka uchun kurs ishi
    Toxshkent tibbiyot akademiyasi, Mustaqil ish117, Mustaqil ish118, kundalik, Buxoro davlat universiteti, inegral MATEMATIK TAHLIL, 2022 yil 5 sentyabrdan

    o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligi
    Chirchiq davlat pedagogika universiteti
    Sport va chaqiriqqacha harbiy ta’lim fakulteti
    5112100 – Texnologik ta’lim yo‘nalishi
    Texnik ijodkorlik va konstruksiyalash fanidan
    Kurs ishi

    Mavzu: Ixtirochilik va ixtiro tushunchasi

    “himoyaga tavsiya etildi”
    Kafedra mudiri:____________






    Mundarija
    Kirish ………………………………………………………………..3

    1. Bob ixtiro va ixtirochilik haqida umumiy tushunchalar..…7

      1. Ixtiroga va ixtirochilikga tarif …………………………………13

      2. ixtironing yaratilishi …………………………………………….19

    1. bob ixtiro va kashfiyotning farqlari. Patent …………………24

    2.1 patent va patent idoralari haqida …………………………………23
    2.2 kashfiyotlarning turlari va misollar ……………………………26
    Xulosa ………………………………………………………………27
    Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………..28

    Kirish
    Tarixan qisqa lekin xalqimiz uchun sermazmun va samarali boʻlgan 30 yil davomida davlat va jamiyat qurish yoʻlida ulkan ishlar amalga oshirildi. Mamlakatimizda qabul qilingan Harakatlar strategiyasida oʻz oldimizga ulkan vazifalarni qoʻydi.
    Belgilangan strategik maqsadni amalga oshirish, mamlakatimiz taraqqiyotini yangi, yuqori bosqichga koʻtarishda taʼlim sohasini ham muhim oʻrin tutadi. Zero, taʼlim va tarbiya masalasi har qanday jamiyat rivojining ustuvor yoʻnalishi sanaladi. Xalqimizning asosiy tayanchi va suyanchi boʻlgan yoshlarga bilim berayotganimizdan, yuqori bilim va malakaga ega boʻlgan, raqobatdosh kadrlar tayyorlashga yoʻnaltirilgan oliy taʼlim sohasida mehnat qilayotganimizdan faxrlanamiz.
    Darhaqiqat, keyingi besh yilda oliy taʼlimga qabul kvotasi 3 barobar oshirilib, joriy yilda 182 ming nafardan ziyod yoshlar uchun talaba boʻlish imkoniyati yaratildi va umumiy qamrov 4 yil avvalgi 9 foizdan 28 foizga yetkazildi.
    2016-yili Oʻzbekistonda oliygohlar soni 77 ta boʻlgan boʻlsa, 2021-yilda 141taga yetkazildi. Mamlakatimizda 2030-yilga qadar maktab, litsey va kollej bitiruvchilarini oliy taʼlim bilan qamrab olish darajasi 50 foizga yetkazish rejasi bu borada yanada katta ishlar amalga oshirilishini anglatadi. Xususan, fakultetimizdagi talabalar soni soʻnggi 4 yil davomida 3 barobarga oshib 4000 nafarga yaqinni tashkil etmoqda. Bu oʻz navbatida yoshlarning chet tillarini oʻrganishga boʻlgan qiziqishi va talabning oshganligi bilan ham izohlanadi.
    Xorijiy tillarni puxta egallagan, tanlangan soha boʻyicha yetarli bilim, malaka va koʻnikmaga ega kadrlarni tayyorlash maqsadida avvalo talabalarga dars beradigan professor- oʻqituvchilar tarkibini iqtidorli yoshlar va tajribali ustozlar hisobiga kengaytirishga alohida eʼtibor qaratmoqdamiz. Shu maqsadda yangi oʻquv yilining oʻzida 25 nafar magistraturani tamomlagan va chet tilini bilish darajasi yuqori boʻlgan yoshlar ishga qabul qilindi. Shu bilan birga, AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya singari mamlakatlarning yurtimizdagi elchixonalari bilan yaqindan hamkorlik qilib kelmoqdamiz. Natijada hozirda fakultetda 3 nafar xorijlik tajribali professor –oʻqituvchilar faoliyat olib borayotgan boʻlsa, oʻquv yili davomida 2 hafta va 1 oylik muddatga ishlash uchun keladigan 10dan ziyod chet ellik lektorlarning kelishi kutilmoqda.Bir qator professor-oʻqituvchilarimiz esa xorijning nufuzli oliy oʻquv yurtlarida malaka oshirib qaytdilar.
    Hozirda O‘zbekistonda ta’lim sohasida ulkan yutuqlar qo‘lga kiritilmoqda. Yaqin o‘tmishga nazar tashlaydigan bo‘lsak, sovet mustamlakachiligi davrida O‘zbekiston hududida sanoqli ta’lim muassasalari bo‘lib, ularning aksariyati talab darajasida bo‘lmagan. Ularda yetishib chiqgan mutaxassislar mamlakat aholisining juda oz qismini tashkil etgan. Ba’zi hollarda odamlar savodsiz hatto oralaridan umumiy 11 yillik ta’limni egallamaganlari ham bor edi. Bu sovet hukumatining chuqur o‘ylangan nayrangi bo‘lib, o‘zbek xalqi uchun yod bo‘lgan komunistik mafkura bilan millat ongini zabt etishga harakat qilgan. Shu asnoda xalqni qaramlikda, kuchli tazyiq ostida tutib turish, ularning pirovard maqsadi bo‘lgan. Ammo ularning ko‘zlagan rejasi amalga oshmadi, ozodlik ruhi ostida kamol topgan xalqimiz mustaqillik uchun kurash olib bordi va uzoq kutilgan kunga erishdi.
    Mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab har bir sohaga ulkan e’tibor qaratildi shu bilan bir qatorda ta’lim sohasida ham tub burilish yuz berdi. Yildan yilga yoshlarga ko‘rsatiladigan e’tibor ortib bordi. Jumladan, jahonning sanoqli mamlakatlaridagina mavjud majburiy 12 yillik bepul ta’lim tizimi yaratildi. Bir qancha oliy ta’lim muassasalarini biz kabi yoshlarni chuqur ta’lim olishi uchun eng ilg‘or ta’lim texnologiyaliri bilan jihozlandi. Buning samarasi o‘laroq, o‘zbek yoshlari xalqaro fan olimpiadalarida g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarilib kelmoqda. Yurtboshimiz har bir nutqida: “Farzandlarimiz bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo‘lishlari shart” deb takror va takror ta’kidlab kelmoqdalar. Buni biz kabi yoshlarga bildirilgan yuksak darajali ishonch deb bilaman. Buguni o‘tmishidan, ertasi bugunidan nurafshon bo‘ldan yurtda yashayotganimdan faxrlanaman.
    Mustaqillik shukuhi “Men shu bugundan e’tiboran, 1-sentabrni jumhuriyatimizda Mustaqillik kuni — umumxalq bayrami sifatida e’lon qilishni taklif etaman…” (Islom Karimov, O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida yohud Sho‘ralarning so‘ngi talvasasi hujjatli filmidan, 1991) — O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning millat kelajagi yo‘lida ko‘rsatgan shijoati taqsinga sazovor. Bu kun tarix zarvaraqlariga oltin harflarda yozildi. Chunki 1991-yil 1-sentabr O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni deb e’lon qilindi. Binobarin, o‘zbek xalqi mustabid zanjirlaridan ozod etilgan edi. Bundan soddadil xalqimizning ko‘ksi tog‘dek ko‘tarildi.

    Download 0.61 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 0.61 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligi

    Download 0.61 Mb.