O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligi




Download 0.61 Mb.
bet4/9
Sana19.10.2022
Hajmi0.61 Mb.
#27486
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Jamshid aka uchun kurs ishi
Toxshkent tibbiyot akademiyasi
Ixtirochilik Bu erda ixtirochini ilhomlantiruvchi ba'zi misollar bilan tanishib o`tamiz. Bashariyat tarixidagi buyuk aql-zakovat sohiblaridan biri bo‘lgan Albert Eynshteynning olamshumul ilmiy kashfiyotlari ko‘pchilikka ma'lum. U yaratgan ikkita kashfiyot - maxsus va umumiy nisbiylik nazariyalari ilm-fan dunyosidagi eng muhim ta'limotlar sirasiga kiradi. Agar muayyan tarixiy davrga o‘sha kezlarda yaratilgan yangiliklar nuqtai nazaridan baho beriladigan bo‘lsa, yigirmanchi yuz yillikni Eynshteyn yoki nisbiylik nazariyasi asri deb nomlash mumkin.
Zero, nisbiylik nazariyasi - insonning borliq haqidagi tasavvurlarini ostin-ustin qilib yuborgan mislsiz ilmiy hodisa. Buyuk olimning shaxsi va faoliyati hozir ham ko‘pchilikning e'tibori va qiziqishini tortib keladi. Albatta, buning o‘ziga xos sabablari bor. Avvalo, Eynshteyn ulkan ijodkor bo‘lib, hayotlik chog‘idayoq olamshumul shon-shuhratga burkangan edi. Qolaversa, olimdagi yuksak insoniy sifatlar ham odamlar e'tiborini o‘ziga jalb etgan: u o‘tkir aqli, ilmiy va ijtimoiy muammolarga alohida qiziqishi, ziyrakligi va oddiyligi, shuningdek, samimiyati bilan boshqalardan ajralib turardi. Bu ulug‘ dahoni ko‘pchilik buyuk kashfiyotchi sifatida bilishi shubhasiz, biroq uning yaxshigina ixtirochi bo‘lganidan kamdan-kam odam voqif bo‘lsa, ajab emas.
Shu o‘rinda "kashfiyot" va "ixtiro" tushunchalariga qisqacha izoh berib o‘tish joiz. Chunki ayrimlar yozma va og‘zaki nutq jarayonida bu ikki tushunchani o‘z o‘rnida ishlatmaydi. Aniqroq aytganda, ular "ixtiro-kashfiyot" yoki "kashfiyot-ixtiro" tarzida noto‘g‘ri talqin qilinadi. Masalan, ba'zan "butun olam tortishish qonunini Nyuton ixtiro qilgan" yoki "velosiped ilk bor Angliyada kashf etilgan" qabilidagi mulohazalar quloqqa chalinadi. Vaholanki, butun olam tortishish qonunining paydo bo‘lishi - kashfiyot, velosipedning yaratilishi esa ixtiro hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan yondashganda, mantiqan borliqdagi mavjud bo‘lgan qonuniyat, narsa va xususiyatlarning topilishiga kashfiyot, odamning ijodiy tafakkuri bilan yangidan yaratilgan narsalarga esa ixtiro deyilishi lozim.
Endi yana Eynshteynning ixtirochilik faoliyatiga to‘xtaladigan bo‘lsak, u texnik taraqqiyot bilan bog‘liq amaliy masalalarga doim alohida e'tibor qaratgan. Olim elektrometr, muzlatgich, magnitogidrodinamik nasos, gidroskopik kompas, avtomatik fotokamera, eshitish moslamasi kabi texnik qurilmalarni yaratish borasida qattiq izlangan.
Muhim jihati shundaki, olim ixtirochilik bilan asosiy ishidan bo‘sh vaqtlarida, ya'ni ermak uchungina shug‘ullangan emas. U bu ishga ham jiddiy yondashgan. Bu borada olim "Tilni bilmay turib, she'r yozib bo‘lmaganidek, muayyan bilimlarni o‘zlashtirmagan holda, ixtiro qilish ham mumkin emas", degan fikrga amal qilgan. Eynshteyn yetti yil mobaynida Bern shahridagi patentlash idorasida ekspert lavozimida ishlagan. Bunday idora hozir barcha davlatlarda faoliyat yuritmoqda. Mazkur xizmat turi dastlab Yevropada yuzaga kelgan - sanoat ishlab chiqarishi hamda ilm-fan rivojini e'tiborga olgan "ko‘hna qit'a" davlatlari 1883 yili ixtirolarga nisbatan mualliflik huquqini himoyalash maqsadida tegishli konventsiya qabul qiladi. Unga binoan Shvetsariyaning Bern shahrida doimiy ravishda faoliyat yuritadigan patentlash idorasi tashkil etiladi. Bu idora o‘sha davr uchun juda yuksak darajadagi muassasa hisoblanib, undagi kam sonli xodimlar uzluksiz ravishda oqib kelayotgan ixtirolarni qabul qilib olishi, ularni baholashi va tasniflashi zarur edi. Chunki bu davrda Yevropa, xususan Shvetsariyada mashinasozlik, elektrotexnika, to‘qimachilik va soat ishlab chiqarish sanoati gurkirab rivojlanayotgan edi. Patentlash idorasiga yiliga o‘rtacha 2000 ta ixtiro haqidagi murojaat kelib tushgan. Ekspert-xodimlar kamligi sababli ularning har biri, shu jumladan, Eynshteyn ham kuniga o‘rtacha uchta ixtiroga oid ishni ko‘rib chiqqan. Bu esa xodimlardan tezkorlik, chaqqonlik va aniqlikni talab qilgan. Ekspertlik faoliyatida orttirilgan bunday mahorat keyinchalik Eynshteynga rosa qo‘l kelgan. "Patentlash idorasidagi mehnatim tufayli, - deb yozgan edi xotiralarida olim, - mening moddiy ahvolim anchagina yaxshilandi. Bundan tashqari, patentlash bilan bog‘liq ishlar menga huzur bag‘ishlar edi. Bunday ish tafakkurni charxlab, fizikaviy muammolar yuzasidan chuqurroq mushohada yuritishimga yordam berdi".
Patentlash idorasiga keladigan ixtirolarga taalluqli hujjatlar har xil tilda bo‘lib, ekspert bir necha tilni bilishi lozim edi. Bu kezlarda Shvetsariyada nemis, frantsuz va italyan tiliga davlat tili maqomi berilgani bois Eynshteyn ona tili bo‘lgan nemis tilidan tashqari frantsuz va italyan tilini ham yaxshi bilgan. Keyinchalik olim grammatikasidagi o‘ziga xos murakkabliklardan ancha qiynalgan bo‘lsa-da, ingliz tilini ham o‘rgangan. Bular Eynshteynning yuksak aqliy layoqatga ega bo‘lganidan dalolatdir.
Eynshteyn yangi ixtirolari uchun rasman yigirmaga yaqin patent olgan. Ularni yaratish jarayonida ixtirochi ilmiy-texnik usullar va fizikaviy qonuniyatlarni muayyan vazifalarni yechishga nisbatan mahorat bilan qo‘llagan. Olim ixtirolari sanoat ishlab chiqarishi yoki kundalik maishiy turmush talablaridan kelib chiqqan holda yaratilgan. Binobarin, "Odamlar ehtiyojini qanoatlantirishning imkon qadar tejamkor yo‘llarini topgan insonni men ixtirochi deb hisoblayman" deganida o‘z faoliyatini ham nazarda tutgan. Shu tariqa patentlash idorasidagi qizg‘in faoliyat va ixtirochilik g‘oyalari Eynshteynning olamshumul kashfiyotlariga zamin hozirlagan. Ixtiro etish jarayonidagi ijodiy fikrlash olimni yangi ilmiy g‘oya va nazariyalarga rag‘batlantirgan. Bunda Eynshteynning boshqa ixtirochilar bilan hamkorligi ham muhim ahamiyat kasb etgan. Olimning taniqli vengr fizigi Leo Stsilard bilan amalga oshirgan ishlari buning tasdig‘idir. Nazariy ishlari bilan talabalik chog‘idayoq ilmiy doiralarda tanilib qolgan Leo Stsilard universitetni tugatib, qaerga ishga kirishni o‘ylab yurganida Eynshteyn patentlash idorasiga ishga taklif etadi. Keyinchalik Leo Stsilard yigirmanchi asrning eng ko‘zga ko‘ringan ixtirochilaridan biriga aylanadi. Aynan ixtirochilikka bo‘lgan ishtiyoq bu buyuk insonlarni hamisha bir-biriga bog‘lab turadi. Ular o‘zaro hamkorlikda nazariy fizikaga doir ishlardan tashqari ko‘pgina ixtirolar ham qilgan. Hozirgi vaqtda kundalik hayotni muzlatgichlarsiz tasavvur qilish mushkul. Muzlatgichlar aynan Eynshteyn va Stsilard hamkorligi mahsulidir. Ayni paytda atom elektrostantsiyalarida ishlatilayotgan "Eynshteyn-Stsilard nasosi" ham shu tariqa ixtiro qilingan. Qolaversa, Leo Stsilard 1939 yili Eynshteynni AQSh prezidenti F.Ruzveltga maktub yozishga ilhomlantiradi. Ushbu mashhur nomada atom bombasini yaratish g‘oyasi bayon etilgan edi. Umuman, Eynshteynning faoliyat doirasini shartli ravishda bevosita patentlash idorasi va undan tashqaridagi muhitga ajratish mumkin. Patentlash idorasida olim bilan birga ishlagan M.Besso, I.Zauter, I.Shenk kabi iste'dodli ixtirochilar va ilmiy g‘oyalar mualliflari ham Eynshteynga kuchli ta'sir ko‘rsatgan. Buni olimning maxsus nisbiylik nazariyasiga bag‘ishlangan maqolasi xotimasidagi quyidagi e'tirof ham yaqqol tasdiqlaydi: "...do‘stim va hamkasbim M. Besso bu ishda menga ishonchli ko‘makchi bo‘ldi va bir qator qimmatli maslahatlari uchun undan minnatdorman".
O'tgan asrning 30-yillari boshida Eynshteyn mashhur hind shoiri va yozuvchisi Rabindranat Tagor bilan suhbatida patentlash idorasidagi faoliyati mobaynida bir qancha texnik qurilmalar, jumladan, suratga olish jarayonida vaqtni ko‘rsatadigan "sezuvchi elektrometr" ixtiro qilgani haqida so‘zlagan. Hozirgi paytda bu qurilma "fotoeksponometr" deb ataladi. Shunisi qiziqki, Eynshteyn hech qachon fotohavaskor bo‘lmagan. Olim ushbu asbobni yanada takomillashtirgan va muhitning yorug‘lik darajasiga qarab vaqtni avtomatik ravishda to‘g‘irlab turadigan qurilma ixtiro qilgan. Ixtirochilikka layoqatli bo‘lgan kishilarni ham bu jarayonga jalb qila olgani sababli Eynshteyn turli sohalar uchun zarur bo‘lgan ixtirolar yarata olgan. Masalan, u rassom Orlik va tish doktori Grinberg bilan hamkorlikda badiiy grafika uchun poligrafiya mashinalarining yangi turini ixtiro qilgan. Olim musiqani bag‘oyat yoqtirgan va skripkada ajoyib kuylar ijro etgan. Shu sababli musiqa asboblarini takomillashtirish bo‘yicha o‘ziga xos g‘oyalarga ega bo‘lgan. Rus fizigi Yu. Rumer 1929 yili Eynshteynning Berlindagi uyida skripka ustasi bilan olim o‘rtasida musiqa asbobini takomillashtirish xususidagi qizg‘in tortishuvning guvohi bo‘lganini qayd etgan. Eynshteyn yana bir musiqa asbobi - mashhur kimyogar V.Nernst ixtiro qilgan elektr toki yordamida ishlaydigan royalga ham jiddiy qiziqqan. Bu asbobda torlarning tovushi oddiy royaldagidek yog‘och deka bilan emas, balki radiokuchaytirgich yordamida oshiriladi. Ish shu darajaga borib yetganki, elektrli royal haqidagi g‘oyalarini bayon etish maqsadida olim universitetdagi fiziklar hay'ati rahbarlaridan ma'ruza uchun ruxsat so‘ragan.
Eynshteyn ishdan bo‘sh vaqtlarini ham samarali va maroqli o‘tkazgan. Olim patentlash idorasida ishlab yurgan chog‘ida o‘ziga tengdosh bo‘lgan falsafashunos Moris Solovin va matematik Konrad Gabixt ismli yigitlar bilan do‘stlashadi. Ular kichkina jamiyat tuzib, unga "Olimpiya akademiyasi" deb nom beradi. Bu yerda falsafa, fizika, adabiyot va o‘zlarini qiziqtirgan boshqa mavzularda suhbatlar qurishadi. Ba'zan bunday suhbatlar keskin tortishuvlarga aylanib ketgan. Do‘stlar odatda Eynshteynning uyida yig‘ilishar va kamtarona kechki ovqatdan so‘ng tongga qadar davom etadigan bahs-munozara avjiga chiqar edi. Gabixt keyinchalik qachonlardir Eynshteyn ishlagan maktabda dars beradi. Solovin esa Parijga ko‘chib ketib, u yerda noshirlik va yozuvchilik bilan shug‘ullanadi. Keyinchalik u Eynshteynning asarlarini frantsuzchaga o‘girib, nashr ettiradi. Ular o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar bir umrga saqlanib qoladi.
Eynshteynning kamtar va olijanob inson bo‘lganini taniqli nazariyotchi fizik olim Ya. Frenkel ham e'tirof etgan. U 1925 yili Eynshteyn bilan Berlindagi uyida uchrashadi. Bu uchrashuvni u shunday eslaydi: "Eynshteyn juda mehribon inson ekan... U qo‘lda to‘qilgan nimcha kiyib olgan edi. Suhbatimiz dastlab fizika, so‘ngra siyosat va falsafa, undan keyin esa oddiy maishiy texnikaga ko‘chdi. Eynshteyn meni oshxonasiga taklif etdi va uy bekasining mehnatini osonlashtirishga xizmat qiladigan o‘zi yasagan har xil qurilmalar bilan tanishtirib chiqdi". "Nazariya yaratish uchun tajriba faktlarini shunchaki jamlash kamlik qiladi. Buning uchun har doim muammoning mohiyatiga qaratilgan ixtirochilik layoqati zarur bo‘ladi", degan fikrni bildirgan olim nazariyani tajribaning o‘ziga xos mahsuli, deb hisoblovchilarni har doim tanqid qilgan. Eynshteynning fikricha, hech bir tajriba tabiatdagi hodisalar mohiyatini to‘liq ochib berolmaydi. Olim ixtirochilik va kashfiyotchilik haqida mulohaza yuritib, bunday degan: "Ixtirochilik faoliyati nazariy huzur-halovatdir. Kashfiyot ijodiy jarayon emas. Zero, kashf qilish - tayyor holdagi narsani ko‘rish, xolos. Ixtirochilik esa boshqa narsa".
Xulosa o‘rnida shuni ta'kidlash joizki, hozirgi davrda ko‘plab olim va tadqiqotchilar ilm-fanning nazariy hamda amaliy masalalarini ilmiy asosda tadqiq etishmoqda. Nazariy g‘oyalarni amaliyotga uyg‘unlashtirish, kashfiyotlar yaratish va ixtirolar qilishda ularga Albert Eynshteynning faoliyati hamda tajribasi o‘ziga xos ibrat maktabi bo‘lishi shubhasiz. Zero, fidoyilik va izlanuvchanlik barcha yangiliklarning doyasi bo‘lsa, kashfiyot va ixtirolar esa bamisoli taraqqiyotning qudratli qanotlaridir.


    1. Download 0.61 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 0.61 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligi

Download 0.61 Mb.