• Kashfiyot va ixtirolarning ilmiy-texnik taraqqiyotga ta’siri.
  • kashfiyotlarning turlari va misollar




    Download 0.61 Mb.
    bet8/9
    Sana19.10.2022
    Hajmi0.61 Mb.
    #27486
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Jamshid aka uchun kurs ishi
    Toxshkent tibbiyot akademiyasi, Mustaqil ish117, Mustaqil ish118, kundalik, Buxoro davlat universiteti, inegral MATEMATIK TAHLIL, 2022 yil 5 sentyabrdan
    2.2 kashfiyotlarning turlari va misollar

    Ixtiro tushunchasi. Uning kashfiyotdan farqi. Ixtiro – bu xalq xo’jaligini barcha tarmoqlarida texnik echimlari bilan ijobiy natijaga ega bo’lgan yangilik hisoblanadi. Kashfiyot – ob’ektiv borliqni xossalari, hodisa va qonuniy bog’liqlarni aniqlash, ixtiro esa oldin ma’lum bo’lmagan texnik vazifalarni echishga qaratilgan. Kashfiyot va ixtiro o’rtasida dialektik o’zaro bog’liqlik bor. Ko’p hollarda ixtiro kashfiyot natijasida olingan ilmiy bilimlarni rivojlantiradi. Masalan: N.G.Basov, A.M.Proxorov va Tounsonlarning kvant jarayonining qo’llashga asoslangan elektromagnit to’lqinlarni ko’paytirish bo’yicha qilgan kashfiyotlari xalq xo’jaligida amaliy ahamiyatga ega bo’lgan ko’p ixtirolarni yaratishga sabab bo’ladi.


    Ilmiy-texnik hamda pedagogik-psixologik adabiyotlarda ixtirochilik hamda ixtirochilik ijodkorligiga ko’plab ta’riflar keltirilgan. Jumladan, I.I.Kichkin ixtirochilikni ilmiy g’oyalarining texnik echimlarga ijodiy tadbiqi, ilmiy texnika taraqqiyoti sur’atlarini belgilovchi asosiy ko’rsatkich, yangi texnika va texnologiyalar yaratilishining mezoni hamda uning yuqori ilmiy-texnik darajasini ta’minlovchi omil deb hisoblaydi. M.A.Vachevskiy "ixtiro qilish"ni "qo’yilgan masalani echish uchun eskilaridan tubdan farq qiluvchi, odatdagi mantiqiy fikrlash yo’li bilan etishib bo’lmaydigan yangi samarali texnik echimni taklif qilish" deb ta’riflaydi. Bizning fikrimizcha ixtirochilikni tegishli idoralar tomonidan patentlar bilan tasdiqlanadigan yangi texnik echimni ishlab chiqishga yo’naltirilgan ijodiy faoliyat turi, ixtirochilik ijodkorligini esa bu jarayonning shaxsdagi zehnlilik, topqirlik, mustaqil va tanqidiy fikrlash kabi ijodkorlik sifatlari bilan bog’liq umumiy tavsifi deyish mumkin.
    Kashfiyot va ixtirolarning ilmiy-texnik taraqqiyotga ta’siri. Ixtironi tan olish uchun u oldingilaridan texnik echimlari, ijobiy samarasi, tuzilishidagi yangiligi bilan farqlanishi kerak. Ixtironing ob’ektiv bo’lishi mumkin: yangi qurilma, yangi metod, yangi maxsulot, yangi maqsadlarda eski metod, qurilmalarni qo’llash va boshqalar.
    Ixtiro – umumjahon ahamiyatiga ega bo’lib, talabnoma bergunga qadar uning mohiyati oldin respublikamizda va er yuzida ham ochilmagan bo’lishi shart. Muallifga ixtironi tan olinganligi haqida hujjat beriladi.

    Download 0.61 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 0.61 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    kashfiyotlarning turlari va misollar

    Download 0.61 Mb.