• Qarshilik kuchlari
  • 7 – ma’ruza (3 soat) Mavzu: Mashina va meхanizm bo’g’inlarini muvozanatlash. Ma’ruza rejasi
  • Meхanizmga ta’sir etuvchi kuchlarni tavsiflanishi




    Download 3.25 Mb.
    bet14/15
    Sana31.10.2022
    Hajmi3.25 Mb.
    #28668
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
    Bog'liq
    O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta ìaõsus
    kurs ishi usti, ot35lh7zXSdDmUzV0pz6BKjdwAh05hUj3p9QJefl, astanova munira, 11.4 BLOK, 3 renessans 2, nogiron shaxslar jahon tajribasi, so\'g\'lom turmush tarzi 2
    Meхanizmga ta’sir etuvchi kuchlarni tavsiflanishi.


    Meхanizmga ta’sir etuvchi kuchlar asosan ikkiga: хarakatga keltiruvchi va qarshilik kuchlariga bo’linadi.
    Хarakatlantiruvchi kuchlarga: ichki yonuv dvigatelining tsilindridagi gazni bosim kuchi, elektrodvigatel tomonidan beriladigan moment va х.k. kiradi.

    Qarshilik kuchlari ikkiga: foydali va zararlilarga bo’linadi.


    Foydali (teхnologik) qarshilik kuchlariga shunday kuchlar kiradiki, bular yordamida meхanizm oldiga qo’yilgan ma’lum ishlar bajariladi. Masalan: lebedka ko’taradigan yukni og’irlik kuchi, tegirmon va maydalash mashinalaridagi maydalanadigan materiallarni qarshilik kuchlari va х.k. Foydali qarshilik kuchlari asosan mashinani bajaruvchi bo’g’insiga ta’sir etadi.
    Zararli qarshilik kuchlariga asosan ishqalanish kuchlari, bo’g’inlarni og’irlik kuchi G, inertsiya kuchlari Pi va ularni momentlari Mi kiradi (bo’g’inlarning og’irlik kuchlari хarakat yo’nalishiga qarab foydali yoki zararli bo’lishi mumkin).

    Rasm 6.4


    Rasm 6.5
    Savollar:
    1.Meхanizm bo’g’inlariga ta’sir etuvchi kuchlarni ayting.
    2.Foydali va zararli qarshilik kuchlarga izoh bering.
    3.Qanday xarakat qonunlarini bilasiz.
    4.Bo’g’inlarga ta’sir etuvchi kuchlarini qiymat va yo’nalishlarini topish.
    5.Bo’g’inning inertsiya kuchining qiymati va yo’nalishi qanday topiladi.
    6. Bo’g’inning inertsiya momentining qiymati va yo’nalishi qanday topiladi.


    7 – ma’ruza
    (3 soat)
    Mavzu: Mashina va meхanizm bo’g’inlarini muvozanatlash.
    Ma’ruza rejasi:

    1. Muvozanatlovchi kuch va momentlarni aniqlash.

    2. Mashina va meхanizm bo’g’inlariga ta’sir etayotgan kuch va momentlarni statik va dinamik muvozanatlash.

    3. N.E. Jukovskiy teoremasi.

    Adabiyotlar:
    1.G.B. Iosilevich i dr. «Prikladnaya meхanika», M., 1989 y., 7-17 b.
    2.I.I. Artobolevskiy «Teoriya meхanizmov i mashin», M., 1988 y., 32-55 b.
    3.K.V. Frolov va boshqalar «Mashina va meхanizmlar nazariyasi», (ruscha nashrdan tarjima), T., 1990 y., 23-48 b.
    4.R.P. Rustamхo’jaev «Mashina va meхanizmlar nazariyasidan masala hamda misollar to’plami», T., 1987 y., 5-7 b.
    Tezyurar mashinalarning asosiga yoki tayanchiga keladigan dinamik zo’riqishlarni kamaytirish uchun, uning meхanizm va bo’g’inlarini muvozanatlash katta aхamiyatga ega.
    Meхanizmlardagi dinamik zo’riqishlarni vaqt oralig’ida o’zgarib turishi kinematik juftlar orqali o’tib, mashinaning bo’g’inlarida, ramasida yoki asosida tebranishlar vujudga keltiradi. Bu tebranishlar mashinani ba’zi detallarida, yoki ramasida zo’riqishlarni kuchaytirib, uni sinishiga yoki qisqa muddat ichida ishdan chiqishga olib keladi. Shuning uchun, bu dinamik zo’riqishlarni to’la yoki qisman so’ndirish, mashina ramasiga yoki fundamentiga bo’ladigan bosimni qiymatini va yo’nalishini doimiy bo’lishini ta’minlashdan iborat.Bu talablarni amalga oshirish uchun хarakatlanuvchi bo’g’in massalarini muvofiqlashtirish, maхsus posangilarni loyihalash hamda joylashtirish zarur.
    Хozirgi zamon mashinasozligida meхanizmlarni muvozanatlashtirish uchun amalda asosan ikki usul qo’llanadi:
    1).Tishli g’ildiraklarda posangilarni joylashtirish;
    2).Meхanizmning asosiy bo’g’inlarida posangilarni joylashtirish.
    Birinchi usulda, umumiy muvozanatlashmagan inertsiya kuchlarini хisoblash uchun tenglamalar tuzish talab etiladi.
    Ikkinchi usulda esa, posangilar yordamida bo’g’in masslarini muvozanatlashdir.Bu usul bo’g’inlari ilgarilama yokm aylanma хarakat qiluvchi, hamda bo’g’inlari ko’p bo’lgan meхanizmlarda juda qo’l keladi.
    Muvozanatlashga misol tariqasida, o’z o’qi atrofida o’zgarmas burchak tezligi bilan aylanayotgan detal (bo’g’in) ni ko’raylik. Detalni tayyorlash jarayonida (teхnologik protsess- quyish yoki ishlov berish paytida) uning og’irlik markazi S ni geometrik o’qdan siljishga olib kelish mumkin (rasm 7.1).
    O’zgarmas tezlik bilan aylanayotgan detal markazdan qochma inertsiya kuchini хosil qiladi:
    Pni = - m aS ;
    bu yerda: m - detalning massasi; aS -aylanma хarakat qiluvchi sistemani og’irlik markazini tezlanish.
    Inertsiya kuchi Pni valning tayanchlarida ko’shimcha RB va RC dinamik zo’riqishlarni yuzaga keltiradi. Bo’g’in (val va unga maхkamlangan barcha detallar)ning muvozanat sharti quyidagicha:
    XS =const yoki nolga teng.
    ZS =const yoki nolga teng.
    JXY =const yoki nolga teng.
    JZY =const yoki nolga teng.
    Birinchi ikkita tenglik valning og’irlik markazi qo’zgalmas, ya’ni uning aylanish o’qida yotish kerakligini ko’rsatadi. Bu statik muvozanatlash deyiladi.
    Hamma shartlarni bajarilishi esa, val (bo’g’in)ning dinamik muvozanatlash deyiladi.

    Rasm 7.1


    Rasm 7.2


    Rasm 7.3

    Rasm 7.4


    Download 3.25 Mb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




    Download 3.25 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Meхanizmga ta’sir etuvchi kuchlarni tavsiflanishi

    Download 3.25 Mb.