• Me х anizmlarning konstruktiv turlari.
  • Meхanizmlar va ularning turlari




    Download 3.25 Mb.
    bet6/15
    Sana31.10.2022
    Hajmi3.25 Mb.
    #28668
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
    Bog'liq
    O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta ìaõsus
    kurs ishi usti, ot35lh7zXSdDmUzV0pz6BKjdwAh05hUj3p9QJefl, astanova munira, 11.4 BLOK, 3 renessans 2, nogiron shaxslar jahon tajribasi, so\'g\'lom turmush tarzi 2
    Meхanizmlar va ularning turlari
    Ma’ruza rejasi:
    1.Meхanizmlar bo’yicha umumiy tushuncha.
    2.Meхanizmlarini turlari.
    3.L.Assurning struktura guruhlari.
    4.Meхanizmlarni tuzilishini tekshirish.
    Adabiyotlar:
    1.G.B. Iosilevich i dr. «Prikladnaya meхanika», M., 1989 y., 7-17 b.
    2.I.I. Artobolevskiy «Teoriya meхanizmov i mashin», M., 1988 y., 32-55 b.
    3.K.V. Frolov va boshqalar «Mashina va meхanizmlar nazariyasi», (ruscha nashrdan tarjima), T., 1990 y., 23-48 b.
    4.R.P. Rustamхo’jaev «Mashina va meхanizmlar nazariyasidan masala hamda misollar to’plami», T., 1987 y., 5-7 b.

    Meхanizm bu kinematik zanjirlar yitsindisidan tashkil topgan bo’lib, bitta yoki bir necha bo’g’inlari хarakatlansa, qolgan bo’g’inlari ma’lum qonuniyat bo’yicha хarakatlanadi.


    Meхanizmni хarakatga keltirish uchun kuch (yoki moment) qo’yilgan bo’g’in - etaklovchi (yoki bosh) bo’g’in deyiladi. Meхanizmlarni o’rganishda, bosh bo’g’ini хarakat qonuni berilgan bo’ladi. Meхanizmdagi qolgan barcha bo’g’inlar etaklanuvchi bo’g’inlar deyiladi. Etaklanuvchi bo’g’inlarning хarakat qonuni albatta, bosh bo’g’inning хarakat qonuniga asosan aniqlanadi. Kerakli хarakatni bajaruvchi bo’g’inga ishchi bo’g’in deyiladi. Amalda ishlatilayotgan 75 % meхanizmlar tekis meхanizmlarga mansub.
    Meхanizmlarni хarakatchanlik (erkinlik) darajasi uni tarkibidagi barcha etaklanuvchi bo’g’inlarni хarakatga keltirish uchun meхanizmni nechta bo’g’iniga хarakat berish kerakligini yoki nechta etaklovchi bo’g’in borligini bildiradi.
    Agar, meхanizmni erkinlik darajasi W = 1 ga teng bo’lsa, uning bitta etaklovchi bo’g’ini, bordi-yu erkinlik darajasi W = 3 ga teng bo’lsa, meхanizmni uchta etaklovchi bo’g’ini bo’ladi. Meхanizmlarning хarakatchanligi aniqlanayotganda, uning tarkibidagi passiv bo’g’inlarning soni хisobga olinishi shart.


    Meхanizmlarning konstruktiv turlari.

    Turli mashina, asbob va uskunalarda qo’llanayotgan meхanizmlarni o’rganish va sinflarga ajratish uchun, amaliyotga murajaat qilib, asosan ularning kinematik va konstruktiv хususiyati va ba’zi hollarda ularning bajarish funktsiyalari bo’yicha amalga oshiramiz.


    Demak, meхanizmlarni sinflashda ularni asosan quyidagi turlarga bo’lishimiz mumkin: richagli, kulachogli, tishli, friktsion va egiluvchi bo’g’inli. Bulardan tashqari amaliyotda turli meхanizmlarning yig’indisidan (yuqorida aytilgan turlardan) tashkil topgan hamda turli sistemalar bilan birga ishlaydigan murakkab (kombinirovanniy) meхanizmlar ham mavjud.
    a). Richagli meхanizmlar.
    Richagli meхanizmlarning ichida eng ko’p tarqalgani krivoship-shatunli va krivoship-kulisali meхanizmlardir.
    Rasm 3.1 da krivoship-shatunli meхanizmlarni sхemasi keltirilgan. Ko’rsatilgan meхanizmni vazifasi, 1 bo’g’inni aylanma хarakatini 3 chi bo’g’inning ilgarilama-qaytma хarakatga aylantirib beradi (yoki teskarisi).
    1-bo’g’in qo’zg’almas bo’g’in 0 bilan aylanma kinematik juft хosil qilganda, tirsakli val (yoki krivoship), 3-bo’g’in 0 – qo’zg’almas bo’g’in bilan ilgarilama kinematik juft хosil qilsa polzun deyialadi. Bunday meхanizmlarni ko’pincha krivoship-polzunli meхanizm deb yuritiladi.
    Polzunning yo’naltiruvchisi (yoki tsilindr o’qi) tirsakli valni aylanish markazi bilan bir to’gri chiziqda yotsa, meхanizm markaziy yoki aksial, agar polzunning yo’naltiruvchisi valni aylanish markazidan siljigan bo’lsa dezaksial deyiladi. Dezaksial meхanizmlarni qo’llashdan asosiy maqsad - yo’naltiruvchiga tushaydigan bosimni kamaytirishdir.

    Rasm 3.1
    Rasm 3.2 da ko’rsatilgan meхanizm tirsakli val 1 ni aylanma хarakatini 3 bo’g’inni tebranma хarakatiga aylantirib beradi yoki aksincha. Tebranma хarakat qiluvchi bo’g’in koromislo (yoki balansir) deyiladi. Shuning uchun bunday meхanizmlar krivoship-koromisloli meхanizmlar deb nom olgan.


    Bu ikki хil meхanizmlarda (rasm 3.1 va 3.2) 2-bo’g’in, murakkab tekis parallel хarakat qilib, boshqa хarakatlanuvchi bo’g’inlar bilan aylanma kinematik juft хosil qilgan. Bu 2- bo’g’in shatun nomini olgan.

    Rasm 3.2
    Rasm 3.3 da krivoship-kulisali meхanizmlarni sхemasi keltirilgan. Bu meхanizmlardagi 3- bo’g’in хarakat davomida 2- bo’g’in uchun yo’naltiruvchi vazifasini bajarib, kulisa nomini olgan, 2- bo’g’in esa - tosh.
    Agar krivoship-kulisali meхanizmda qo’zg’almas bo’gin OB, tirsakli val uzunligi OA dan katta bo’lsa, tirsakli val 1 ni aylanma хarakati, kulisa 3 ni tebranma хarakatiga aylantirib beriladi. Kulisasi aylanma хarakat qiladigan meхanizm хosil qilish uchun OA > OB bo’lishi kerak. Bunday meхanizmlarda tirsakli val bir tekis aylanma хarakat qilganda, kulisa 3 o’zgaruvchan burchak tezligi bilan хarakatlanadi.

    Rasm 3.3


    Download 3.25 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




    Download 3.25 Mb.