• E mulsiyalar
  • Dispers fazasi zarrachalarining katta-kichikligi oddiy mikroskopda ko’rinadigan dispers sistemalar mikrogeterogen sistemalar deb ataladi




    Download 141.33 Kb.
    bet10/18
    Sana24.10.2022
    Hajmi141.33 Kb.
    #27981
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
    Bog'liq
    kolloid kimyo lab.2022 y.
    axborotlarni zichlash, 1-маъруза, 3.2-МАЖМУА, yakuniy rus test, OTMlarga kirishdagi imtiyozlar 2022-yil, W
    Dispers fazasi zarrachalarining katta-kichikligi oddiy mikroskopda ko’rinadigan dispers sistemalar mikrogeterogen sistemalar deb ataladi. Ular jumlasiga kukunlar, suspenziyalar, Emulsiyalar, ko’piklar va aerozollar kiradi. Bularga mikrogeterogen sistemalar nomi berilganidan so’ng kolloid sistemalar ultramikrogeterogen sistemalar deb ataladigan bo’ldi. Bundan sistemalarning zarrachalari nisbatan tez cho’kishi yoki suyuqlik yuzasiga qalqib chiqishi mumkin. Ular ko’pincha, tiniq bo’lmaydi. Mikrogeterogen sistemalar tabiatda, qishloq xo’jaligida, oziq-ovqat sanoatida va boshqa sohalarda keng ishlatiladi.
    Kolloid sistemalar zarrachalarining diametri turlicha bo’lishi mumkin. Jadvalda oltin zoli zarrachalarining diametri oddiy va murakkab moddalar molekulalarining diametri bilan solishtirib ko’rilgan.


    1-jadval

    Moddaning nomi

    Molekulasi-ning
    diametri

    Oltin zoli zarrachalarining diametri (d)

    Vodorod

    Xloroform


    Gemoglobin



    0,1 nm

    0,8 nm
    2 - 5 nm



    kichik
    zarrachalar
    yirik zarrachalar

    1 – 3 nm

    10 – 15 nm





    Emulsiyalar
    Bir-biri bilan aralashmaydigan ikki suyuqlikdan iborat suyuq mikrogeterogen dispers sistema Emulsiya deb ataladi. Emulsiya hosil bo’lishi uchun suyuqliklar bir-birida juda oz erishi kerak, masalan: Emulsiya hosil qiluvchi suyuqlikning biri suv bo’lsa, unda oz eriydigan suyuqlik shartli ravishda “moy” deb ataladi. Suyuqlikning qaysi biri dispers faza bo’lishiga qarab, Emulsiyalar ikki turga bo’linadi. Agar moy suvning ichiga tarqalgan bo’lsa, bunday Emulsiya suvning moydagi Emulsiyasi deb ataladi.
    Birinchi tur Emulsiyalar M/S bilan ikkinchi tur Emulsiyalar S/M bilan belgilanadi.
    Emulsiyada dispers faza tomchilarining diametri 0,1 k dan 50 k gacha bo’lishi kerak.
    Emulsiyada dispers fazaning hajmi Emulsiya hajmining 1/1000 – 1/10000 qismini yoki dispers fazaning miqdori 0,1% ni tashkil etsa, suyultirilgan Emulsiya deb, 74% gacha bo’lsa konsentrlangan, 74% dan ortiq bo’lsa, o’ta konsentrlangan Emulsiya deyiladi.
    Suyultirilgan Emulsiya hosil qilish uchun ikki toza suyuqlikni bir-biri bilan aralashtiriladi. Bunday Emulsiyada dispers fazaning eng ko’p miqdori (hajm jihatidan) 2% dan ortiq bo’lmaydi va u bir oz vaqt turgandan so’ng dispers faza tomchilari bir–biri bilan birlashib (koalessensiya), ikki qavatga ajraladi.
    Odatda bunday dispers sistema termodinamik jihatdan barqaror bo’lmaydi, chunki uning erkin sirt energiyasi juda katta. Uni barqaror holatga o’tkazish uchun: Zarrachalar sirtlarini kamaytirish yoki sirt taranglikni kamaytirish yo’li bilan erkin sirt energiyasini kamaytirish lozim.
    O’z-o’zicha qoldirilgan sistemada zarrachalar o’zaro birlashib yiriklashadi va yuqorida bayon etilgan koalessensiya sodir bo’ladi.
    Konsentrlangan barqaror Emulsiyalar hosil qilish uchun sistemaga suyuqliklarning sirt tarangligini kamaytiradigan, suyuqliklar sirtida mustahkam parda hosil qilib, dispers faza tomchilarining bir-biri bilan yopishib ketishiga yo’l qo’ymaydigan uchinchi modda - emulgator, (u stabilizatorlik vazifasini bajaradi) qo’shish kerak.
    Emulgatorlar disperslik darajasiga qarab uch guruhga bo’linadi:
    a). Dag’al dispers emulgator, masalan: loy, temir () —gidroksid.
    b). Kolloid dispers emulgator, masalan: jelatina, kazein, albumin, dekstrin, elim.
    s). Molekulyar dispers emulgator, masalan: sovun, bo’yoqlar, elektrolitlar.
    Kolloid dispers emulgatorlar katta ahamiyatga ega, chunki ular juda yaxshi himoya pardalar hosil qiladi.
    Agar 10 ml suvga 10 ml benzol qo’shib chayqatilsa, ikki xil Emulsiya olish mumkin, benzol tomchilari suvga va suv tomchilari benzolga tarqaladi.
    Agar sistemaga gidrofil emulgator qo’shilsa, emulgator molekulasining qutbsiz qismi (uglevodorod) moy (benzol) tomchilariga, qutbli qismi (--COOH, --OH, --NH2 guruhlari) esa suv tomchilariga botadi, lekin gidrofil emulgatorni suv ko’proq ho’llaydi, natijada emulgator hajmining ko’p qismi suvga va oz qismi benzolga botadi, benzol tomchisini emulgator yaxshi qurshab oladi (18.8-rasm).




    Download 141.33 Kb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




    Download 141.33 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Dispers fazasi zarrachalarining katta-kichikligi oddiy mikroskopda ko’rinadigan dispers sistemalar mikrogeterogen sistemalar deb ataladi

    Download 141.33 Kb.