• Emulsiyaning olinish usullari
  • M/S va S/M turidagi emulsiya tomchilarining tuzilishi




    Download 141.33 Kb.
    bet11/18
    Sana24.10.2022
    Hajmi141.33 Kb.
    #27981
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
    Bog'liq
    kolloid kimyo lab.2022 y.
    axborotlarni zichlash, 1-маъруза, 3.2-МАЖМУА, yakuniy rus test, OTMlarga kirishdagi imtiyozlar 2022-yil, W, Jadvallar Т.Жўраев, 25-amaliy mashg\'ulot, Рус тили фани тест основные типы уроков, Ro\'yxat, 17-ma`ruza, business-plan-2021-oz, Access uslubiy ko\'rsatma, Ariza
    M/S va S/M turidagi emulsiya tomchilarining tuzilishi.

    Sovun eng ko’p ishlatiladigan emulgator hisoblanadi. Ishqoriy metallarning sovunlari ko’proq gidrofil xossaga ega bo’lganidan, M/S turdagi Emulsiyalar olishda emulgator sifatida ishlatiladi.


    Ko’p valentli metallarning sovunlari ko’proq gidrofob xossaga ega bo’lgani uchun S/M turidagi Emulsiyalar olishda ishlatiladi.
    Emulgatorlarni mukammal tekshirish natijasida quyidagi qoidaga kelingan: emulsiyani tashkil qiluvchi suyuqliklardan qaysi biri emulgatorni yaxshi eritsa, o’sha suyuqlik dispersion muhit bo’lib qoladi.


    Emulsiyaning olinish usullari
    Emulsiyalar ham boshqa dispers sistemalari kabi dispersion va kondensatsion usullari yordamida olinadi. Dispersion usulda qanday turdagi Emulsiya hosil bo’lishi fazalarning aralashtirilish tartibiga, ularning tabiatiga, emulgatorni qo’shish usuliga va Emulsiyani tayyorlash texnikasiga bog’liq. M/S turidagi Emulsiya quyidagicha hosil qilinadi: avval emulgator suvda yoki “moyda” eritiladi, so’ngra bu aralashmaga oz-ozdan “moy” qo’shib boriladi. S/M turidagi Emulsiya hosil qilish uchun emulgator qo’shilgan “moy” ustiga to’g’ridan-to’g’ri suv solinadi, bu usulda dispers faza konsentrasiyasi kichik bo’lgan Emulsiyalar olish mumkin.
    Sovun yordamida Emulsiya hosil qilish uchun yog’ kislotani moyda eritib u ishqorning suvdagi eritmasi bilan aralashtiriladi. Bunda sovun hosil bo’lish reaksiyasi fazalar sirtida sodir bo’ladi. O’zaro qo’shiladigan moddalarning miqdorlari orasidagi nisbatga qarab M/C yoki S/M turidagi Emulsiyalar tayyorlash mumkin. Emulsiya tayyorlash uchun ikki suyuqlik maxsus konstruksiyali asboblarda aralashtiriladi. Eng oddiy konstruksiyadagi asbobda bir suyuqlikka ma’lum tezlikda ikkinchi suyuqlik oqimi yuboriladi. Bu ishni unumli bajarishda suyuqlik oqimining tezligi nihoyatda katta ahamiyatga egadir. Agar suyuqlik oqimining tezligi kritik tezlikdan past bo’lsa, hech qanday emulsiya hosil bo’lmaydi.
    YUqori konsentrasiyali Emulsiyalar hosil qilish uchun kolloid tegirmonlaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
    Emulsiyalar texnikada va turmushda juda katta ahamiyatga ega. Masalan: margarin ishlab chiqarishda Emulsiya olish jarayonidan foydalaniladi. Ko’pincha, tabiiy Emulsiyalardan qimmatli moylar olishda Emulsiyalarni emirish zarurati tug’iladi. Bu jarayon deemulgasiya deb ataladi. Bu jarayonni, ya’ni emulsiyada koalessensiyani yuzaga chiqarish uchun deemulgatorlar ishlatiladi. Kichik konsentrasiyadagi emulsiyalarni emirishda deemulgator sifatida elektrolitlardan foydalaniladi. Masalan: bug’ mashinalarida suv kondensatlanganidan hosil bo’lgan moy Emulsiyalariga oz miqdorda alyuminiy sulfat – Al2(SO4)3 qo’shish bilan koalessensiya vujudga keltiriladi.

    Download 141.33 Kb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




    Download 141.33 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    M/S va S/M turidagi emulsiya tomchilarining tuzilishi

    Download 141.33 Kb.