• Aerozollar Dispersion muhit gaz, dispers faza qattiq modda zarrachalari yoki suyuqlik tomchilari bo’lgan dispers sistemalar aerozollar
  • Ishdan maqsad
  • O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta




    Download 141.33 Kb.
    bet12/18
    Sana24.10.2022
    Hajmi141.33 Kb.
    #27981
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
    Bog'liq
    kolloid kimyo lab.2022 y.
    axborotlarni zichlash, 1-маъруза, 3.2-МАЖМУА, yakuniy rus test, OTMlarga kirishdagi imtiyozlar 2022-yil, W, Jadvallar Т.Жўраев, 25-amaliy mashg\'ulot, Рус тили фани тест основные типы уроков
    Kukunlar
    CHang holatiga qadar maydalangan ko’mir, qurum, turli qurilish, abraziv materiallar va dispers holatidagi moddalar kukunlar jumlasiga kiradi. Agar biror modda kolloid holatgacha maydalangan bo’lsa, u chang holatda bo’lsa ham baribir kolloid sistema hisoblanadi, chunki bu holda dispersion muhit havo bo’ladi.
    Kukunlar tabiatiga va zarrachalarning o’lchamiga qarab ko’p sohalarda qo’llaniladi.
    Kukun holatidagi moddalarning g’ovakligi ortganda ularning adsorbilovchi xossasi kuchayadi. Kukunlar bir-biriga yopishib, mushtlashib qolishi ham mumkin bu hodisa kolloidlarning koagulyasiyasini eslatadi va mushtlashib qolgan kukunlar shar ko’rinishiga o’tadi, bunday kukunlardan granulalar (munchoqsimon donachalar) hosil bo’ladi. Sanoatda ishlab chiqariladigan ba’zi moddalar, masalan: foydali qazilmalar, ohak, mineral o’g’itlar va boshqa moddalar granulalar holatiga o’tkazib ishlatiladi.
    Kukunlar granulalar holatiga o’tganida sistemaning sirt energiyasi kamayadi, shu sababli granulyasiya hodisasi o’z-o’zicha sodir bo’ladigan hodisalar jumlasiga kiradi. Lekin kukun ho’llanganida bu jarayon faollashadi, chunki buning natijasida katta qovushqoqlikka ega bo’lgan chegara qavat paydo bo’ladi va zarrachalar orasidagi o’zaro adgezion ta’sir kuchayib, zarrachalar bir-biri bilan birlashib ketadi. Buning uchun juda ozgina suyuqlik talab qilinadi. Agar suyuqlik ko’p qo’shilsa, turli kattalikka ega bo’lgan xilma-xil donalar hosil bo’ladi.
    Aerozollar
    Dispersion muhit gaz, dispers faza qattiq modda zarrachalari yoki suyuqlik tomchilari bo’lgan dispers sistemalar aerozollar deyiladi.
    Dispers fazaning agregat holatiga ko’ra aerozollar tuman va tutunlarga bo’linadi. Dispers faza suyuqlik bo’lgan aerozollar tuman deyilib, dispers faza qattiq modda bo’lganlari tutun deyiladi. Dispers faza zarrachalarining o’lchami tutundagidan yirikroq bo’lgan dispers sistema chang deyiladi.
    Aerozollardagi zarrachalar o’lchami 10-7 - 10-4 m oralig’ida bo’ladi. Aerozollardagi dispers faza zarrachalarining shakli ularning agregat holati bilan bog’liq. Tumanlarda suyuqlik tomchilari shar shaklida, tutunlarda esa ignasimon, plastinkasimon, yulduzsimon bo’lishi mumkin.
    Aerozollar Boshqa dispers sistemalar kabi kondensasion va dispergasion usullari bilan olinadi. To’yingan bug’ni sovitishda hosil bo’ladigan tuman kondensasion usulga misoldir.
    Dispergasion usulda qattiq yoki suyuq jismlar mexanik usullar bilan maydalanib, so’ngra ular gazda aralashtiriladi. Masalan: suyuqlikni pnevmatik ballonchalar yordamida havoda chang holiga keltirish parfyumeriyada, qishloq xo’jaligida va sanoatning turli sohalarida qo’llaniladi.
    Aerozollarda termoforez, fotoforez va termopresipitasiya jarayonlari o’ziga hos hodisalardir. Aerozol zarrachalarining harorat pasayishi tomonga harakatlanishini termoforez deyiladi. Aerozol bir tomondan yoritilganda zarrachalarning harakatlanishini fotoforez deyiladi. Termoforez va fotoforez hodisalari atmosferada aerozollarning, masalan, bulutlarning harakatlanishida katta ahamiyatga ega. Aerozol zarrachalarining sovuq sirtda cho’kishi termopresipitasiya deyiladi. Buning sababi shundaki, zarrachalar sirt bilan to’qnashganda o’z kinetik energiyasini yo’qotadi.
    Qishloq xo’jalik zararkunandalariga va o’simliklarning turli kasalliklariga qarshi ishlatiladigan ko’pchilik moddalar aerozollar tarzida sepiladi. Aerozollar (gulhan, tutunlar) yordamida qattiq sovuq vaqtida mevali daraxtlar himoyalanadi.


    Ishdan maqsad: Ko’pik va Emulsiyaning parchalanishi, barqaror holda bo’lishi va olinish usullari bilan tanishish.
    Kerakli asbob va reaktivlar: o’lchov silindri, elektr isitgichi, shisha tayoqcha, shisha plastinka, pipetka, stakan; benzol, sovunni 2%li eritmasi, 0,5%li jelatina eritmasi, distillangan suv, izoamil spirtining to’yingan eritmasi.

    Download 141.33 Kb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




    Download 141.33 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta

    Download 141.33 Kb.