Har qanday layoqat qobiliyat darajasiga ko’tarilishi uchun eng murakkab yo’lni bosib o’tishi kerak bo’ladi. qobiliyatlar ilk
davrlardanoq rivojlana boshlab, bir necha bosqichda amalga oshadi.
Qobiliyatlarning rivojlanishi va shakllanishi birinchidan, ma'lum bir faoliyatga moyillik yoki intilish borligiga va faoliyat natijalarining sharoitga qarab tegishli tabiiy zehn, nishonalarni aniqlash yo’li bilan, ikkinchidan mutaxassis (muzikant, artist, rassom va hokazo) rahbarligida tizimli faoliyatga jalb etish orqali shaxsning tabiiy xususiyatlarini chiniqtirish va rivojlantirish yo’li,
bilan uchinchidan, umumlashgan aqliy operasiyalarni shakllantirish yo’li bilan borishi kerakki, bu operasiyalar umumiy va maxsus axborotni yengil va samarali o’zlashtirishni, tanlagan faoliyat bo’yicha ko’nikma va malakalarni hosil qilishni ta'minlasin. To’rtinchidan, o’quvchining maxsus qobiliyatini kamol toptirishni jadallashtirishni ta'minlovchi shaxsni har tomonlama rivojlantirish yo’li bilan. Beshinchidan, shaxsning faollik alomatlarini tarbiyalash yo’li bilan borish kerakki?, bu alomatlari
dastavval mehnatsevarlik, mustaqillik, tashabbuskorlik,
puxtalik, qat'iyatlik, sinchkovlik va tanqidiylikdan iborat. Bularsiz individning potensial imkoniyatlari va qobiliyati faoliyatda maksimal ravishda rivojlana