• Mexanik jarohatlanishdan muhofazalanish va muhofazalovchi vositalarni aniqlash.
  • O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi a. Qodiriy nomli jizzax davlat pedaogika instetuti




    Download 0.86 Mb.
    Pdf ko'rish
    Sana22.01.2023
    Hajmi0.86 Mb.
    #38945
    Bog'liq
    2- AMALIY SLAYT
    oferta 10.10.18, Andijon davlat tibbiyot instituti «kelishildi», родлар (Автосохраненный), 8-ma’ruza. Fotorezistor, javoblar, Labaratoriya ishi 4, Informatika va axborot texnologiyalarini o’qitishning uzluksiz t, DM-PR-06-2022, KURS ISHI ANVARGA, Muradov.M(Kompyuter tarmoqlari), PDF Scanner-22 09 2022-11 05 18, final, HISOB, Документ Microsoft Word


    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY 
    VA O’RTA MAXSUS TA’LIM 
    VAZIRLIGI  
    JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA 
    UNIVERSITETI 
      
    HAYOT FAOLIYATI 
    XAVFSIZLIGI 


    Mexanik jarohatlanishdan muhofazalanish va
    muhofazalovchi vositalarni aniqlash. 
    • O’zbekiston Respublikasining mehnat haqidagi 
    qonunchilik asoslariga binoan korxona 
    ma‘muriyati ishchi va xizmatchilarni bepul shaxsiy 
    himoya vositalari bilan ta‘minlashi, ularni saqlash, 
    yuvish, quritish, dezinfektsiyalash va ta‘mirlash 
    ishlarini bajarishi kerak. 
    • Barcha himoya vositalari ishlatilishiga qarab 
    jamoa himoya vositalariga va shaxsiy himoya 
    vositalariga bo’linadi. Agar ishning xavfsizligini 
    mashinalarning konstruktsiyasi, ishlab chiqarish 
    jarayonini tashkil qilish, arxitektura-rejalashtirish 
    yechimlari va jamoa himoya vositalarini qo’llash 
    bilan ta‘minlashning iloji bo’lmagan takdirda 
    shaxsiy himoya vositalari qo’llaniladi.


    Himoya vositalari texnik, estetika, ergonomika talablariga javob 
    berishi, himoya samaradorligi yuqori 
    bo’lishi, ishlatilishda qo’lay bo’lishi 
    kerak. Ular texnologik jarayonda bajarilayotgan ish turiga mos kelishi 
    kerak. Shu ish uchun 
    mo’ljallangan va qabul qilingan tartibda 
    tasdiqlangan texnik hujjatlari 
    bo’lmagan shaxsiy himoya vositalarini 
    qo’llash ta‘qiqlanadi. Ular vazifasi, ishlash muddati ko’rsatilgan 
    yo’riqnoma hamda saqlash va ishlatish qoidalari bilan ta‘minlanadi. 
    Rasm 1. Gazga qarshi niqob. Rasm 2. Ixotalovchi kostyumlar. 
    Rasm. 3 . Nafas 
    a‘zolarini himoya qilish vositalari 


    Shaxsiy himoya vositalari (SHHV) vazifalariga qarab 
    qo’yidagi 11 turlarga 
    bo’linadi: 
    1. Boshni himoya qilish vositalari - kaskalar, shlemlar, shapkalar, 
    berertkalar, shlyapalar. 
    2. 
    Ko’zni himoya qilish vositalari - himoya ko’zoynaklari. 
    3. Eshitish 
    a‘zolarini himoya qilish vositalari- qo’loqchinlar. 
    4. Yuzni himoya qilish vositalari - himoya niqoblari. 
    5. Nafas 
    a‘zolarini himoya qilish vositalari- gaznikoblar, respiratorlar, havo 
    shlemlari, havo maskalari. 
    6. Ixotalovchi kostyumlar - pnevmokostyumlar, namdan ixotalovchi 
    kostyumlar va skafandrlar. 
    7. Korjomalar - kombinezonlar, yarim kombinezonlar, 
    ko’rtkalar, shimlar, 
    kostyumlar, xalatlar, plashlar, pustinlar, fartuklar, nimchalar. 
    8. 
    Qo’llarni himoya qilish vositalari - qo’lkoplar. 
    9. Maxsus poyafzallar - etiklar, kalta etiklar, botinkalar, kunjli botinkalar, 
    tuflilar, kalish, botilar. 
    10. Extiyot moslamalari - extiyot kamarlari, dielektrik 
    gilamchalar,qo’l 
    changaklari, manipulyatorlar, tizzani, tirsakni va yelkani extiyot qilish 
    moslamalari. 
    11. Himoyalovchi dermotologik vositalar - yuviladigan pastalar, kremlar, 
    moylar. 


    Shaxsiy himoya vositalari bilan 
    ta‘minlash, ularni o’z vaqtida almashtirish, ta‘mirlash va ularni 
    vazifalari 
    bo’yicha ishlatilishi yuzasidan korxona ma‘muriyatiga, mehnatni muhofaza qilish muhandisiga 
    qo’yidagicha vazifalar yuklanadi: 
    Ishchi va xizmatchilarga ShHVlarni berish 
    bo’yicha nazorat va hisobot ishlarini tashkil qilish, ulardan 
    ish paytida 
    to’g’ri foydalanishni, buzilgan, ifloslangan hollarda esa ularni qo’llashni ta‘qiqlashni nazorat 
    qilish. 
    ShHVlarini belgilangan muddatlarda muntazam ravishda sinovdan 
    o’tkazish, ularning sozligini 
    tekshirib turish hamda ularning himoya xossalari pasaygan filtrlari, oynalari va boshqa qismlarini 
    o’z 
    vaqtida almashtirish va tekshirilgan vositalarga kelgusi sinov muddati haqida 
    tamg’a qo’yish. 
    Tozalash, yuvish, 
    ta‘mirlash, zararsizlantirish va changsizlantirish ishlarini o’z vaqtida amalga 
    oshirish ishchi va xizmatchilarni ShHVlar bilan 
    o’z vaqtida ta‘minlash korxona ma‘muriyatiga, nazorat 
    qilish esa kasaba uyushmasi qumitasiga yuklatiladi. 
    Maxsus korjoma ishchilarni tashqi muhitning salbiy 
    ta‘siridan saqlash uchun muljallangan. Bunda 
    kishi tanasining havo almashish funktsiyasi buzilmasligi kerak. U juda qulay, havoni 
    o’tkazuvchan, ish 
    sharoitida xavfsiz, osilib yoki chiqib turuvchi qismlari 
    bo’lmasligi kerak. Ular pishiq, yengil tozalanadigan 
    badanni qichitmaydigan matodan tikiladi.
    Harakatlanib turuvchi mexanizmlar yaqinida ishlovchilarga paxta ipidan 
    to’qilgan, belbog’siz, ichki 
    cho’ntakli kombinezonlar beriladi. Qo’llarni jarohatlanishdan saqlash uchun esa qo’lkoplar beriladi. 
    Boshga uchburchak rumol, erkaklarga biretkalar beriladi. Kislota bilan ishlaydigan ishchilarga 
    dag’al 
    jundan yoki paxta ipidan 
    to’qilgan, kislota ta‘siriga qarshi modda shimdirilgan matolardan to’qilgan shim 
    va kurtkalar beriladi. 
    Hozirgi paytda kislota va ishqorlar 
    ta‘siriga chidamli sintetik tolalar (lavsan, nitron) va jun tolalari bilan 
    aralashtirilgan yoki faqat sintetik tolalardan 
    to’qilgan matolar keng qo’llanilmoqda. Kislota bilan bevosita 
    ishlovchilarga rezina shimdirilgan fartuklar, 
    qo’llariga kiyish uchun dag’al jun qo’lkoplar beriladi. Ishqor 
    bilan ishlovchilarga paxta ipidan tiqilgan kostyum va fartuklar beriladi. 
    Maxsus poyafzal ishchining oyoqlarini har xil zararli modda va xavfdan saqlashga 
    mo’ljallangan. 


    Ishlab chiqarishdagi zararning hararkteriga moslab material tanlanadi va ShHVlari tiqiladi. 
    Nafas olishdagi havo orqali 
    ta‘sir qiluvchi xavfli va zararli ishlab chiqarish omillaridan kishi 
    nafas olish 
    a‘zolarini himoya qiluvchi moslamalar 4 xil bo’ladi: 
    Gaznikoblar 
    Respiratorlar 
    Havo shlemlari 
    Havo nikoblari. 
    Bular kishini 
    o’z joyidagi havo aralashgan har xil iflosliklardan (bug’, gaz, aerozollar, 
    changlar) va kislorod yetishmasligidan himoya qilish kerak.Ularni tanlashda tsexdagi havo 
    muhitining tarkibi va holatini va ishlab chiqarish jarayonlarini hisobga olish kerak. 
    Nafas 
    a‘zolarining ShHVlari ishlash printsipi bo’yicha 2 turli - filtrlovchi (F) va ixotalovchi (I) 
    bo’ladi.
    Filtrlovchi turlari tsex havosidagi kislorod miqdori yetarli (18%dan 
    ko’p) bo’lganda va zararli 
    moddalar miqdori kam 
    bo’lganda qo’llaniladi.
    Ixotalovchi himoya vositalari esa zararli moddalar tsex havosida chegaralanmagan va 
    kislorod miqdori yetarli miqdorda 
    bo’lmagan hollarda ishlatiladi. O’z navbatida, filtrlovchi 
    himoya vositalari 
    o’z vazifasiga ko’ra, aerozollardan himoya qiluvchi va universal turlarga 
    bo’linadi. Ixotolovchi himoya vositalari esa konstruktsiyasi bo’yicha – ichakli, nafas olish uchun 
    havoni toza zonadan olib beruvchi va avtonom 
    – nafas olish uchun shaxsiy manbai bo’lgan 
    turlarga 
    bo’linadi. 
    Filtrlovchi respiratorlar ham gaznikoblar singari tsex havosidagi aerazol, bug va gazlarda 
    kislorod miqdori 18% dan kam 
    bo’lmagan hollarda ishlatilib, ular 3 turli bo’ladi: 
    Aerozollar (chang)dan himoyalovchi. 
    Gazlardan himoyalovchi 
    Universal. 



    Sanoat filtrlovchi gaznikoblari nafas olish 
    a‘zolarini, shuningdek, ko’zlar 
    va yuz terisini gazlar, 
    bug’lar hamda changdan himoyalaydi. Ular filtrlovchi 
    qutichadan, egiluvchan shlangning yuzga kiyiladigan qismidan tashkil 
    topgan. Sanoat gaznikoblarining qutichalari muayyan zararli moddalardan 
    himoyalash uchun yutkichlar bilan 
    to’ldiriladi. Vazifasiga qarab har xil 
    ranglarga 
    bo’yaladi.
    Filtrlovchi respiratorlar vazifasiga 
    ko’ra: changga qarshi, gazga qarshi, 
    universal xillarga 
    bo’linadi. 
    Respiratorlar yarim yuzniqoblar va filtrdan tuzilgan. Ular bir necha 
    markalarda ishlab chiqariladi. 
    Og’ir ishni bajarishda va chang miqdori ko’p 
    bo’lganda changga qarshi F-62SH respiratoridan, og’ir va o’rtacha 
    og’irlikdagi ishlarda hamda chang miqdori ko’p bo’lganda U-2K 
    respiratoridan, chang miqdori 
    ko’p bo’lganda «Lepestok» respiratoridan 
    foydalaniladi. Universal RU-60M respiratori nafas olish 
    a‘zolarini zararli 
    moddalar 
    – gaz, bug’ va changdan himoyalash uchun ishlatiladi. 
    Ixotalovchi gaz-nikoblar nafas olish 
    a‘zolarini atrof muhitdan butunlay 
    ajratib 
    qo’yadi. Bunday vositalarga ichakli gaznikoblar, kislorodli va havoli 
    nafas olish apparatlari kiradi. Ichakli gaznikoblar ichagining uzunligi 9-10 m 
    bo’lgan o’ziyurar va ichagining uzunligi 20m gacha bo’lgan, havo majburiy 
    haydaladigan xillari mavjuddir. Kislorodni 
    o’tkazmaydigan gaznikoblar nafas 
    olish 
    a‘zolarini atrof-muhitdan batamom ajratib qo’yadi. 



    E’TIBORINGIZ 
    UCHUN RAHMAT 

    Download 0.86 Mb.




    Download 0.86 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi a. Qodiriy nomli jizzax davlat pedaogika instetuti

    Download 0.86 Mb.
    Pdf ko'rish