-Mavzu: Qadimgi Rim, Gretsiya kalendarlari. Yuliy Tsezarning kalendar islohati. Mayya va slavyan xalqlari kalendarlari




Download 318.87 Kb.
bet15/55
Sana24.01.2023
Hajmi318.87 Kb.
#39302
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   55
Bog'liq
“Xronologiya va metrologiya” fanidan MARUZALAR MATNI
24.Антропогенные экосистемы агроэкосистемы, ilovepdf merged, “Jasalma neyron tarmaqlarina kirisiw”, 26, Yuqori tartibli differensial tenglamalar, мадина КР, Tashkent, LINGVOKRIMINALISTIKA VA LINGVISTIK EKSPERTIZA MOHIYATI, TURLI YOSH GURUHLARIDA BOLALARNI PREDMETLAR SHAKLI BILAN TANISHTIRISH METODIKASI, Qurilish Chizmalarini O’qish, vaziyatli masalalar hammasi birda, IQTISODIYOTDA ZAMONAVIY INFORMATSION-KOMMUNIKATSION TEXNOLOGIYALARINING TEXNIK TA’MINOTI, INFORMATSION-KOMMUNIKATSION TEXNOLOGIYALARNING DASTURIY TA’MINOTI, Statistika axborot tizimlari
4-Mavzu: Qadimgi Rim, Gretsiya kalendarlari. Yuliy Tsezarning kalendar islohati. Mayya va slavyan xalqlari kalendarlari
1. Qadimgi rimliklar kalendarlari..
2. Qadimgi grek kalendarlari.
3. Yuliy Tsezarning kalendar islohati
4.Mayya va slavyan xalqlari kalendarlari

Qadimgi yunonlar o‘z yil hisoblarini oyga asoslanib olib borganlar. Qadimgi Yunonistonda kalendarlar dastlab eramizdan avvalgi birinchi ming yillikning boshlaridan tuzila boshlagan. Bu yerdagi har bir shahar – davlat o‘zining kalendar tizimiga ega bo‘lgan. Bu kalendarlar bir tomondan, bir-biridan birmuncha farqlangan, ularning har biri o‘z xususiyatiga ega bo‘lgan, ikkinchi tomondan esa, ular umumiy o‘xshashlikka ham ega bo‘lgan.


Qadimgi yunonlar kalendarida yil 12 oyga bo‘linib, yangi yil esa yozgi quyosh turishidan keyingi birinchi oy tugilishidan boshlangan. Kalendar yillarining yil fasllari bilan aloqadorligini saqlab turish maqsadida har bir shahar xukmdorining maxsus qarori bo‘yicha goxi-goxida 13-oy qo‘shib borilgan. Eramizdan oldingi 539 yili Afina xokimi Solon vavilonliklar tajribasidan foydalanib, sakkiz yillik siklni belgilaydi. (3 yil 2,5 va 8 yillar – kabisa, 13 oydan, qolgan 5 yil esa – oddiy, 12 oydan). Bu kalendar ham unchalik aniq bo‘lmagan va uni butun Yunonistonda qabul etishgan, deyish qiyin.
Eramizdan avvalgi 432 yilda yunon astronomi Meton qamariy oy va shamsiy yillar o‘rtasida bog’liqlik mavjudligini aniqladi. U xitoylar kashfiyotidan butunlay bexabar xolda, mustaqil 19 shamsiy yil 235 qamariy oydan iborat ekanligini aniqladi. Uning isbotlashicha, Oyning xoxlagan bir fazasi har 19 yilda bir marta shamsiy yilning ma’lum bir kuniga to‘gri keladi. Meton tuzgan kalendarga ko‘ra, har 19 yilning 7 tasi 13 oylik, qolgan 12 tasi esa 12 oylik yil deb hisoblangan. Bu 19 yillik qamariy sikl Meton sikli deb nom olgan.
Shunday qilib, qadimgi yunonlar vaqt hisobida avval qamariy kalendardan foydalanganlar; uni keyinchalik yil fasllariga moslashtirishgan. Natijada ularning qamariy kalendari qamariy – shamsiy kalendarga aylangan.

Download 318.87 Kb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   55




Download 318.87 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-Mavzu: Qadimgi Rim, Gretsiya kalendarlari. Yuliy Tsezarning kalendar islohati. Mayya va slavyan xalqlari kalendarlari

Download 318.87 Kb.