• Yangi yil odatdabaxor boshlanadigan oyning birinchi kunidan boshlanar edi.
  • Mayyaga bag’ishlanib mayus
  • Kvintilis – “beshinchi” Oqtober – “sakkizinchi” Sekstilis – “oltinchi” November – “to‘kkizinchi” Sentember – “yettinchi” Detsember – “o‘ninchi”
  • O’zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi Al-Xorazmiy nomli Urganch Davlat universiteti «tarix» kafedrasi




    Download 318.87 Kb.
    bet16/55
    Sana24.01.2023
    Hajmi318.87 Kb.
    #39302
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   55
    Bog'liq
    “Xronologiya va metrologiya” fanidan MARUZALAR MATNI
    24.Антропогенные экосистемы агроэкосистемы, ilovepdf merged, “Jasalma neyron tarmaqlarina kirisiw”, 26, Yuqori tartibli differensial tenglamalar, мадина КР, Tashkent, LINGVOKRIMINALISTIKA VA LINGVISTIK EKSPERTIZA MOHIYATI, TURLI YOSH GURUHLARIDA BOLALARNI PREDMETLAR SHAKLI BILAN TANISHTIRISH METODIKASI, Qurilish Chizmalarini O’qish, vaziyatli masalalar hammasi birda, IQTISODIYOTDA ZAMONAVIY INFORMATSION-KOMMUNIKATSION TEXNOLOGIYALARINING TEXNIK TA’MINOTI, INFORMATSION-KOMMUNIKATSION TEXNOLOGIYALARNING DASTURIY TA’MINOTI, Statistika axborot tizimlari
    Qadimgi rimliklar kalendari.
    Qadimgi Rimda ham vaqt hisobi qamariy kalendarga asoslangan edi. Rim kalendarining paydo bo‘lishi haqida tarixdan bizgacha aniq ma’lumot saqlanib qolmagan, ammo Rimning afsonaviy asoschisi va birinchi Rim podshosi Romul davrida, aniqrogi eramizdan avvalgi VIII asr o‘rtalarida ana shunday kalendardan keng foydalanishgan. Bu kalendarga binoan ularning tabiiy yili turli mavsumlarga bo‘lingan bo‘lib, ular dehqonchilik ishlariga asoslangan edi. Yil 10 oy va 304 kundan iborat bo‘lgan. Yil oylarining soni turli lotin qabilalarida turlicha mikdorda edi. Bu haqda Senzorin yozib qoldirgan. Bu oylar avvaliga xech qanday nomga ham ega emas edi: ular tartib soni bilan atalardi. Yangi yil odatdabaxor boshlanadigan oyning birinchi kunidan boshlanar edi.
    Eramizdan avvalgi VIII asr oxirlariga kelib rimliklar kalendarining ayrim oylari o‘z nomiga ega bo‘la boshlaydi. Masalan yilning birinchi oyi urush xudosi, dehqonchilik va chorvachilik xomiysi Mars sharafiga martius deb atalgan. Qadimgi Rimda qishloq xo‘jalik ishlari odatda ana shu oydan boshlanardi. Yilning ikkinchi oyi esa aprelis deb nomlangan (aprelis – lotincha bo‘lib, “ochilish” demakdir). Shu ikkinchi oyda tabiat odatda ochiladi, gullaydi – yerga eqilgan uruglar unib chiqadi, daraxtlardagi kurtaklar barg yozadi. Uchinchi oy xudo Merkuriyning onasi va go‘zallik xudosi Mayyaga bag’ishlanib mayus deb ataladigan bo‘ldi. Chunki tabiat xuddi shu oyda o‘zining butun go‘zalligini, kuchini namoyon qiladi. To‘rtinchi oy esa rimliklarning bosh xudolaridan biri xudo Yupiterning xotini ayollar xomiysi Yunonaga bag’ishlanib, yunis deb nom oldi. Shunday qilib, qadimgi rimliklar kalendarida Hozirgi mart, aprel, may va iyun oylarining nomlari paydo bo‘ldi. Yilning boshqa oylari esa nomsiz, o‘zining tartib soni bilan atalganicha qolavergan. Ular quyidagilar:
    Kvintilis – “beshinchi” Oqtober – “sakkizinchi”
    Sekstilis – “oltinchi” November – “to‘kkizinchi”
    Sentember – “yettinchi” Detsember – “o‘ninchi”
    Martius, mayus, kvintilis va oqtober oylari 31 kundan, qolgan olti oy esa 30 kundan iborat bo‘lgan. Shuning uchun qadimgi Rim kalendarini quyidagicha tasavvur etish mumkin:





    Oy nomlari

    Kuni



    Oy nomlari

    Kuni

    1

    Mart

    31

    6

    Sekstilis

    30

    2

    Aprel

    30

    7

    Sentabr

    30

    3

    May

    31

    8

    Oqtober

    31

    4

    Iyun

    30

    9

    November

    30

    5

    Kvintilis

    31

    10

    Detsember

    30

    1 yil 10 oy 304 kundan iborat bo‘lgan.



    Download 318.87 Kb.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   55




    Download 318.87 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi Al-Xorazmiy nomli Urganch Davlat universiteti «tarix» kafedrasi

    Download 318.87 Kb.