• Kursning maqsad va vazifalari. Tarixiy va astronomik xronologiya. Yevropada xronologiya fanining vujudga kelishi va taraqqiyoti. O’rta Osiyo olimlarining xronologiya rivojlanishiga qo’shgan hissasi. H
  • – turli xalqlarda va turli tarixiy davrlarda vaqtni qanday hisoblashganini, ularni bir-birlari bilan qanday bog’lash, taqqoslash mumkinligini, tarixiy voqealarning sanalarini aniqlaydi.
  • O’zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi Al-Xorazmiy nomli Urganch Davlat universiteti «tarix» kafedrasi




    Download 318.87 Kb.
    bet2/55
    Sana24.01.2023
    Hajmi318.87 Kb.
    #39302
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
    Bog'liq
    “Xronologiya va metrologiya” fanidan MARUZALAR MATNI
    24.Антропогенные экосистемы агроэкосистемы, ilovepdf merged, “Jasalma neyron tarmaqlarina kirisiw”, 26, Yuqori tartibli differensial tenglamalar, мадина КР, Tashkent, LINGVOKRIMINALISTIKA VA LINGVISTIK EKSPERTIZA MOHIYATI, TURLI YOSH GURUHLARIDA BOLALARNI PREDMETLAR SHAKLI BILAN TANISHTIRISH METODIKASI, Qurilish Chizmalarini O’qish, vaziyatli masalalar hammasi birda, IQTISODIYOTDA ZAMONAVIY INFORMATSION-KOMMUNIKATSION TEXNOLOGIYALARINING TEXNIK TA’MINOTI, INFORMATSION-KOMMUNIKATSION TEXNOLOGIYALARNING DASTURIY TA’MINOTI, Statistika axborot tizimlari
    MA’RUZALAR MATNI

    1-MAVZU: Kirish. Xronologiya fanining vujudga kelishi va taraqqiyoti.



    Reja:
    1. Xronologiya haqida tushuncha va uning turlari.
    2. Tarixiy xronologiyaning paydo bo`lishi va rivojlanishi
    3. Xronologiya fanining taraqqiyotiga hissa qo’shgan yevropalik olimlar.
    4. O’rta Osiyo olimlarining xronologiya rivojlanishiga qo’shgan hissasi.


    Kursning maqsad va vazifalari. Tarixiy va astronomik xronologiya. Yevropada xronologiya fanining vujudga kelishi va taraqqiyoti. O’rta Osiyo olimlarining xronologiya rivojlanishiga qo’shgan hissasi. Hafta va uning dastlabki shakllari. Sutka va uning dastlabki shakllari. quyosh va yulduz sutkalari va ularning uzunligi. Dastlabki soatlar va ularning qo’llanilishi. Misr qum va suv soatlari. Qadimgi Bobil quyosh soati. Zamonaviy soatlar.
    Tarix fani jamiyatimizning o`tmishi hamda hozirgi kunini yaxshi o`rganish va shu asosda kelajakdagi taraqqiyot istiqbollarini to`g`ri anglab olishga yaqindan yordam berishi lozim. Buning uchun jamiyatimizning o`tmishdagi, shuningdek, ayni zamondagi hayotini xarakterlovchi barcha shart-sharoitlarni chuqur o`rganish, tahlil qiib ko`rish, kelajak uchun muhim nazariy va amaliy xulosalar chiqarib berish zarur.
    Tarix fani oldidagi bu ma`suliyatli vazifani to`g`ri hal etishda yordamchi tarix fanlari(YOTF)ning roli katta. Tarix fani turli-tuman tarixiy manbalardan olingan materiallarga qarab zarur xulosalar chiqaradi. YOTF siyosiy, iqtisodiy hamda madaniy sohalarda tegishli xulosalar chiqarish uchun tarix fanini xilma-xil materiallar bilan qurollantiradi. Har bir yordamchi tarix fani o`ziga xos mustaqil tarixiy fan bo`lib, o`z materiallar iga asoslanib, nazariy masalalarni hal etib boradi. Hamda tarixiy fakt, voqea-hodisalar turli tarixiy manbalar mohiyatini aniq va konkret o`rganish usul hamda uslublari, metodikasini ishlab chiqadi.
    Tarix fanlarining mazmuni va vazifalariga qarab uch guruhga bo`lish mumkin. A) Umumtarix fanlari. B) Maxsus tarix fanlari. V) Yordamchi tarix fanlari.1
    Umumtarix fanlari butun jamiyat tarixini yoki ayrim bir mamlakat, xalq tarixini o`rganadi. Bunday fanlarga: Qadimgi va o`rta asrlar tarixi, yangi va eng yangi tarix, O`zbekiston tarixi, Osiyo va Afrika mamlakatlari tarixi kabi fanlarni aytish mumkin.
    Maxsus tarix fanlari esa tarixning maxsus tomonlarini, moddiy va madaniy tarixi, ijtimoiy fikr va boshqalarni o`rganish bilan shug`ullanadi. Chunonchi, davlat va huquq, adabiyot tarixi, madaniyat tarixi, kitob tarixi kabi fanlar.
    Yordamchi tarix fanlariga kelsak, bu fanlar tarixiy tadqiqot metodikasi va texnikasiga doir umumiy hamda xususiy masalalar bilan Shug`ullanadi. Yordamchi tarix fanlarining har birining o`z tarixi metod va usullari bor. Har biri mustaqil tarixiy fan sifatida shakllangan va rivojlanib kelmoqda. Lekin shu bilan birga har bir yordamchi tarix fani umumiy va maxsus tarix fanlarining chuqur, keng, mufassal o`rganishga yordam beradi. Asosiy farq shundaki, yordamchi tarix fanlari nisbatan tor doiradagi maqsad va vazifalarga xizmat qiladi.
    «Manbashunoslik» yordamchi tarix fanlari orasida alohida o`rin tutadi. U tarixiy manbalarni aniqlash va o`rganish bilan bog`liq bo`lgan masalalar ustida ish olib boradi. Tarixiy manbalarni ilmiy asosda ma`lum bir sitema(tizim )ga soladi. Tanqidiy tahlil qiladi. Ulardan foydalanish va ularni o`rganish metodikasini ishlab chiqadi. Tarixiy manbalardan foydalanish yo`llarini ko`rsatib beradi. «Manbashunoslik» tor doiradagi, lekin ayni bir vaqtda juda katta nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo`lgan vazifa bilan shug`ullanadi.
    Boshqa yordamchi tarix fanlari esa bundan ham tor doiradagi soha bo`yicha ish olib boradi. Jumladan Paleografiya yozma manbalar, ularning tashqi ko`rinishi, ishlatilgan materiallar i, yozuv turi, quroli bezagi bilan qiziqadi.Geral’dika gerb, nishonlarini, muhrlarni; metrologiya-o`lchovlar, pul hisobi, sistemalarni; xronologiya-vaqtni o`lchash va kalendar sistemalarining paydo bo`lishi va rivojlanish turi biridir; numizmatika-tanga, pullarni paydo bo`lishi tarixi va hokazolar.
    Yordamchi tarix fanlarining xili ko`p. 30 dan ortiq yordamchi tarix fanlari bor. Bu fanlarning yordamisiz tarix fanini mukammal egallab bo`lmaydi. Tarixni anglab etish uchun asosiy manbalar bilan birga Yordamchi tarix fanlarini ham chuqur bilish zarur. Tarixni o’rganishda tadqiqotchi qator maxsus va yordamchi tarix fanlaridan keng qo’lamda foydalanmogi lozim. Yordamchi tarix fanlari bir-biri bilan bohliq, bir-birini to’ldirsa-da, ularning har birining o’z maqsad va vazifalari o’z yo’nalishi, usullari va uslublari mavjud.
    Yordamchi tarix fanlarining har biri aloxida fan va tadqiqot predmetiga ega. Masalan: Xronologiya – turli xalqlarda va turli tarixiy davrlarda vaqtni qanday hisoblashganini, ularni bir-birlari bilan qanday bog’lash, taqqoslash mumkinligini, tarixiy voqealarning sanalarini aniqlaydi. Numizmatika – tangalar tarixi bilan shug’ullanadi, geneologiya – shajara va sulolalar tarixini, metrologiya – uzunlik, og’irlik o’lchovlvri va o’lchov birliklarini, paleografiya yozuvlarning paydo bo’lishi va rivojlanishini, arxeografiya – hujjatlarni chop etish usullari va uslublarini, tomonimika joy nomlari tarixini, tarixiy geografiya - sfragistika – muhrlar tarixi bilan shug’ullanadi. Ushbu fanlarning har biri o’z o’rganish yo’nalishiga ega bo’lsa-da, ular bir-birlari bilan uzviy bog’langan va manbashunoslikni tashkil etadi, ular manbalarni chuqur o’rganishga qaratilgan. Mazkur fanlarni an'anaviy tarzda “Yordamchi tarix fanlari” deb ataymiz. Ular tarixni har tomonlama mukammal o’rganishga xizmat qiladi. Bugungi kunda yuqorida qayd qilingan fanlarning ko’pchiligi alohida mustaqil fanlar darajasida bo’lib, ularga nisbatan “Maxsus tarixiy fanlar” iborasi ko’pchilik tomonidan qabul qilingan. Bu fanlar mazmuniga ko’ra tarixning quyidagi sohalarini – ijtimoiy, iqtisodiy (savdo-sotiq, tovar pul munosabatlari, soliq, yer maydoni) siyosiy, madaniyat, san'atni o’rganadi.
    Yordamchi tarix fanlari sohalariga tarixchilardan tashqari o’z tadqiqotlari bilan ekologiya, geografiya, irrigastiya va boshqa mutaxassislar ham murojaat etadilar. Masalan, T.Ernazarov, B.Kocven,E.V. Rtveladze, T.P.Gusarova, O.V.Dmitrieva, I.S.Fillipov,I.To’xtiev,V.G.Ioffe, Z.Rahmonhulova, G’.Boboyorovning2ilmiy tadqiqot, o’quv qo’llanmalarida ham vaqt va qalendar tushunchasiga keng etibor berilgan.Biz o`rganayotgan har bir fan doimo o`z predmeti, tarixiga, vazifalariga egadir. Yangi fanni va hatto ikki fan-xronologiya va metrologiyani o`rganayotganimizda, avvalo, ularning har biri nima bilan shug`ullanishini, u uchun nima xarakterli va qachon, qay tarzda rivojlanganini aniqlashimiz zarur bo`ladi.
    Xronologiya nima bilan shug`ullanadi, nimani o`rganadi? Xronologiya so`zi grekcha ikki so`z «xronos»-vaqt, «logos»-so`z, o`rganish: aniqrog`i, vaqt haqida so`z, o`rganish ma`nosini anglatadi. Hozirgi kunimizda amaliyotda «xronologiya» termini 3 ma`noda: birinchidan, tarixiy hodisalarning vaqt bo`yicha davomiyligini; ikkinchidan, har xil hodisalar hisoboti, dalillarning kalendar (xronologik) davomiylik va odatda tablitsa holati; uchichidan, vaqtlarni hisoblash haqidagi fan. Xronologiya vaqtlarni hisoblash haqidagi fan sifati ikki qismga bo`linadi, bo’lar-astronomk (yohud matematik) xronologiya va tarixiy (yohud texnik) xronologiya3.

    Download 318.87 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




    Download 318.87 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi Al-Xorazmiy nomli Urganch Davlat universiteti «tarix» kafedrasi

    Download 318.87 Kb.