O’zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi Al-Xorazmiy nomli Urganch Davlat universiteti «tarix» kafedrasi




Download 318.87 Kb.
bet21/55
Sana24.01.2023
Hajmi318.87 Kb.
#39302
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   55
Bog'liq
“Xronologiya va metrologiya” fanidan MARUZALAR MATNI
24.Антропогенные экосистемы агроэкосистемы, ilovepdf merged, “Jasalma neyron tarmaqlarina kirisiw”, 26, Yuqori tartibli differensial tenglamalar, мадина КР, Tashkent, LINGVOKRIMINALISTIKA VA LINGVISTIK EKSPERTIZA MOHIYATI, TURLI YOSH GURUHLARIDA BOLALARNI PREDMETLAR SHAKLI BILAN TANISHTIRISH METODIKASI, Qurilish Chizmalarini O’qish, vaziyatli masalalar hammasi birda, IQTISODIYOTDA ZAMONAVIY INFORMATSION-KOMMUNIKATSION TEXNOLOGIYALARINING TEXNIK TA’MINOTI, INFORMATSION-KOMMUNIKATSION TEXNOLOGIYALARNING DASTURIY TA’MINOTI, Statistika axborot tizimlari
Grigoriy kalendari.
Eramizning 324 yili Rim imperatori Konstantin xristian dinini davlat dini deb e’lon qildi. Beruniy yozadi: Kustantin (306 - 337). U xristianlikni birinchi qabul etgan podshox, Istanbul devorlarini bino etgan. Podshoxligining birinchi yilida onasi Nilino (Iso paygambar osilgan) salib tayogini kidirdi va oxir uni topdi. O‘n to‘qqizinchi yilida din raxbarlari Nikiyada to‘planib, xristian dini qonunlarini tuzdilar. (... podshoxlik muddati 21 yil).
325 yilda Nikiyada cherkov yig’ini o‘tkazildi. Unda butun xristian dunyosi uchun baxorgi teng kunlik 21 martga to‘gri keluvchi Yuliy kalendarini qabul qilindi. Nikiya safarida barcha xristian mamlakatlari uchun pasxa bayramining vaqtini hisoblash qoidalarini ishlab chiqadi. Bu qoidaga binoan xristianlar pasxasi birinchi baxori to‘lgan oydan keyin keladigan birinchi yakshanbada, ya’ni eski stil (Yuliy kalendari) bo‘yicha 21 martdan keyin keladigan birinchi to‘lgan oydan keyingi yakshanbada (lekin 25 apreldan kechiqmasdan) bayram qilinishi zarur bo‘lgan. Sobor o‘tkazilgan kun haqiqatdan ham baxorgi kun - tun tengligi kuni 21 martga to‘gri kelgan edi va dindorlar Yulian kalendarini aniq vaqt hisobi deb hisoblashgan va doim shunday bo‘ladi deb o‘ylashgan edilar.
Biroq Yuliy kalendari chinakamiga aniq kalendar emas. Bu kalendarga asoslangan fuqaro yili tropik yildan farq qilar edi. Agar haqiqatda shamsiy yil 365 kun 5 soat 48 daqiqa 46 soniyada teng bo‘lsa, bu kalendar yilni 365 kun 6 soat hisoblardi. Buning natijasida u har yili vaqt hisobida 11 daqiqa 14 soniyaga xato qilardi. Yuliy Sezar kalendaridan xato yig’ilib borib 128 yilda 1 kunni, 384 yilda 3 kunni, 1280 yilda esa (eramizning XVI asrida kelib) 10 kunni tashkil etardi.
Yulian kalendaridagi noaniqlik XIV asrda aniqlangan edi. 1324 yilda Vizantiyalik olim Nikifor Grigorya imperator Andronik II ga murojaat etib, baxorgi tengkunlik 21 martga to‘gri kelmasligini pasxa bayrami asta-sekin ortga surilib ketishini bildirgan edi. Shuning uchun u kalendarni tuzatib, pasxani belgilab olish lozim deb hisoblar edi. Ammo imperator islohotni amalga oshira olmasligini ba’zi provaslav cherkovlari bilan kelisholmasligini e’tiborga olib, Frigor taklifini rad etdi. Bu kalendardagi noaniqlik XIV asrning birinchi yarimida Vizantiyada yashagan grek olimi Matvey Vlastar ham ta’kidlagan edi.
Yuliy kalendarining xatosi natijasida haqiqiy baxorgi tengkunlik vaqti kalendar vaqtiga to‘gri kelmay qoladi. Kun bilan tunning baravar bo‘lish payti tobora oldingi kunlarga avval 20 martga, so‘ng 19, 18, 17 va xoqazo kunlarga o‘tib boradigan bo‘lib qoladi. XVI asrga kelib xato rosa 10 kunni tashkil qilgan edi: tun - kun tengligi 21 martda bo‘lishi kerak edi, haqiqatdan esa 11 martdayoq kun - tunga baravar bo‘lib qolgan edi. Kun - tun tengligini kalendar bo‘yicha 21 martda ishlab turish xavfli edi: xristianlarning paxsa baxorgi bayrami tobora yozga yaqinlashib bormoqda edi.

Download 318.87 Kb.
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   55




Download 318.87 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi Al-Xorazmiy nomli Urganch Davlat universiteti «tarix» kafedrasi

Download 318.87 Kb.