• Xronologiyani o`rganishda albatta astronomik xronologiyaga murojaat qilinadi.
  • Eratosfen, Ptolemey, Kalliplarni kiritishimiz mumkin. Qadimgi Rim mutafakkirlaridan Varron, Tsenzorin va Makrobiylar
  • Klavdiy Ptolomey (eramizgacha 2-asr) astronomyaga oid mashhur «Almagesta»
  • Mark Terenskiy Varron (eramizgacha 116-27 yillar
  • Abu Rayhon Beruniy
  • Abu Rayhon ibn Ahmad al-Beruniy (973-1048
  • «O`tmish avlodlaridan qolgan yodgorliklar» va «Hindiston» asarlaridir
  • Jozef Jyust Skaliger (5.08.1540-21.01.1609 yillar
  • D. Petavi
  • Abu Rayhon Beruniyning “Al-osor al-boqiya ani-l-holiya
  • Gipparx - (eramizgacha 190-125 yillar
  • Klavdiy Ptol e m e y - mashhur "Almagest
  • Mark T e r e ntsiy Varron
  • M.V.Lomonosov, M.M.Sherbatov,I.N.Boltin va A.L.Shletser
  • .L.Ideler
  • O’rta Osiyo olimlarning xronologiya rivojlanishiga qo’shgan hissasi
  • Abu Rayhon Beruniy «Qonuni Masudiy» asarida
  • O’zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi Al-Xorazmiy nomli Urganch Davlat universiteti «tarix» kafedrasi




    Download 318.87 Kb.
    bet3/55
    Sana24.01.2023
    Hajmi318.87 Kb.
    #39302
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
    Bog'liq
    “Xronologiya va metrologiya” fanidan MARUZALAR MATNI
    24.Антропогенные экосистемы агроэкосистемы, ilovepdf merged, “Jasalma neyron tarmaqlarina kirisiw”, 26, Yuqori tartibli differensial tenglamalar, мадина КР, Tashkent, LINGVOKRIMINALISTIKA VA LINGVISTIK EKSPERTIZA MOHIYATI, TURLI YOSH GURUHLARIDA BOLALARNI PREDMETLAR SHAKLI BILAN TANISHTIRISH METODIKASI, Qurilish Chizmalarini O’qish, vaziyatli masalalar hammasi birda, IQTISODIYOTDA ZAMONAVIY INFORMATSION-KOMMUNIKATSION TEXNOLOGIYALARINING TEXNIK TA’MINOTI, INFORMATSION-KOMMUNIKATSION TEXNOLOGIYALARNING DASTURIY TA’MINOTI, Statistika axborot tizimlari
    Astronomik xronologiya osmonda bo`ladigan turli qonuniyatlarni aniq astronomik vaqt asosida o`rganadi. Tarixiy xronologiya-bu maxsus tarixiy tartib bo`lib, yozma va arxeologik manbalarni tadqiq etish asosida aniq tarixiy hodisalar va hujjatlarni belgilashdir, yoki qisqaroq aytadigan bo`lsak, turli tarixiy hodisalarni hujjatlar asosida sanasini belgilashdir. Xronologiyani o`rganishda albatta astronomik xronologiyaga murojaat qilinadi.
    Xronologiya-tarixan vujudga kelgan bilimlar tizimidir. Tabiatni kuzatish, vaqtni aniqlashda qiyin matematik hisoblashlar qadimdayoq xronologiyaning paydo bo`lishiga zamin yaratdi. Xronologiya sharqning qadimgi davlatlarida, avvalo, Bobil (Mesopotamiya)da va Misrda, ayniqsa, rivojlanishi Qadimgi Yunoniston va qadimgi Rimda kuzatilgan4. Xronologiya bilan ilk shug`ullangan olimlar sirasiga qadimgi grek olimlaridan Eratosfen, Ptolemey, Kalliplarni kiritishimiz mumkin. Qadimgi Rim mutafakkirlaridan Varron, Tsenzorin va Makrobiylar ham shular jumlasiga kiradi. Eratosfen Kirenskiy (eramizgacha 276-194 yillar) taniqli qadimgi matematik bo`lib, Aleksandriya va Afinada ishlagan, Misrdagi Aleksandriya kutubxonasini boshqargan (o`z vaqtida matematika, geografiya, falsafa, filologiya, astronomya asoschilaridan biri bo`lib, qadimgi xronologiya haqidagi ishlar unga oiddir).
    Taniqli grek matematigi Klavdiy Ptolomey (eramizgacha 2-asr) astronomyaga oid mashhur «Almagesta» asari muallifidir. Asar o`zida o`sha davrning butun astronomk bilimlari bayonini beradi. Ptolomey xronologiya faniga katta hissa qo`shdi. Astronomk kuzatuvlar qadimda podsholar boshqargan yillar bo`yicha qayd etilgan, Shuning uchun Ptolomey «Podsholarning xronologik qonuni»ni tuzgan.
    Umuman, Ptolomeyga qadar xronologiya faniga turli sohadagi bilimlarga ega olim Mark Terenskiy Varron (eramizgacha 116-27 yillar) katta hissa qo`shdi. Rimlik yozuvchi va olim Mark Terenskiy Varron Reat shahrida boy va siyosiy yetuk oilada dunyoga keldi. (Shuning uchun uni ba`zida Varron Reatinskiy deb ham atashadi).
    Varron Gney Pompey va senat tarafdori bo`lib, Pompey davrida taniqli lavozimlarni egallagan kichik kolleg-konsul bo`lib, sud ishlarini yuritgan. Konsul yo`q davrlarda uning o`rniga barcha jinoiy ishlar bo`yicha sud komissiyalarini boshqargan. Konsullar Varron davrida 8 tadan oshmagan. Varron qaroqchilarga qarshi janglarda, keyinroq Yuliy Sezar bilan jangda Gney Pompeyga qarshi kurashgan (eramizgacha 49-48 yillar). Pompey Varronga G`arbiy Ispaniya mudofaasini topshiradi, lekin Varron tezda Sezarga taslim bo`ladi. Sezar uni kechiradi va unga Rimda jamoat kutubxonasi tashkil etishni topshiradi. Keyinroq, Mark Antoniy davrida Varron qonun oldida javobgar, deb e`lon qilinadi. U zo`rg`a bundan qutuladi. Rimdagi fuqarolar urushidan so`ng Varron o`zini butunlay ilmiy faoliyatga bag`ishlaydi. Varron qomusiy olim edi. U she`riyat va ritorika, tilshunoslik, falsafa, tarix, geografiya, adabiyot va matematika tarixi, huquqshunoslik va qishloq xo`jaligi bilan shug`ullangan. U 600 dan ziyod kitob yozgan bo`lib, ularning ko`pi xronologiyaga bag`ishlangan.
    Xronologiyaning keyingi istiqboli o`rta asrlarda yuz berdi. Bu davrda xronologiya bilan ko`plab yirik olimlar shug`ullandilar. Ular orasida SHarqning ajoyib qomusiy olimi Abu Rayhon Beruniy, angl-saks solnomachisi Beda Dostopochtenniy va Kirik bordir5.
    Beda Dostopochtenniy (672 yoki 673-626 yillar) Nortumbriyalik monax bo`lib, uning davrida Nortumbriya Angliyaning madaniy markazi edi. B. Dostopochtenniy Uirmutda (Shu yerda tug`ilgan) va monastirlarda yashab, lotin tilida asarlar yozgan. U tomonidan yozilgan «Dunyoning olti yoshi haqida» asari o`rta asrlarning eng mashhur tarixiy xronologik manbasidir. Unda Xristos tug`ilgandan boshlab, hodisalar bayon etilgan. Shuningdek, grammatikaga oid ishlar bo`lib, Angliyaning 7-8 asrlar va undan oldingi davrning asosiy yozma manbasi hisoblanadi. Ayniqsa, uning 731 yilga qadar Britaniyaga yurishlar qilgan Yuliy Sezar haqidagi asari mashhurdir. Angliyada B. Dostopochtenniyni «ingliz tarixining otasi» deb atashadi. U G`arbdagi so`nggi o`rta asrlar davrining teorik xronologiyasi bo`yicha yirik olim sanaladi.
    Tarixiy xronologiya fani rivojiga Abu Rayhon ibn Ahmad al-Beruniy (973-1048 ba`zi manbalarda 1051 yillarda) katta hissa qo`shgan. Buyuk olim Xorazmda tug`ilib, 1017-1018 yillar Mahmud G`aznaviy tarafidan G`azna shahriga olib ketilib, o`sha yerda istiqomat qilgan. Beruniy arab, fors tillarida asar yozgan. U sanskrit, grek, suriya va Qadimgi yahudiy tillarini bilgan. Uning asarlari matematika tarixi, geografiya, astranomya, fizika, mineralogiya, etnografiya haqida bo`lib, bugungi kunda ham o`z qimmatini yo`qotmagan. Beruniyning xalqlar o`rtasidagi do`stlik haqida aytgan so`zlari qimmatlidir.
    Buyuk qomusiy olim asarlari orasida tarixiy asarlar, Shuningdek, tarixiy xronologiyaga oid asarlari ham mavjud. Bo’lar «O`tmish avlodlaridan qolgan yodgorliklar» va «Hindiston» asarlaridir. «Hindiston» asari 1000 yilda yozilgan bo`lib, turli asarlardagi mashhur xalqlarning to`liq ta`rifi keltirilgan. Beruniy ushbu asar uchun ma`lumotlarni Mahmud G`aznaviyning Hindistonga yurishi davrida to`plagan hind mualliflarining hisobotlari, sanalari, qadimgigrek va forslarning ma`lumotlarini keng tadqiq etish asosida yozilgan. Beruniyning buyukligi u tomonidan Sharqda birinchi bor Yerning shar shaklini-globusni yaratishidir. Uning Yana bir buyukligi Shundan iboratki, u Quyoshning yer atrofida emas, yerning Quyosh atrofida aylanishini bashorat qilganligidir.
    Hozirgi paytda tarixiy xronologiyani fan sifatida XVI asrda frantsuz olimi J. Skaliger tarixiy xronologiyaga sistematizatsiya (tizim)ni olib kirib, aniq tarjima usullarini (redaktsiya, reduktsiya) ishlab chiqdi. Shuningdek, Yulian stilidagi solnomalarni ishlab chiqdi. Jozef Jyust Skaliger (5.08.1540-21.01.1609 yillar) so`nggi o`rta asrlardagi frantsuz gumanistlaridan biri bo`lib, filolog va tarixchi edi. Asli ital’yan bo`lgan Skaliger 1562 yilda kal’vinizmni qabul qilib, XVI asrning ikkinchi yarmida Frantsiyada ro`y bergan diniy urushlarda faol ishtirok etgan. Fojeali Varfolomey kechasidan keyin Skaliger Jenevaga qochib ketadi. (Bu davrda ushbu shaharni «Protestantlar Rimi» deb atashardi). Bu yerda u 1572-74 yillarda falsafadan dars beradi. Keyinroq, 1593-1606 yillarda Skaliger Leyden Universitetining professori bo`ldi. U antik davri muallif (Varron, Vergimiy, Katon va boshqa)larning asarlariga sharhlari bilan mashhur bo`ldi. Qiyosiy tilshunoslik, ilmiy xronologiya sohasidagi ishlari ham diqqatga sazovordir.
    Solnomalar tavsifi haqidagi ko`plab tadqiqotlar XVII asrda frantsuz monaxi D. Petavi tomonidan amalga oshirildi. Umumiy ta`rif va xronologiya tarixini XIX asrda nemis olimi L. Idelyer, keyinroq XX asr boshlarida boshqa bir nemis olimi F. Gintsed tomonidan yaratildi.
    XX asrda xronologiya sohasidagi ishlar, avvalo, alohida turdagi solnomalarni chuqurroq o`rganish va xalq kalendari asosida vaqtni belgilashga bag`ishlandi. Ko`plab ishlar qadimgi tarixdagi solnomalarni hozirgi sistematizmga o`girish, mashhur manbalar asosida boshqaruv yillarini, masalan, fir`avnlar (Misr), anxondlar (Afinada), konsul va imperatorlar (Rimda), Rim papasi, Patriarxlar faoliyatini aniqlashdir. Tarixiy xronologiyaning rivojlanishida uning arxeologiya va boshqa aniq fanlar bilan aloqasi muhim ahamiyatga egadir. Yana ko`proq tarixiy xronologiyada informatsion hisoblash texnikalarining qo`llanishi ham ahamiyatlidir.
    Xronologiya tarixiy fanlarning rivojlanishi natijasida vaqtni o’rganadigan fan sifatida XVI asrda vujudga keldi. Xronologiya ilm sifatida Bobil, Misr, Yunoniston va Rimda shakllandi. O’rta asrlarda xronologiyaning rivojlanishiga O’rta Osiyolik olimlar ham o’z hissalarini qo’shdilar. Abu Rayhon Beruniyning “Al-osor al-boqiya ani-l-holiya” (O’tmish xalqlardan qolgan yodgorliklar), “Qonuni Mas'udiy” asarlarida xronologiya faniga oid ko’plab ma'lumotlar berilgan. Umar Hayyom kalendari esa mukammallik jihatidan Grigoriy kalendaridan ham ustun turadi. 1935 yilda Oliy o’quv yurtlarida tarix fakultetlari ocqilgandan keyin boshqa tarixning yordamchi fanlari qatorida talabalarga xronologiya fani ham o’qitila boshlandi.
    Xronologiya - yordamchi tarix fanlaridan biri bo’lib, u vaqt to’g’risidagi fandir. Xronologiya so’zi grekcha so’z bo’lib, “xronos” – vaqt, “logos”- fan, ya'ni vaqtni o’rganish haqidagi fan deganidir. Xronologiya vaqtlarni o’rganish, hisoblash haqidagi fan sifatida ikki qismga bo’linadi, bo’lar astronomk (matematik) xronologiya va tarixiy xronologiyadir. Astronomk (matematik) xronologiya osmon jismlarining siljishi to’g’risidagi aniq astronomk davrlarning vaqtini aytib berish uning vazifasi hisoblanadi.
    Tarixiy xronologiya tarixiy taraqqiyot davomida vaqtni hisoblash sistemasini o’rganadi, ularning o’zaro bog’liqligini, vaqtlarni bir hisob sistemasidan ikkinchisiga aylantirish uslublarini ishlab chiqadi. Tarixiy xronologiya yuqoridagi hisoblash sistemasidan tarixiy vaqtlarni hisoblashda amalda foydalanadi va tarixiy manbalardagi sanalarning aniqligini tarixiy tahlil qiladi.
    Insoniyatning xo’jalik hayotidagi ehtiyoji vaqtni hisoblash zaruratini yuzaga keltirdi. Qadimda vaqtni hisoblashda tabiatning doimiy takrorlanib turuvchi hodisasi bo’lgan sutka, tun, kun, oy fazalarining o’zgarishi, erning yillik aylanma harakatidan foydalanilgan. Asta-sekin vaqtni aniq hisoblashga bo’lgan ehtiyoj yuzaga keldi. Buning uchun osmon jismlar harakatini, umuman astronomyani bilish zarur edi. Bundan tashqari yana bir vazifani, kun, oy, yillar o’rtasidagi farhlarni aniqlash zarurati ham tug’ildi. Buning uchun esa matematik hisob-kitobni puxta bilish lozim edi.
    Xronologiya bilim sohasi rivojlanishiga qadimgi Yunoniston va Rim olimlari Erot Kalipp, Gipparx, Varron, Ptolomeylar katta hissa qo’shganlar.
    Gipparx - (eramizgacha 190-125 yillar) birinchi bo’lib o’lchamni va undan Ergacha bo’lgan masofani aniqlagan. Uning shaxsiy kuzatuvlari natijasida quyosh yilining uzunligini deyarli aniq hisoblab chiqqan (xato 6 daqiqa). Olim o’pts uchun ulkan hisoblangan 850 ta yudduzlarning xolati
    Klavdiy Ptolemey - mashhur "Almagest" asari muallifi. Asar o’rta asrlargacha astronomyaga oid asarlarning sarasi hisoblangan. Shuningdek, Ptolemey sakkiz kitobdan iborat "Geografiya" asarining muallifi hamdir. U kartografik proektsiyalar nazariyasini ham yaratgan.
    Uning "Podshohlarning xronologik jadvali" asari xronologiyaga oid muxim manba hisoblanadi.
    Mark Terentsiy Varron (eramizgacha 116-27 yillar xronologiya fanining rivojiga katta hissa qo’shgan. U qomusiy olim bo’lib olti yuzga yaqin asarlar muallifidir. Terentsiy Varron asarlarining aksariyati xronologiyaga bag’ishlangan.
    VII asr oxiri - VIII asrning birinchi choragida yashagan ingliz monaxi, solnomachi Beda Dostopochtenniy xronologiyaga oid "Dunyoning olti yoshi" nomli asar muallifidir. Uning asarida xristian erasining asoslari xaqida ma'lumot beriladi.
    Yevropada xronologiya fanining vujudga kelishi va taraqqiyoti. XVI asrda frantsuz olimi J.Skaliger tarixiy xronologiyada tizimlashtirishni amalga oshirdi. U yulian uslubidagi solnomalar taxririni ishlab chiqadi. 1583 yilda J.Skaliger "Vaqtni hisoblash yuzasidan yangi tadqiqot" nomli asarini e'lon qiladi. 1582 yilda italyan olimlari A.Liliya va I.Danti yangi kalendarni tuzib chiqadi. Bu kalendar tarixda Grigoriy kalendari nom bilan shuhrat qozonadi. XVII asrda frantsuz monaxi D.Petavi ham vaqtni hisoblash yuzasidan tadqiqotlar olib boradi.
    VIII asrda Rossiya olimlari ham xronologiya faniga oid tadqiqotlar olib borgan. "Rossiya tarixi" kitobining birinchi jiddida V.N.Tatishev yozgan maxsus bir bob "Yilning boshida vaqtni hisoblash" deb nomlanadi. Bu davrda M.V.Lomonosov, M.M.Sherbatov,I.N.Boltin va A.L.Shletser XRONOLOGIYa bilan jiddiy shug’ullandilar. XVIII asrga kelib Yevropada xronologiya mustaqil tarixiy fanga aylandi. Bunga qator angliyalik matematik va astronomlar o’z xissasini qo’shdilar. XVIII asr o’rtalarida lord Chesterfildning tashabbusi bilan mamlakatda Grigoriy kalendari qabul qilindi.
    1825-1826 yillarda nemis astronom X.L.Ideler tomonidan yozilgan ikki jildlik "Matematik va texnik xronologiya", L.Brossening "Xronologiya texnikasiga doir",F.Kaltenbrunnerning "Grigoriy kalendari islohoti tarixidan), O.E.Gartmanning "Rim kalendari", Ya.I.Makdonaldning "Xronologiya va kalendar"6 asarlari xronologiya fanining taraqqyyotida asosiy o’rinni egalladi.
    XIX asr boshlarida Rossiyada tarixning yordamchi fani sifatida xronologiyaning ahamiyati yanada yuksaldi. "Rossiya davlati tarixi" kitobining birinchi jildida N.M.Karamzin qadimgi Rusda yil hisobi to’g’risida ma'lumot beradi. XIX ning birinchi yarmida V.Shteyngel va K.Trominlar yilnoma kalendar masalasini tadqiq qiladi. P.V.Xavskiy Rusda lnomalar tarixiga oid tadqiqotlar va yulian kalendarini Grigoriy kalendariga taqqoslashga doir xronologik jadvallarni tuzadi. 1850 yilda, D.M.Perevoshikovning ravoslav cherkovida qabul qilingan vaqtni hisoblash qoidasi" nomli kitobi nashr qilindi. XIX asr oxirlarida D.I.Prozovskiy nasroniylikkacha bo’lgan davrda slavyan - rus vaqt hisobi va qadimgi Rusda soatni hisoblash asoslarini chiqdi.
    XX asrga kelib xronologiya tarixning asosiy yordamchi fanlaridan biriga aylanadi. Bu davrda quyosh, Oy-quyosh kalendarlariga doir tadqiqotlar yuzaga keladi. 1905 yillarda nemis olimi F.Gintsel uch jilddan iborat "Matematik va texnik xronologiya" nomli kitobini yozadi.
    Zamonaviy xronologiyaning rivojlanishida E.Meyer (1904), R.Parker (1950) (Misr kalendarlari), M.M.Underxil (1921) hindlarda xronologiya fani, M.Maler yahudiy kalendarlari, S.G.Morley (1954) mayya xalqlarida vaqt hisobi, X.Mittsman Rim xronologiyasi (1957), E.Bikerman qadimgi dunyo xronologiyasi (1966), R.Noygebauer, A.E.Shtamp, V.Grumel kabi tadqiqotchilarning xronologiya uslublari va nazariyasiga oid tadqiqotlari katta ahamiyat kasb etdi.
    XIX asr oxirlarida Rossiyada Yulian kalendarini isloh qilish bo’yicha maxsus komissiya tuziladi. Unga mashhur olim D.I.Mendeleev bosqchilik qiladi. XX asr boshlarida xronologiya faniga oid ko’plab ilmiy tadqiqotlar olib borildi. N.V.Stepanov "Yangi uslub va provoslav pasxasi" (1907) kitobida yangi kalendarga o’tish zaruratini ta'kidlaydi. Olim tomonidan 1909-1915 yillarda rus solnomalari kalendari, qadimgi Rus yil hisobi, mart va sentyabr ultramartauslublari o’rganiladi va tadqiqotlar jamlanib, 1917 yilda "Kalendar - xronologiya ma'lumotnomasi" nashr qilinadi.
    1918 yilda Rossiyada Grigoriy kalendari qabul qilinadi. Natijada yangi kalendar sistemasiga oid kuplab ilmiy - tadqiqotlar olib boriladi. I.F.Polak "Kalendarndarning o’zgarishi" (1918) va "Vaqt va kalendar" (1928), O.A.Doblash - Rojdestvenskiy "Insonlar qanday qilib yilni hisoblashni o’rganadilar" (1922), N.I.Idelson "Kalendar tarixi" M.Mate, N.Sholkolarning "hozirgi, o’tmishdagi va kelajakdagi kalendarlar" (1931) kabi asarlari o’sha izlanishlar mevasidir.
    1938 yilda V.K.Nikolskiyning "Bizning yil hisobimizning paydo bo’lishi", 1941 yilda L.Klimovichning "Bayramlar va islom ro’zalari" nomli kitoblari nashr qilinadi. N.G.Berejkovning "XV asrgacha bo’lgan rus solnomalari xronologiyasi" nomli maqolasi va Rus solnomalari xronologiyasi" (M., 1963) nomli monografiyalari xronologiya faniga oid muhim tadqiqotlardan biridir. Muallif rus solnomalarida mart, sentyabr va ultramart uslublarida berilganligini isbotlaydi va rus solnomalari xronologiyasini o’rganishning uslublarini ishlab chiqadi.
    1954-1956 yillarda BMTda yanada mukammal va barcha xalqlar uchun yagona bo’lgan yangi kalendarni o’rganish masalasi muhokama qilinadi. Natijada bir qator mamlakatlarda kalendarlarning astronomk asosi va yilni hisoblashning yangi uslublariga oid ilmiy tadqiqotlar yuzaga keladi. Jumladan, G.D.Mamedbeyli (1961), I.A.Orbeli (1961) musulmon yil hisobi, M.R.Raximov tojiklarda yil hisobi (1957) va G.Mcherlidzelar qadimgi gruzin yil hisobi bo’yicha tadqiqotlar olib boradilar.
    O’rta Osiyo olimlarning xronologiya rivojlanishiga qo’shgan hissasi. O’rta asrlarda xronologiya yanada rivojlanib bordi. Xronologiya rivojiga O’rta osiyolik olimlar, Ahmad al-Farhoniy (797-865), Abu Rayhon Beruniy (973-1048), Umar Xayyom (1048-1131) va Mirzo Ulug’bek (1394-1449) katta xissa qo’shdi.
    Ahmad al-Farg’oniy. Ahmad al-Farg’oniy ilmi-hay'at (falakiyotshunoslik-astronomya, riyoziyot-matematika) va jo’g’rofiya (geografiya) fanlari bilan shug’ullandi hamda qator ilmiy asarlar yozib qoldirdi. Axmad al-Farg’oniy al-Ma'mun topshirihiga binoan Damashqdagi rasadxonada osmon jismlari harakati va ularni aniqlash, yangicha "Zij" yaratish ishlariga rahbarlik qildi. Ahmad al-Farg’oniyning "Kitob al-harakat as-samoviya va javomi' ilm an-nujum" (Samoviy harakatlar va umumiy ilmi kitobi) asari astronomk asar hisoblanadi. Bu asar astronomya asoslari haqidagi kitob" nom bilan ma'lum bo’lib, 1145-1175 yillardan Yevropada lotin tiliga tarjima etilgan. Olim "Alfraganus" nom bilan g’arbda shuhrat topadi. Uning mazkur asaridan asrlar davomida Yevropa universitetlarida asosiy darslik sifatida foydalanilgan, chunki bu kitob zamonasining astronomya haqidagi eng muhim zarur bo’lgan bilimlarini o’z ichiga olgan edi. Ahmad al-Farg’oniyning "Erdagi ma'lum mamlakatlar va shaharlarning nomlari va har bir iqlimdagi hodisalar haqida" asari ham mashhur. Asarda yerning yumaloqligi, bir xil osmon yoritqichlarining turli vaqtda ko’tarilishi, tutilishi va bu tutilishlar har bir joyda turlicha ko’rinish, masofalar o’zgarishi bilan ularning ko’rinishi ham o’zgarishi haqida qimmatli mulohazalar bildiriladi.
    Abu Rayhon Beruniy. Abu Rayhon Beruniy Sharqning yorqin va ulug’ siymolaridan biri hisoblanadi. Uning “Al osor al-boqiya ani-l-qurun al-holiya" («Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar»), («Xronologiya»), «qonuni Mas'udiy» asarlarida xronologiya faniga oid ko’plab ma'lumotlar berilgan. «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» nomli asarda arab, eron, so’g’d, xorazm, yunon kalendari hamda asosiy vaqt birliklari, turli vaqt tartiblari xaqida batafsil ma'lumot bergan. Olim har bir xalqning o’z tarixi borligini ta'kidlar ekan, ularning nafaqat tarixi, balki vaqt hisobi hamda kalendarlari ham bir-biridan farq qilishini ta'kidlaydi.
    Abu Rayhon Beruniy «Movarounnahr otashparastlari, ya'ni Xorazm va So’g’d aholisi ishlatadigan oylarni» bayon etadi. Movarounnaxrliklarning kalendaridagi oylarining soni va yilning uzunligiga ko’ra Eronliklar kalendariga o’xshashi, faqat oylarning boshlanishi orasida farq borligini ko’rsatib o’tadi. Abu Rayhon Beruniy xorazmliklar kalendari, oylari va kunlarining nomlarini xam keltirib o’tadi. Xorazmliklar «isfandorajiy» (o’n ikkinchi) oyining oxiriga qo’shiladigan ortiqcha besh kunning birinchisini oyning birinchi kuni nom bilan atab, qolgan kunlarga ham birin-ketin kelgan kunlarning nomlarini berishlarini aniqlaganini ta'kidlaydi.
    «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asaridan turkiy xalqlar o’n ikki hayvon nom bilan ataluvchi muchal kalendari va ularning nomlari haqida ham ma'lumot olish mumkin. qolaversa, eronliklarning kalendaridagi o’n ikkita oy nomni ham shu asarda uchratish mumkin. Eronliklar tuzgan kalendada har bir oy 30 kundan hisoblanib, qo’shimcha 5 kun o’n ikki oy oxiriga qo’sqilgan. Abu Rayhon Beruniyning ko’rsatishicha bu 5 kun qadimgi eron tilida «panji», «andargoh» deb atalgan. Keyinchalik bu nom arabchalashib, «andarjoh» o’zgartiriltan. Bu besh kun «o’hirlangan kun», deb ham atalgan, ular biror oy kunlari hisoblanmagan. Eronliklar ularni «obonmoh» bilan «ozarmoh» o’rtasiga qo’yib, har bir oy kunlariga berilgan nomlarda boshqa nomlar bilan ataganlar. Eron kalendarida bir yil uch yuz oltmish besh kun bo’lgan. Ular chorak kunlar bir oy bo’lmaguncha hisobga olmaganlar. Bu bir yuz yigirma yilda bir marta bo’lgan. Shunda ortiqcha oyni yil oylari qatoriga qo’shganlar va u o’n uchinchi oy bo’lgan. O’sha yilni kabisa yil deb, ortiqcha oy kunlarini boshqa oylar nomlari ataganlar. Abu Rayhon Beruniyning ma'lumot berishicha, ular dastlab haftadan foydalanmaganlar. Olim bu haqida shunday ma'lumot beradi: «Dastlab haftalarni ishlatgan g’arb tomon aholisi, ayniqsa Shom va uning tevaragida yashovchilar bo’lganlar. Bunga sabab, u tomonda payhambarlar yuzaga chiqib, Tavrotda aytilganidek, birinchi hafta va bu haftada olam paydo bo’lganidan xabar berganlar. Keyin bu odat ulardan boshqa millatlarga tarqalgan».
    Beruniy Misr kalendariga ham to’xtalib o’tib, kalendardagi eski va yangi oy nomlarini o’z asarida beri o’tadi. Misrliklar qo’shimcha besh kunni «abahamno» (kichiq oy), kabisali yilni esa «anhnaht» (alomat) deb ataganlar. qo’shimcha kun so’nggi «musriy» oyining oxiriga qo’sqilgan. Beruniy «Shom mamlakati» (Suriya) kalendaridagi o’n ikki oy nomlari va to’rt yilda bir marta beshinchi (shubat) oyga bir kun qo’shib hisoblashlari xaqida yozadi. Bu manbaga ko’ra «Shom mamlakati» kalendaridagi oy nomlari keng tarqalgan, hatto arablar ham «dala ishlariga tegishli vahtlarni» shu oylar bilan belgilar ekan7.
    Abu Rayhon Beruniy «Qonuni Mas'udiy» asarida qadimgi arab kalendaridagi o’n ikkita oy nomni keltiradi, lekin ularning faqat ikkitasining lug’aviy ma'nosini berib o’tadi. “qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar»da zamonaviy arab kalendaridagi o’n ikkita oy va etti hafta kunining nom va o’z ta'riflari ham keltiriladi. Abu Rayhon Beruniyning yozishicha, arablar yaxudiylardan yilga qo’shimcha oy qo’shishni o’rganganlar va bu oyni «ayyom an-nasi» deb ataganlar. Abu Beruniy o’z asarida milodiy yil hisobiga ham to’xtalib o’tadi. U mazkur kalendarni «rumiy kalendari» deb ataydi va kalendarga birinchi marta kabisa yilini Yuliy Sezar kiritgan, deb yozadi. Olim milodiy yil hisobini qadimgi xalqlarning qator yil hisoblari bilan qiyoslaydi. «qonuni Ma'sudiy» asarining ikkinchi kitobi xronologiya masalalariga bahishlangan bo’lib, unda «qadimgi xalqlaridan qolgan yodgorliklar» asarida ko’rilgan masalalar to’ldirilib, davom ettiriladi. Asarda Eron, Bobil, Rum podshohi va arab halifalari hukmronlik qilgan yillarining xronologik jadvallari keltirilib, ularning nomlari yunoncha transkriptsiyada berilgan. Shuningdek, mazkur asarda insoniyat tomonidan qo’llanilgan eralar, jumladan Yazdigard, Iskandar, Filipp, «Buxtunassar» (Nabonassar) erasini aniqlash masalalari xususida ham so’z boradi.
    Abu Rayhon Beruniyning «Hindiston» asarida bu o’lkada yashovchi xalqlarning urf-odatlari, geografiyasi va u bog’liq astronomyasi ko’rsatib o’tilgan. Shuningdek, olim burjlar, oy fazalarining o’zgarishi, hind eralari, Oy va quyosh kalendarlari va oltmish yillik Yupiter davriyligi nomlarini keltirib o’tgan.
    Umar Xayyom. Sharqning eng yirik rasadxonalaridan bo’lgan Isfahon rasadxonasini 1076 yili Umar Xayyomning iltimosiga ko’ra Malikshoh qurdirgan edi. Olim bu rasadxonada olib borilgan ko’p yillik kuzatishlari natijasida o’zining «Malikshoh ziji» asarini yozadi. Umar Xayyom xronologaya faniga qo’shgan katta hissasi kalendar islohotiga tegishlidir. Malikshoh Umar Xayyomga yil boshi Navro’z bahorgi tengkunlik bilan mos tushadigan yangi kalendar topshiradi. Umar Xayyom bu davrda qo’llanib kelingan ma Yulian kalendarining xatosi 128 yilda bir kunga teng ekanligi va bu xatoni takrorlamaslik uchun, yangi kalendarning yillarini yangi kombinatsiyada tuzishni taklif qiladi. Yangi kalendar loyihasiga ko’ra har o’ttiz uch yillik davrning dastlabki yigirma sakkiz yilida kabisa yillari xuddi kalendaridek etti kabisa yildan, sakkizinchi kabisa yili esa odatdagidek uch yildan so’ng emas, to’rt yildan so’ng beshinchi yili qabul qilinadigan bo’ldi. Natijada, Umar Xayyom kalendarning yil uzunligi 365 sutka 5 soat 49 minut 5,5 sekundga teng bo’ldi. Ayni vaqtda Umar Xayyom kalendarining xatoligi aniqlangan bo’lib, u 19,5 sekundni tashkil etdi. Bu kalendardagi xatolik 4500 yildagina bir sutkani tashkil qiladi demakdir. Mazkur natija kalendar qanchalik mukammal tuzilganligidan dalolat beradi.
    Umar Xayyom kalendari Malikshoh tomonidan 1079 yil (xijriy qamariy 471 yil)da qabul qilindi. Umar Xayyom kalendari Eronda XIX asrning o’rtalariga qadar qo’llanilgan. Bu kalendar Umar Xayyom kalendari deyilishi bilan birga Malikshoh sharafiga «Jaloliy kalendari» ham deb yuritilgan. Uning xronologiya faniga oid yana bir mashhur asari «Navro’znoma»dir. Asarda quyosh kalendari tarixi batafsil bayon qilinadi. Navro’z kunining qanday belgilangani, qanday nishonlangani to’g’risida ma'lumotlar hamda oy nomlarining lug’aviy ma'nosini ham beradi8.
    Mirzo Ulug’bek. Mirzo Ulug’bek «Ziji Ko’ragoniy» asarida vaqtni hisoblash masalalariga to’xtalib o’tgan. Olim yil kitobining sharq halqlari qabul qilgan usullarini bayon etib, “yunon, malikiy, xitoy va uyg’ur eralari» hamda ular orasidagi farq, mazkur eralardagi bayram kunlari to’g’risida batafsil ma'lumot beradi. hijriy-qamariy kalendardagi arab davriyligi, yil boshi jadvallarini va formulalarini ko’rsatib o’tadi. Yevropada Mirzo Ulug’bek va Nasriddin Tusiyning yulduzlar jadvali katologi 1648 yilda Oksford universiteti astronom Jon Grivas tomonidan nashrga tayyorlangan. 1650 yilda Mirzo Ulug’bek asarlarining xronologiyaga oid ma'lumotlari, Sharq xalqlarida yil hisobi, kalendarlarga doir qismlari nashr etiladi. Mirzo Ulug’bekning yulduzlar katalogi 1665 yilda Tomas Xayd tomonidan lotin va fors tillarida nashr qilinadi. 1853 yilda Mirzo Ulug’bekning bu jadvallarga bergan to’liq muqaddimasini Sedillot tarjimasi bilan nashr etilgan.


    Download 318.87 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




    Download 318.87 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi Al-Xorazmiy nomli Urganch Davlat universiteti «tarix» kafedrasi

    Download 318.87 Kb.