• Sotisning birinchi marta ertalab ko‘rinishigacha o‘tgan kunlarni hisoblashni o‘rgandilar
  • Bu kalendarga ko‘ra yil 360 kundan iborat, u 12 ta teng oyga bo‘lingan. Har bir oy 30 kundan iborat bo‘lgan
  • QADIMGI MISR VA BOBIL KALENDARLARI




    Download 318.87 Kb.
    bet9/55
    Sana24.01.2023
    Hajmi318.87 Kb.
    #39302
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   55
    Bog'liq
    “Xronologiya va metrologiya” fanidan MARUZALAR MATNI
    24.Антропогенные экосистемы агроэкосистемы, ilovepdf merged, “Jasalma neyron tarmaqlarina kirisiw”, 26, Yuqori tartibli differensial tenglamalar, мадина КР, Tashkent, LINGVOKRIMINALISTIKA VA LINGVISTIK EKSPERTIZA MOHIYATI, TURLI YOSH GURUHLARIDA BOLALARNI PREDMETLAR SHAKLI BILAN TANISHTIRISH METODIKASI, Qurilish Chizmalarini O’qish, vaziyatli masalalar hammasi birda, IQTISODIYOTDA ZAMONAVIY INFORMATSION-KOMMUNIKATSION TEXNOLOGIYALARINING TEXNIK TA’MINOTI, INFORMATSION-KOMMUNIKATSION TEXNOLOGIYALARNING DASTURIY TA’MINOTI, Statistika axborot tizimlari
    QADIMGI MISR VA BOBIL KALENDARLARI.Qadimgi shamsiy kalendarlardan biri er.av. taxminan to‘rt minginchi yillardaMisrda yaratilgan.Nil soxilida joylashgan Misr o‘sha vaqtlarda dunyodagi eng rivojlangan va qudratli davlat edi. Misrliklar kalendari kishilarning mexnat va ijtimoiy faoliyati tufayli tabiiy, mavsumiy kalendari zaminida yaratilgan.
    Qadimgi Misrning butun xo‘jalik hayotida Nil asosiy rol o‘ynagan. Nil suvining toshishi bilan mamlakatdagi barcha dehqonchilik ishlari bog’liq bo‘lgan. Shuning uchun misrliklar yangi yilni Nil toshqinidan boshlab hisoblashgan. Toshqinning boshlanish vaqtini esa misrliklar osmondagi Sotis yulduzi yordamida aniqlashni o‘rganganlar. Nilning toshishini va uning xabarchisi Sotisning osmonda birinchi marta paydo bo‘lishini kutish vaqtni – aniqrog’i kunlarni hamda yillik tabiiy mavsumlarni hisoblash extiyojini keltirib chiqardi. Shunday qilib, misrliklar osmonda Sotisning birinchi marta ertalab ko‘rinishigacha o‘tgan kunlarni hisoblashni o‘rgandilar. Bu kunlar tashkil etgan vaqt ayni vaqtda Nilning ikki toshqini o‘rtasidagi, shuningdek, ikki yozgi Quyosh turishi o‘rtasidagi vaqt edi. Bu vaqt - qadimgi misrliklarning yili edi. Bu yil Sotis, Nil va Quyosh yili edi. Misrliklarning birinchi tabiiy kalendari ana shunday yaratilgan. Shu bilan birga bu kalendar vaqtni tropik yillar bo‘yicha hisoblash, ya’ni Quyoshning bir turish xolatidan ikkinchi ana shunday xolatigacha bo‘lgan vaqtni hisoblash usulidan iborat bo‘lgan. Bu o‘z navbatida shamsiy kalendar edi.
    Misrliklar kalendari nixoyatda oddiy va qulay bo‘lgan. Unda Oy xech qanday rol o‘ynamagan. Bu kalendarga ko‘ra yil 360 kundan iborat, u 12 ta teng oyga bo‘lingan. Har bir oy 30 kundan iborat bo‘lgan. Bu kalendar oylarining ko‘pchiligi turli xududlarga bag’ishlangan va shuning uchun bu oylar shu xududlar sharafiga nomlangan. Abu Rayxon Beruniy bu kalendar haqida shunday yozadi: “Qibtiylar”, ya’ni qadimgi misrliklar boshqa biror millatning haftani ishlatishda eronlik, sugdlik va xorazmliklarga ergashgani bizga ma’lum emas. Chunki qibtiylar, biz vuqorida aytgandek, to mamlakatni Ag’ustus ibn Yuujis (Rim imperatori Avgust er. av. 30 yildan - eramizning 14 – yili) egallaganicha o‘ttiz kunni nom - banom ishlatganlar. (“Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”).

    Download 318.87 Kb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   55




    Download 318.87 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    QADIMGI MISR VA BOBIL KALENDARLARI

    Download 318.87 Kb.