MULOQOT VA KOMMUNIKATSIYA JARAYONI. MULOQOT TEXNOLOGIYASI VA TEXNIKASI. YOZMA MULOQOT




Download 2,06 Mb.
bet46/74
Sana31.01.2024
Hajmi2,06 Mb.
#148961
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   74
Bog'liq
Akademik yozuv majmua sirtqi (2)

MULOQOT VA KOMMUNIKATSIYA JARAYONI. MULOQOT TEXNOLOGIYASI VA TEXNIKASI. YOZMA MULOQOT

Mavzu:MULOQOT VA KOMMUNIKATSIYA JARAYONI

Reja:

1. Muloqot jarayoni.
2. Texnologik taraqqiyotning o‘rni.
3. Telekonferensiya va videokonferensiya.

Muloqot jarayoni
Muloqot - kishilar oʻrtasidagi faoliyat ehtiyojlaridan kelib chiqadigan bogʻlanishlar rivojlanishining koʻp qirrali jarayonidir.
Rivojlanib borayotgan jamiyatimizda sogʻlom avlodni, komil insonlarni voyaga yetkazish masalasiga katta e’tibor berilmoqda. Komil insonning muhim sifatlaridan biri muloqot madaniyatidir. Muloqot inson hayoti va faoliyatining muhim shartidir. Aynan muloqot jarayonida insonlar tabiatni oʽzlashtirish va oʻz ehtiyojlarini qondirish uchun birgalikda harakat qilish imkoniyatlariga ega boʻladilar.
Hozirgi kunda ijtimoiy amaliyotda muloqot va shaxslararo munosabatlar muammosi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Muloqot va uning asosiy xususiyatlari, samarali muloqotning psixologik aspektlari, muloqotga oʻrgatishga oid psixologik mashqlar, samarali muloqotning psixologik vositalarini oʻrganish ishbilarmonlik faoliyatida asosiy oʻrinni egallamoqda. Muloqot jarayoni muloqotning nazariy va amaliy jihatlarini chuqur oʻrganishga yordam beradi.
Muloqot (munosabat) birgalikda faoliyat koʻrsatuvchilar oʻrtasidagi axborot ayirboshlashni oʻz ichiga oladi. Bunda munosabatning kommunikativ jihati hisobga olinadi. Kishilar munosabatga kirishishda avvalo tilga murojaat qiladilar. Muloqotning yana bir jihati munosabatga kirishuvchilarning oʻzaro birgalikdagi harakati nutq jarayonida faqat soʻzlar bilan emas, balki harakatlar bilan ham ayirboshlashdan iborat.
Masalan, munosabatga kirishar ekanmiz, u bizni qoniqtirsa, imo-ishora bilan muloqotda boʻlamiz. Munosabatning keyingi jihati muloqotga kirishuvchilarning bir-birlarini idrok eta olishlaridir. Masalan, biz bir kishi bilan muloqotga kirishishdan avval uni hurmat qilib yoki mensimasdan munosabatda boʻlamiz Muloqot qonuniyatlarini bilish hamda uni oʻrnatish malakalari va qobiliyatlarini rivojlantirish har bir kishi uchun muhimdir.

Download 2,06 Mb.
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   74




Download 2,06 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



MULOQOT VA KOMMUNIKATSIYA JARAYONI. MULOQOT TEXNOLOGIYASI VA TEXNIKASI. YOZMA MULOQOT

Download 2,06 Mb.